Ibadullaev Bekzod Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabetning ikkinchi tipida psixoemotsional buzilishlar klinik strukturasini o‘rganish va tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish» 19.00.04 – Tibbiy psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1603.
Ilmiy    rahbar: Ibodullaev Zarifboy Rajabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Phd.10/30.12.2019.Tib.69.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Eshimbetova Saida Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ilxamova Dilfuza Ilyasovna, psixologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi: Qandli diabetning ikkinchi tipida rivojlangan psixoemotsional buzilishlar klinik strukturasini o‘rganish va unda tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor qandli diabetning ikkinchi tipi dastlabki davrlarida havotirli, xavotirli-depressiv buzilishlar paydo bo‘lib, kasallikning og‘irlashuvi va asoratlari yuzaga kelishi bilan ruhiy buzilishlarning kuchayishi tufayli dezadaptatsion va stressli jarayonlarni shakllanishi oqibatida kasallikning noturg‘un kechuvi va giperglikemik holatlarning kuchayishi, somatik simptomlarning yanada rivojlanishi isbotlangan;
qandli diabetning 2-tipida ruhiy buzilishlarning kuchayib borishi, shaxs psixologiyasi xulq-atvoriy va hissiy-irodaviy komponentlarini qamrab olgan murakkab va kompleks ruhiy buzilishlarning shakllanishi tufayli bemorlarda sotsial dezadaptatsion reaksiyalarining vujudga kelishi va ularning hayot sifatiga salbiy ta’siri psixometrik taxlillar asosida isbotlangan;
qandli diabetda psixoemotsional buzilishlarning kasallik kechuviga mos ravishda kuchayib, ko‘p komponetli psixiologik sindromga o‘tishi, hamda bemorda somatik va nevrologik asoratlarni shakllanishining psixologik omili ekanligi ruhiy portretni shakllantirish va ularda personal psixokorreksion muolajalar qo‘llash imkoniyati asoslangan;
qandli diabetning ikkinchi tipida yuzaga kelgan psixoemotsional va dezadaptatsion buzilishlarni korreksiya qilishda ratsional emotiv xulq-atvor psixoterapiyasining,  bemorlar hayot sifatini va ularning ruhiy-adaptatsion holatini sezilarli darajada oshirishi asosida, yuqori darajadagi tibbiy-psixologik samaradorlikga ega ekanligi isbotlangan.
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabetning ikkinchi tipida psixoemotsional buzilishlar klinik strukturasini o‘rganish va tibbiy-psixologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qandli diabet ikkinchi tipida psixoemotsional buzilishlarni korreksiya qilishga qaratilgan tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan «Qandli diabet ikkinchi tipida psixoemotsional buzilishlar psixokorreksiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 apreldagi 8n-r/375-son ma’lumotnomasi). Natijada qandli diabetning ikkinchi tipida erta muddatlarda psixoemotsional buzilishlarni tashhislash, psixoterapevtik yordamni takomillashtirish orqali bemorlarning hayot sifatini yaxshilash bo‘yicha sifat jihatdan o‘sishga erishilgan;
qandli diabetning 2-tipida psixoemotsional va dezadaptatsion buzilishlarning shakllanishida shaxs tipologiyasi va gender hususiyatlariga bog‘liqligini tahlil etish, unda sotsial dezadaptatsiyaning mazkur kasallikning kechishi hamda psixoemotsional buzilishlar darajasiga ta’sirini tadqiq etishga qaratilgan tadqiqotlar asosida olingan ilmiy natijalar Xorazm viloyati endokrinologiya dispanseri va Xorazm viloyati Urganch tuman tibbiyot birlashmasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 27 iyundagi 8n-z/337-son ma’lumotnomasi). Natijada qandli diabetning ikkinchi tipida psixoemotsional buzilishlar strukturasini erta tashxislash, prognozlash va korreksiya qilish orqali bemorlar xayot sifatini va sotsial adaptatsiyani yaxshilanishiga katta xissasini qo‘shgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish