Tojiboeva Gulmira Rifovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Ped1771.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Pulatova Dildora Turgunovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Matchonov Sapo Muradovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Karimov Komiljon Abduraximovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy yondashuvlarga muvofiq kasbiy kompetentsiyalarni aniqlash mezonlari kompetentsiya tushunchasining tadrijiy rivojlanishini ta’limga oid ilg‘or chet el tajribalarini milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimizga bilish, tushunish va taqqoslash metodlari orqali konstruktiv moslashtirish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik modeli shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillarini talabalarning rivojlanish vektori va individual ta’lim traektoriyasiga izchillik asosida muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid didaktik ta’minot talabalarning kasbiy professiogrammasi, kompetentlik kundaligi, kompetentsiyalar doirasi hamda standart ramkasini integrativlik darajasini kengaytirib borishga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyatlarini invariant qo‘llash hamda o‘qitish metodlarini vitagen ta’lim texnologiyalariga pragmatik va empirik jihatdan moslashtirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
kompetentsiya tushunchasining tadrijiy rivojlanishini tavsiflash hamda tatbiq etilayotgan ta’limga oid ilg‘or chet el tajribalarini milliy qadriyat, urf-odat va an’analarimizga bilish, tushunish va taqqoslash metodlari orqali moslashtirish asosida aniqlashtirilgan zamonaviy yondashuvlarga muvofiq kasbiy kompetentsiyalarni aniqlash mezonlariga oid tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli buyrug‘i asosida berilgan № 500-141 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirish muammosining nazariy asoslarini tahlil qilishga erishilgan;
shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv tamoyillarini talabalarning rivojlanish vektori va individual ta’lim traektoriyasiga izchillik asosida muvofiqlashtirish orqali ishlab chiqilgan bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik modeliga doir taklif va nazariy xulosalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha mazmuniga singdirilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 26 iyuldagi 171-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirishning didaktik modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
talabalarning kasbiy professiogrammasi, kompetentlik kundaligi, kompetentsiyalar doirasi hamda standart ramkasini zamonaviy pedagogik yondashuvlar asosida ilmiy-metodik tavsiflash orqali takomillashtirilgan boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid didaktik ta’minot bo‘yicha tavsiyalar “Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-sonli 500-108 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisining shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida kasbiy kompetentligini rivojlantirish samaradorli ortgan (Nizomiy nomidagi TDPU 2022-yil 23 iyuldagi 02-07-1964/04 - son dalolatnomasi).
bo‘lajak boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim imkoniyatlarini invariant qo‘llash hamda o‘qitish metodlarini vitagen ta’lim texnologiyalariga pragmatik va empirik jihatdan moslashtirishga oid ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida bajarilgan FZ-2016-09081165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi fundamental loyiha mazmuniga singdirilgan (T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2022 yil 26 iyuldagi 171-son ma’lumotnomasi). Natijada, badiiy matn, nasr va nazm yo‘nalishidagi asarlar badiiyati haqidagi olib borilgan tadqiqotlar ilmiy saviyasini oshirishga xizmat qilgan.