Fayzieva Nilufar Ne’mat qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Siyosiy diskurs evfemizmlarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlari (ingliz va o‘zbek tillari materiallari asosida)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil1858.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: Yusupova Shoira Botirovna, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10.
Rasmiy opponentlar: Galieva Margarita Rafaelovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Sulaymonova Nilufar Jabbarovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek siyosiy diksursida qo‘llaniladigan evfemizmlarining kommunikativ-pragmatik xususiyatlarini chog‘ishtirgan holda, ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diskursning ingliz va o‘zbek tilshunosligida ekstralingvistik, pragmatik, kognitiv hodisa ekanligi hamda siyosiy diskursning chog‘ishtirilayotgan tillardagi so‘zlovchining siyosiy diskursdagi obrazi, adresat qobiliyati yoki adresat omili, axborot tarkibi, maqsadga yo‘naltirilganlik kabi semantik-pragmatik xususiyatlari asoslangan;
siyosiy diskursda alliteratsiya, takror, parallelizm, metafora, aforizm va evfemizm kabi stilistik vositalardan ingliz tili bilan birga o‘zbek tilshunosligida ham faol foydalanilishi hamda ularni qo‘llash orqali tinglovchilar e’tiborini jalb qilish va ularni eshitgan ma’lumotlari haqida jiddiy fikrlashga undashi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy hushyorlikni ifoda etuvchi vositalardan biri bo‘lgan evfemizmlar nutq faoliyatida yashirish, profilaktik, boshqarish hamda neytrallashtirish kabi kommunikativ-pragmatik maqsadlarni amalga oshirishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek siyosiy diskurs evfemizmlarining matbuot tilida ma’no jihatidan: siyosiy, iqtisodiy, harbiy, nutqiy hushyorlikka oid guruhlari hamda, ularning intensiv, ijtimoiy tartibga solish, aloqa o‘rnatish kabi o‘xshash hamda ekspressiv va emotsional, madaniy kabi farqli kommunikativ-pragmatik xususiyatlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida siyosiy diskurs evfemizmlarining shakllanishi, rivojlanishi, kommunikativ-pragmatik xususiyatlarining chog‘ishtirma tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflar asosida:
siyosiy diskursda alliteratsiya, takror, parallelizm, metafora, aforizm va evfemizm kabi stilistik vositalardan ingliz tili bilan birga o‘zbek tilshunosligida ham faol foydalanilishi hamda ularni qo‘llash orqali tinglovchilar e’tiborini jalb qilish va ularni eshitgan ma’lumotlari haqida jiddiy fikrlashga undashiga oid xulosalardan Mizro Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “A-OT-2021-419 Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 1 noyabrdagi 04/11-6802-son ma’lumotnomasi). Natijada, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan qo‘llanmalarda berilgan ertak va hikoyalarda uchraydigan stilistik vositalar qo‘llanilganining o‘ziga xos jihatlari, ya’ni tinglovchilar e’tiborini tortish va ularni eshitgan ma’lumotlari haqida jiddiy fikrlashga jalb qilish bo‘yicha qo‘llanma materiallarini yanada boyitilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida nutqiy hushyorlikni ifoda etuvchi vositalardan biri bo‘lgan evfemizmlar nutq faoliyatida yashirish, profilaktik, boshqarish hamda neytrallashtirish kabi kommunikativ-pragmatik maqsadlarni amalga oshirishiga oid xulosalardan Mizro Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan “Evropa Ittifoqining Erasmus+ dasturining Project № 598340-EPP-1-2018-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP University Cooperation Framework for Knowledge Transfer in Central Asia and China (UNICAC)” grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 1 noyabrdagi 04/11-6801-son ma’lumotnomasi). Natijada, siyosiy evfemizmlarining o‘ziga xosligi va farqlarini, shuningdek, ularni ingliz va o‘zbek matbuot tilida guruhlarga ajratib (siyosat, iqtisodiyot, harbiy sohalarga hamda nutqiy hushyorlikka oid evfemizmlar) chog‘ishtirish jarayonida ularning pragmatik xususiyatlari ochib berildi va bu materiallar magistratura talabalari uchun tashkil etilgan darslarda foydalanish imkonini bergan;
diskursning ingliz va o‘zbek tilshunosligida ekstralingvistik, pragmatik, kognitiv hodisa ekanligi hamda siyosiy diskursning chog‘ishtirilayotgan tillardagi muallifning obrazi, adresat qobiliyati yoki adresat omili, axborot tarkibi, maqsadga yo‘naltirilganlik kabi semantik-pragmatik xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tarkibidagi “Foreign languaGES” telekanali orqali 2022-yilning avgust oyida efirga uzatilgan “Good morning, Uzbekistan!” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali davlat muassasaning 2022 yil 3 oktyabrdagi 05-05-1630-son ma’lumotnomasi). Natijada, tinglovchilarning diskurs va siyosiy diskursning o‘ziga xos xususiyatlari, ingliz va o‘zbek tillarida ularning o‘xshash va farqli jihatlarini ochib beradigan bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek siyosiy diskurs evfemizmlarining matbuot tilida ma’no jihatidan: siyosiy, iqtisodiy, harbiy, nutqiy hushyorlikka oid guruhlari hamda, ularning intensiv, ijtimoiy tartibga solish, aloqa o‘rnatish kabi o‘xshash hamda ekspressiv va emotsional, madaniy kabi farqli kommunikativ-pragmatik xususiyatlariga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki axborotlarini e’lon qilish matnida hamda 2022-yil oktyabr oyida Markaziy bank Boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumani materiallarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2022 yil 1 noyabrdagi 39-15/23-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizdagi siyosiy, iqtisodiy sohalarga oid bo‘lgan anjuman matni, nazariy hamda amaliy materiallar va axborotlar tayyorlash uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish