Isxakova Mavlyuda Raxmanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuvlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish jarayonini takomillashtirish”,
13.00.08 – Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Ped1877.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
Ilmiy rahbar: Sharipova Shaxlo Sadullaevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, PhD.12/30.12.2019.Ped.80.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Ashirmatovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Djanpeisova Gauxar Erkinovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvlar asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish jarayonini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining individual ta’lim traektoriyalari, tanlash ixtiyoriyligi, ta’lim dasturlarining moslashuvchanligi va malaka oshirishning uzlyuksizligi asosida andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish jarayoni andragogik qo‘llab-quvvatlash (hamrohlik) modeli, “Butun hayot davomida ta’lim olish” konsepsiyasi hamda interfaollik, pefleksivlik va fasilitatsiya tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan;
kattalar ta’limi tamoyillari (tenglik, faol ijodkorlik, shaxsga yoʻnaltirilganlik, qulaylik) hamda andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvlarga asoslangan ta’lim metodlari (“Delfi”, “Clustern”, “Workshop”, “Open Space Texnology”, “Mind-mapping”) asosida maqsadga yoʻnaltirilgan, mazmunli hamda natijaviy komponentlaridan iborat model takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida andragogik ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan “Maxsus kurs dasturi” (rivojlantiruvchi treninglar, mashqlar, kreativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlari), “Pedagog kadrlarni rivojlantirishda andragogik yondashuv” o‘quv moduli uchun uslubiy-metodik ta’minot ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish jarayonida andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarining individual ta’lim traektoriyalari, tanlash ixtiyoriyligi, ta’lim dasturlarining moslashuvchanligi va malaka oshirishning uzlyuksizligi asosida andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvlarni amalga oshirishning pedagogik shart-sharoitlari aniqlashtirilganligi xususidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi (1- va 2-nashr)ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni Muvofiqlashtirish Kengashining 2022-yil 4-fevraldagi 1-son bayoni bilan tasdiqlangan va nashr qilish uchun tavsiya etilgan). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish bo‘yicha malakasi oshirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malakasini oshirish jarayoni andragogik qo‘llab-quvvatlash (hamrohlik) modeli, “Butun hayot davomida ta’lim olish” konsepsiyasi hamda interfaollik, pefleksivlik va fasilitatsiya tamoyillariga ko‘ra takomillashtirilgan xulosalardan “Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning muqobil shakllari” , “Pedagog kadrlarni rivojlantirishda andragogik yondashuv” nomli o‘quv qo‘llanmalari yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni Muvofiqlashtirish Kengashining 2022-yil 30-dekabrdagi 4-son bayoni bilan nashrga tavsiya etilgan). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining malaka oshirish jarayonida foydalanish natijasida malaka oshirish sifatini oshirish va maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagoglarini kasbiy rivojlantirish imkonini bergan;
kattalar ta’limi tamoyillari (tenglik, faol ijodkorlik, shaxsga yoʻnaltirilganlik, qulaylik) hamda andragogik va o‘z-o‘zini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan yondashuvlarga asoslangan ta’lim metodlari (“Delfi”, “Clustern”, “Workshop”, “Open Space Texnology”, “Mind-mapping”) asosida maqsadga yoʻnaltirilgan, mazmunli hamda natijaviy komponentlaridan iborat model takomillashtirilganligi xususidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 7-dekabrdagi 02-03/2-3438-son ma’lumotnomasi). Natijada MTT pedagoglarining kasbiy mahorati oshirilgan;
malaka oshirish jarayonida andragogik ko‘nikma va malakalarni rivojlantirishga qaratilgan “Maxsus kurs dasturi” (rivojlantiruvchi treninglar, mashqlar, kreativ xarakterdagi o‘quv topshiriqlari), “Pedagog kadrlarni rivojlantirishda andragogik yondashuv” o‘quv moduli uchun uslubiy-metodik ta’minot ishlab chiqilganligi xususidagi takliflar “Oilalar va mahalliy jamoatchilik bilan hamkorlik” nomli “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi o‘quv-metodik ishlarni Muvofiqlashtirish Kengashining 2020-yil 17-iyuldagi 1-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2022-yil 7-dekabrdagi 02-03/2-3438-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ota-onalar, mahalla va jamoatchilik tashkilotlari bilan ishlash bo‘yicha pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.