Abdusatorov Sherzod Mavlonjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “XX – XXI asr boshlarida o‘zbek taomlarining milliy-madaniy xususiyatlari (Farg‘ona vodiysi misolida)”, 07.00.07. – Etnografiya, etnologiya va antropologiya (tarix fanlari).
Ilmiy maslahatchi: Ubaydullaeva Barno Mashrabjonovna, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor; Xo‘jaxonov Ismoilxon Mansurovich, tarix fanlari nomzodi, dotsent.  
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi misolida XX – XXI asr boshlarida o‘zbek taomlarining etno-madaniy xususiyatlarini etnografik dala materiallari va sotsiologik anketa so‘rovlari asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
 Farg‘ona vodiysi aholisining “tabiiy muhit-xalq-xo‘jalik madaniyati” tizimi asosidagi taomlanish tartibi madaniyatlararo integratsiya jarayonlari ta’sirida tarixiy-xalqasimon rivojlanib borganligi asoslab berilgan;
an’anaviy taomlarning xilma-xillik (tarkibi, taom tayyorlash usullari, iste’mol qilishdagi o‘ziga xoslikka ko‘ra) xususiyatlari etnoekologik yondashuv asosida atrof-muhit bilan inson tanasi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda milliy qadriyatlar (sharqona shukuronalik, qanoat, isrof va uvol qilmaslik) bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanganligi ko‘rsatib berilgan;
milliy taomlar va uni tayyorlash an’analari Rossiya imperiyasi, sobiq sovetlar va mustaqillik davrida yuz bergan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sababli aholining xo‘jalik-madaniy xususiyatlari, turmush tarzi va itjtimoiy qatlamlarga ko‘ra farqlanganligi dalillangan;
Farg‘ona vodiysi aholisi an’anaviy taomlanish madaniyatida yuz bergan “yangi iqtisodiy siyosat”, “jamoalashtirish”, urush qiyinchiliklari, sanoatning rivojlanishi natijasida turmush sharoitining o‘zgarishi, millatlararo integratsiya kabi ijtimoiy-iqtisodiy shuningdek, “kommunistik mafkura” va mustaqillik yillaridagi globallashuv ta’sirida turli xalqlar taomlardagi inoetnik komponentlarning o‘zlashtirilishi hamda madaniy transformatsiyalar xususiyatlari dinamik tarzda moslashib borganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona vodiysi  aholisining an’anaviy taomlari va taomlanish madaniyati hamda gastroturizmni raqamlashtirish yuzasidan  qilingan ilmiy xulosalar va ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida:
Farg‘ona vodiysining xo‘jalik yuritishdagi o‘ziga xos etno – lokal xususiyatga egaligi va uning an’anaviy taom tayyorlash, ham iste’mol qilishdagi farqli jihatlarni shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, Farg‘ona vodiysi xalqlari misolida o‘zbek an’anaviy ovqatlanish madaniyati va iste’mol qilish jarayonida yuz berayotgan transformatsiyalarga, an’anaviy taomlarning xilma-xillik (tarkibi, taom tayyorlash usullari, iste’mol qilishdagi o‘ziga xoslikka ko‘ra) xususiyatlari etnoekologik yondashuv asosida atrof-muhit bilan inson tanasi o‘rtasidagi bog‘liqlik hamda milliy qadriyatlar (sharqona shukuronalik, qanoat, isrof va uvol qilmaslik) bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanganligi ko‘rsatib berilganligiga oid ma’lumotlardan  O‘zbekistonda gastroturizm orqali turizmni rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligining 2022 yil 30-avgustdagi 04-18/4571-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar Farg‘ona vodiysi viloyatlari tumanlari bo‘yicha milliy taomlar mashrutlarini joriy etishda, taomlarini ro‘yxatini tuzishda yordam bergan.
milliy taomlar va uni tayyorlash an’analari Rossiya imperiyasi, sobiq sovetlar va mustaqillik davrida yuz bergan iqtisodiy, ijtimoiy o‘zgarishlar sababli aholining xo‘jalik-madaniy xususiyatlari, turmush tarzi va itjtimoiy qatlamlarga ko‘ra farqlanganligi, Farg‘ona vodiysi aholisi an’anaviy taomlanish madaniyatida yuz bergan “yangi iqtisodiy siyosat”, “jamoalashtirish”, urush qiyinchiliklari, sanoatning rivojlanishi natijasida turmush sharoitining o‘zgarishi, millatlararo integratsiya kabi ijtimoiy-iqtisodiy shuningdek, “kommunistik mafkura” va mustaqillik yillaridagi globallashuv ta’sirida turli xalqlar taomlardagi inoetnik komponentlarning o‘zlashtirilishi hamda madaniy transformatsiyalar xususiyatlari dinamik tarzda moslashib borganligi, o‘zbek taomlarining milliy-madaniy xususiyatlari yuzasidan olib borgan izlanishlari davomida olingan Farg‘ona vodiysida ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda hududga xos bo‘lgan an’anaviy taomlarning rolini oshirish targ‘ib qilinganligi, an’naviy taomlarning “etnoturizm”, “gastroturizm” sohalarini rivojlantirishdagi ahamiyati va o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Etno” ko‘rsatuvining ssenariysini tuzish hamda tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokampaniyasi “O‘zbekiston tarixi” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021 yil 13 oktyabrdagi 02-10-1611-son ma’lumotnomasi).  Bu materiallar va manzilli raqamli mobil ilova yaratish g‘oyalari ilgari surilgani tomoshabinlarning o‘zbek madaniyatiga oid bilimlarini oshirishga va ichki turizimni targ‘ib qilishga xizmat qilgan.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish