Isashov Saidaxror Anvarjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘zaning Andijon-35 va Andijon-36 navlarini parvarishlashda tuproq ostidan sug‘orish usulini qo‘llash”, 06.01.02-Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx496.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmonqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Komilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Andijon viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning Andijon-35 va Andijon-36 navlarini tuproq ostidan sug‘orish  usulini turli ekish tizimlariga bog‘liq holda ishlab chiqish va amaliyotga tavsiyalar berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyati o‘tloqi bo‘z tuproqlarida g‘o‘zaning Andijon-35 va Andijon-36 navlarini tuproq ostidan sug‘orish usuli qator orasi (60x15x1 va 90x10x1) ekish sxemalariga mos ravishda ishlab chiqilgan;
o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida g‘o‘za navlari tuproq ostidan sug‘orilganda sug‘orishlar soni 35 marta, bir martalik sug‘orish me’yori esa gektariga  o‘rtacha 72 m3 ni tashkil etishi ilmiy asoslangan;
g‘o‘za navlarini ekish tizimiga bog‘liq holda tuproq ostidan sug‘orish usulida g‘o‘zaning 1 s  hosil olish uchun sarflangan suv sarfi 95 m3 va 1 m3 suv sarflab olingan hosil esa 1050 gramm miqdorda bo‘lishi aniqlangan;
tuproq ostidan sug‘orish usulida g‘o‘zaning Andijon-35 va Andijon-36 navlarini o‘sib–rivojlanishi, chinbarglar soni o‘rtacha 0,5 donaga, shonalar soni 0,8 donaga, hosil shohlari 0,8 donaga va ko‘saklar soni 4,5–5,0 donaga ortganligi hisobiga qo‘shimcha 16,9 s/ga hosil olingan,  paxta tolasi sifat ko‘rsatkichlari, tola chiqishi 0,3 foizga, tola uzunligi 0,2 millimetrga ortganligi aniqlangan;
tuproq ostidan sug‘orish usuli samarali ekanligi aniqlanib, shartli sof foyda 12241 ming so‘m/ga ga, rentabellik darajasi 41,6 foizga ortishiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paxtachilikda qator orasi 60 va 90 sm sxemada ekilib, g‘o‘za navlarini parvarishlashda tuproq ostidan sug‘orish usulini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ushbu tadqiqot ishi asosida paxtachilik fermer xo‘jaliklari uchun “G‘o‘zaning Andijon-35 va Andijon-36 navlarini parvarishlashda tuproq ostidan sug‘orish usulini qo‘llash” bo‘yicha tavsiyanoma ishlab chiqilgan va  tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi intelektual mulk agentligining “G‘o‘zani tuproq ostidan sug‘orish usulini qo‘llash” bo‘yicha IP-CENTER №001223 guvohnomasi olingan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 dekabr 07/21–9677 sonli ma’lumotnomasi). Tavsiyanoma paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida foydalanish uchun xizmat qiladi;
g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili olishga qaratilgan agrotexnik tadbirlar Andijon viloyatining Andijon tumanidagi “Olimjonov Omadbek” fermer xo‘jaligida g‘o‘zaning  Andijon-35 navi 7 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 dekabr 07/21–9677 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning qator orasi 60 va 90 sm ekish tizimida,ChDNSga nisbatan 70–70–60% tartibida mavsumiy sug‘orish me’yori egatlab sug‘orish usulida 4929–4973 m3/ga suv sarflab sug‘orilganda, paxta hosili 32,0–33,1 s/ga olingan, tuproq ostidan sug‘orish usulida esa 2555–2590 m3/ga suv sarflanganda, paxta hosili 47,9–48,4 s/ga yoki egatlab sug‘orishga nisbatan 14,8–16,4 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olishga erishilgan;
Andijon-36 navi tuproq ostidan sug‘orish usulida “Olimjonov Omadbek” fermer xo‘jaligida 8 gektar maydonga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 22 dekabr 07/21-9677 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, g‘o‘zaning  qator orasi 60 va 90 sm ekish tizimida, ChDNSga nisbatan 70–70–60 % tartibida mavsumiy sug‘orish me’yori egatlab sug‘orish usulida 4864–4974 m3/ga suv sarflab sug‘orilganda, paxta hosili 31,3–32,0 s/ga olingan, tuproq ostidan sug‘orish usulida esa 2450–2527 m3/ga suv sarflanganda, paxta hosili 46,8–48,0 s/ga yoki egatlab sug‘orishga nisbatan 15,5–16,0 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish