Ismatova Kamola Asqarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Timpanosklerozli bemorlarni zamonaviy tashxislash jihatlari va davolashni takomillashtirish ”, 14.00.04-Otorinolaringologiya(tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. RhD /Tib1399
Ilmiy rahbar : Amonov Shavkat Ergashevich,Tibbiyot fanlari doktori, professor Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Panaxian Vafa Mustafa o‘g‘li, tibbiyot fanlari doktori, professor. (Ozarbayjon Respublikasi); Bakieva Shaxlo Xamidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi Davlat ta’lim muassasasi sog‘liqni saqlash sohasida diplomdan keyingi ta’lim instituti (Tojikiston Respublikasi)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: klinik-audiologik va immunologik tadqiqotlar asosida timpanosklerozni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timpanosklerozning turli shakillari bilan og‘rigan bemorlarning kasallik sabablarini, etiologik omillarini hamda ushbu kasallikni rivojlanishida qatnashuchi sitokinlarni o‘rganish va immunologik tashxislashga asoslangan.
nog‘ora bo‘shlig‘i tarkibidagi patologik jarayon holatlariga qarab bemorlarni guruhlarga ajratilgan: chegaralangan timpanoskleroz,tarqoq timpanoskleroz, timpanosklerozning xolesteatomali shakli va shunga mos ravishda bemorlarni immun holatini o‘rganish, jarrohlik usulini tanlash va jarrohlikdan so‘ng reabilitatsiya davo chora tadbirlarni o‘tqazishning samrali usuli isbotlangan;
timpanosklerozga olib kelivchi yetakchi sabab qilib surunkali yiringli otit, eksudativ otit, o‘tkir o‘rta otit, nog‘ora parda travmasi va boshqa omillar olib kelishi izohlab berilgan va jarrohlikdan keyingi davrlarda ushbu kasallikning qaytalanish ko‘rsatgichi yuqoriligi, bemorlarning eshtishni turli darajada pasayishi hisobiga ijtimoiy sotsial faoliyatini cheklanishiga bu esa qayta jarrohlik amaliyotini talab qilishiga va yana iqtisodiy mablag‘larni ko‘p sariflanishiga sabab bo‘lishi izohlab berilgan.
timpanosklerozga olib kelivchi yetakchi sabab qilib surunkali yiringli o‘rta otit, eksudativ o‘rta otit, o‘tkir o‘rta otit va boshqa omillar olib kelishi izoxlab berilgan va shu asosida jarrohlik amaliyotidan keyingi davrlarda kasallikning qaytalanishi, jarrohlikdan keyingi patogenetik asoslangan davo reabilitatsion chora tadbirlaring etarli emasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 3 maydagi 03/872-son xulosasiga ko‘ra:
timpanosklerozli bemorlarini, qon zardobi va quloq yuvindi suvlarida yallig‘lanish oldi (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar tarkibini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan immunologik tadqiqotlarda TSK ni rivojlanishi aynan ikkilamchi immun tanqisligi bo‘lgan bemorlarda ushbu kasallikning rivojlanishi mumkinligi aniqlanilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Timpanosklerozli bemorlarning immun xolati va fibrozlanish jarayonini aniqlash uchun joriy qilingan IFA tekshirish usulini Toshkent viloyati Qibray tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasida buyruq bilan (15.06.2022 y.; №12) hamda xususiy MChJ “Nuri LOR MED “ tibbiyot klinikasida (30.06.2022 y.; № 31) buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: quyidagilardan iborat: taklif etilgan immunologik(IFA) usulni qo‘llash yordamida TSK li bemorlarni immun holatini baholashga yordam beradi, •timpanoskleroz bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan so‘ng nog‘ora bo‘shlig‘i va uning tarkibiy qisimlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan erta fibrozlanish jarayoni manitoring qilishga imkon beradi; •jarroxlik amaliyotidan keyingi davo reabilitatsiyani kechishini dinamikada kuzatish imkonini beradi va asoratlar sonini minimallashtiradi;• takroriy jarroxlik aralashuvlar chastotasini 20% dan 7,5% gacha kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemordan TSK jarrohlik amliyotidan so‘ng residiv bergan holatlarda o‘rtacha jarrohlik amaliyotini bajarishda faqat diagnostik tekshiruvlari uchun; qayta ko‘rik – 100.000 so‘m; qayta audiometriya tekshiruvi – 100.000 so‘m; timpanometriya – 100 000 so‘m; Chakka suyagi MSKT si 300.000 so‘m va IFA( qon zardobida yallig‘lanish oldi (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar tekshirish) 200.000 tashkil qildi. Umumiy iqtisodiy samaradorlik 1nafar bemor uchun 1000 000 so‘mni tashkil qildi, 1000 000 so‘m iqtisod qilinsa yiliga 40 ta bemordan kasallik qaytalanishi 8 nafar bemordan 3 ta bemorgacha, ikkilamchi jarrohlik amaliyotini o‘tqazish kamaytirildi, demak bir nafar bemordan 1000.000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5.000000 so‘mni (5 nafar bemor uchun) tashkil etadi. Xulosa: Timpanosklerozli bemorlarda IFA(qon zardobida yallig‘lanish oldi (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlar tekshirish) tekshiruvini joriy qilinishi bir nafa bemor xisobidan byujet mablag‘larini 4000000 so‘mga va byuujetdan tashqari 1000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timpanosklerozning zamonaviy immmunologik masalalari » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi 03/1709-sonli xat yuborilgan.
timpanosklerozli bemorlarini klinik shakillarga ajratib va shu asosida jarrohlik usullarini tanlash, bajarish va jarrohlikdan so‘ng rebilitatsiya davo choralarini bemor immun holatiga qarab o‘tqazish, jarroxlik amaliyoti natijalarini prognozlash va davlosh imkonini yaxshilaydi, jarrohlikdan so‘ng jarrohlikdan keyingi davrini silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, kasallikning qaytalanishini kamaytirib,shifo jarayonini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Timpanosklerozli bemorlarning immun xolati va fibrozlanish jarayonini aniqlash uchun joriy qilingan IFA tekshirish usulini Toshkent viloyati Qibray tumani ko‘p tarmoqli poliklinikasida buyruq bilan (15.06.2022 y.; №12) hamda xususiy MChJ “Nuri LOR MED “ tibbiyot klinikasida (30.06.2022 y.; № 31) buyruq bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Timpanosklerozli bemorlarni jarrohlik aralashuvidan oldin bemorlarda yallig‘lanish oldi (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlarni qondagi va quloq yuvindi suvlarida miqdori aniqlash oraqali TSK ni qaysi shakli bilan kasallanganini; • jarrohlik amaliyotidan so‘ng immun holatini o‘rganish imkonini beradi; •jarroxlik amaliyotidan so‘ng bemorlarda yallig‘lanish oldi (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlarni qondagi miqdoriga qarab ushbu kasallikni qaytalanishi ehtimoli bor yoki yo‘qligini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TSK qayta rivojlanishiga tasir qiluvchi sitokinlarni miqdorini aniqlanishiga ko‘ra 1 nafar bemor uchun 2875000 so‘m iqtisod qilindi (xar xil turdagi jarroxlik amaliyotlari so‘ng qayta fibrozlanishni rivojlanishini nazorat qiladi, bu esa yiliga umumiy bemorlarning 20% (40 dan 8 bemorlar) TSK li bemorlar gospitalizatsiyasini va qayta jarroxlikni va bemorlar umumiy xarajatlarini 23000000 (8 nafar bemor uchun) so‘mga iqtisod qiladi. Xulosa: TSKni turli xil shakillari bilan kasallangan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan so‘ng yallig‘lanish oldi (IL-1β, IFN-γ) va yallig‘lanishga qarshi (IL-10) sitokinlarni qondagi miqdorini aniqlash, kasallikni qaytalanish chastotasi kamaytirib, bemorlani qayta operatsiya qilish miqdori kamaytirilishga imkon berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timpanosklerozning zamonaviy immmunologik masalalari » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi №03/1709 sonli xat yuborilgan.
timpanosklerozli bemorlarni jarrohlik amaliyotidan avval diagnostik tekshiruvlarini to‘liq va to‘g‘ri bajarish, jarrohlik amaliyotida so‘ng patogenetik asoslangan reabilitatsion davoni qo‘lash orqali qayta operatsiyalar sonini kamaytiradi, eshtish faoliyatini tiklash orqali bemorlar ijtimoiy sotsial faoliyati yaxshilanadi, ushbu kasallikni qaytalanishini kamaytirilib,iqtisodiy mablag‘lar tejashga erishildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga buyruq asosida (20.06.2022 y.; № 22/9) xamda Samarqand davlat tibbiyot universtetining №1 klinikalariga buyruq bilan (29.06.2022 № 21/1) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • Yallig‘lanish oldi sitokinlarini(IL-1β, IFN-γ) qondagi miqdorini normallashtiradi,bu esa nog‘ora bo‘shlig‘i va uning tarkibiy qisimlarida erta fibroz jarayonini shakillanmasligini oldini oladi. • Ushbu dori vositasining jarrohlikdan keyingi erta davrda qo‘llash, o‘rta quloq va uning tarkibiy qisimlarida fibroz jarayonini va timpanoskleroz pilakchalarini erta rivojlanishini oldini oladi va bu o‘z navbatida qayta jarrohlik o‘tqazilishini kamaytirishga olib keladi, bemorlari ijtimoiy sotsial muhitga qo‘shilishiga yordam beradi, nogironlikni kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) Jarrohlik amaliyotidan so‘ng bemorlarga reabilitatsiya davo uchun an’anaviy davo usuli qo‘llanilganda samaradrlik 71,0% ni tashkil qilgan. Jarrohlik amliyotidan so‘ng bemorlarda Longidaza dori vositasini qo‘llash TSK ni qaytalanish soni kamaydi va bu qayta jarrohlik amaliyotini bo‘lish sarf xarajatlarini kamaytiradi (ToshPTI klinik bazasi “Baxtli hayot” klinikasi MChJ preskuranti bo‘yicha 1 nafar bemorga diagnostik tekshiruvlarsiz faqat qayta jarrohlik amaliyoti uchun 2875000 so‘m) va samaradorlikni 94,0% ga oshirishga xizmat qilgan. 1 nafar bemor uchun 2875000 so‘m iqtisod qilindi.Qayta jarrohlik amaliyoti (ikkinchi jarrohlikni o‘tqazish)darajasini 28 foizdan 6% foizga kamaytirgan, 1 nafar bemordan 2875000so‘m iqtisod qilinsa, yiliga 18 nafar bemordan kasallikning qaytalanishi 5 nafar bemordan 1 ta bemorgacha ikkilamchi jarrohlik amaliyotini o‘tqazish kamaytirishga erishildi, demak bir nafar bemordan 2875000 so‘m iqtisod qilinsa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 11500.000 so‘mni (4 nafar bemor uchun) tashkil etadi; 11500.000 so‘m ( 4 nafar bemor uchun) qayta jarroxlik amaliyotini kamaytirish orqali samaradorlikka erishildi. Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 11500.000 so‘m so‘mni tashkil etadi. Xulosa: TSK li bemorlarda jarrohlik amaliyotidan so‘ng reabilitatsiya davo maqsadida nog‘ora bo‘shlig‘i va uning tarkibiy qisimlarida erta fibrozlanish jarayonini oldini olish maqsadida Longidaza dori vositasi qo‘llash davo samaradorligini 94,0% ga oshirishga xizmat qilgan (28 foizdan 6% foizga kamaytirgan )va qayta jarrohlik amaliyoti sonini qisqartirgan, bu esa bemorlarni sotsial hayotga qaytarib hayot sifatini yaxshilaydi, timpanoskleroz kasalligi tufayli har xil darajada eshtishida nuqsoni bor bemorlarni kamaytirib, jamiyatga qo‘shilishga yordam bergan hamda budjet mablag‘larini tejalishiga va nogironlikni kamaytirishga olib kelgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timpanosklerozni jarrohlikdan keyingi davrda davolashni takomillashtirish » mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi №03/1709 sonli xat yuborilgan.
timpanosklerozli bemorlarda nog‘ora bo‘shlig‘i va uning tarkibiy qisimlarida turli jarrohlik amaliyotidan so‘ng ushbu kasallikni qaytalanishiga sabab bo‘luvchi omillar o‘rganildi, patogenetik asoslangan reabilitatsiya davosini qo‘lash orqali qayta operatsiyalar sonini kamaytiradi, shifo jarayonini tezlashtiradi va yotoq kunini qisqartiradi, ushbu kasallikni qaytalanishini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga buyruq asosida (20.06.2022 y.; № 22/9) xamda Samarqand davlat tibbiyot universtetining №1 klinikalariga buyruq bilan (29.06.2022 № 21/1) klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Timpanosklerozli bemorlarni jarrohlik aralashuvidan sung, bemorlarga 3 sutkadan keyin 880 kGz tebranishli, o‘rta va past chastotada ultrafonoforez Longidaza dori vositasi bilan birga qo‘llanilishi samaradorlikni oshiradi; • O‘rta va past chatotada UFF ni qo‘llash,dori vositasini 5-6 sm chuqurlikkacha singishiga yani ko‘zlangan sohaga etib borishiga yordam beradi. • UFF yordamida dori vositasini qo‘llash, dori vositasini kerakli joyga yaniy nog‘ora bo‘shlig‘i va uning tarkibiy qisimlariga etib borishini taminlaydi; • o‘sha erda yallig‘lanish o‘choqlarini rivojlanishini oldini oladi, bu esa jarrohlikdan keyingi nog‘ora bo‘shlig‘i va uning tarkibiy qisimlarida erta fibroz jarayonini rivojlanishini kamaytiradi; Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:• 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini 8 kundan 5 kungacha qisqartirilib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 600.000 ming so‘mga kamaytirdi va unga ketadigan dori darmon miqdori ham 3 kunga kam sarflangan 3*120.000=360.000 ( 1kishi uchun 120.000 so‘m). • shifoxonada bo‘lish davrining 3 kunga qisqartirilishi hisobiga 90 ming so‘mlik bog‘lanmalar kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 30 000 so‘m bog‘lanmalar sarflanadi). Bu esa 1nafar bemor uchun statsionar shifoxonada qoloshi va dori darmoni uchun1050000 so‘mgacha iqtisod qilinishiga yordam bergan (600.000+360.000+90.000=1050000). Yuqoridagilarga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 18900.000 so‘mni tashkil etadi.(18 ta bemorni jarroxlik amaliyotida keyin faqat shifoxonada qolishi va dori darmon xarajatini o‘zi). Xulosa: TSK li bemorlarda jarrohlikdan so‘ng Longidaza dori vositasi bilan UFF ni birga qo‘llash davo samaradorligini 94,0% ga oshirishga xizmat qilgan va bu esa qayta jarrohlik amaliyoti bo‘lish sarf harajatlarini kamaytiradi, jarrohlikdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi va bemorlarning hayot sifatini(80%) yaxshilaydi, bemorlarni ijtimoiy -sotsial muhitga qaytishiga ko‘maklashib, eshtish faolitani tiklanishiga yordam bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Timpanosklerozni jarrohlikdan keyingi davrda davolashni takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 8 sentyabrdagi №03/1709 sonli xat yuborilgan.