Karimova Nozima Nurmuxamadovnaning
Fan doktori (DSc) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paradigmal yondashuv asosida professional ta’lim pedagog kadrlarini kasbiy-pedagogik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2023.1.DSc/Ped262.    
Ilmiy maslahatchi: Muslimov Narzulla Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Pedagogik innovasiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Pedagogik innovasiyalar, professional ta’lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped48.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Olimov Qahramon Tanzilovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mardonov Shukurullo Qo‘ldashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Mamatov Dilmurad Narmuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy Tadqiqot Universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi paradigmal yondashuv asosida professional ta’lim pedagog kadrlarining kasbiy-pedagogik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
professional ta’lim tizimida uzlyuksiz ta’lim olish va muttasil kasbiy rivojlanishning innovatsion, kompetensiyaviy, akmeologik, shaxsga yo‘naltirilgan paradigmalari evtagogika fanining mazmuni, predmeti, vazifalari, pedagogika-andragogika-evtagogikaning o‘zaro uzviyligi-uyg‘unligi hamda malaka oshirishning rasmiy, norasmiy, informal shakllarini o‘zaro integratsiyalashda pedagogning kasbiy-pedagogik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirishning relevantligi asoslash orqali mazmunan takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim sharoitida pedagogning zaruriy bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, kasbiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan individual ta’lim olish traektoriyasini loyihalash ko‘nikmasini shakllantirish uzlyuksiz kasbiy rivojlanishning samarali usuli ekanligini  asoslash orqali professional ta’lim pedagogining kasbiy standartida belgilangan kasbiy funksional komponentlari tarkibi ishlab chiqilgan;
malaka oshirish jarayonining raqamli ta’lim transformatsiyasida SMART didaktik talablarni hamda mustaqil ta’lim olishda o‘z-o‘zini boshqarish, takomillashtirish, o‘z-o‘zini tahlil qila olish, baholay olish imkoniyatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish hamda pedagogning kasbiy-pedagogik kompetentligi klasteri komponentlari (soft skills, hard skills, self skills) tuzilmasini ishlab chiqish, rasmiy va norasmiy ta’limda foydalaniladigan innovatsion metodlarni klassifikatsiyalash asosida pedagogning kasbiy-pedagogik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirish modeli takomillashtirilgan;
pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish strategiyasi sharoitida pedagogni kasbiy rivojlanishiga yuqori darajada imkon beruvchi norasmiy  va informal ta’lim shakllarida ehtiyojga asoslangan kurslarni loyihalash, uzlyuksiz malaka oshirishning mustaqil va muqobil innovatsion shakllarini joriy etish hamda  “EduScrum”, “Korporativ ta’lim” va “Trening”, “Master klass” innovatsion talim texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
professional ta’lim tizimi pedagogining kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlanganligini aniqlash mezonlari (motivatsion-qadriyatli, intellektual-refleksiv, kasbiy faoliyatda o‘z-o‘zini rivojlantirish), darajalarini (yuqori, o‘rta va past) aniqlashtirish orqali pedagogik kvalimetriyada ko‘p mezonli baholash usullari, o‘zini-o‘zi diagnostika qilishga qaratilgan mobil didaktik resurslar hamda uslubiy ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paradigmal yondashuv asosida professional ta’lim pedagoglarini kasbiy-pedagogik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
professional  ta’limda uzlyuksiz ta’lim olish va kasbiy rivojlanishning innovatsion, kompetensiyaviy, akmeologik, shaxsga yo‘naltirilgan paradigmalarini kiritish hamda malaka oshirishning rasmiy, norasmiy, informal shakllarini o‘zaro integratsiyalashda pedagogning kasbiy-pedagogik kompetentligini uzlyuksiz rivojlantirishning relevantligini oshirishga oid takliflardan Nemis Xalq Universitetlari assotsiasiyasi (DVV) Filialining № 11/11-18-T va 10/08-19-T sonli “O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar ta’limi tizimidagi xodimlar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilish” mavzusidagi grant loyihasini bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 89-05-189-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagog kadrlarini uzlyuksiz malakasini oshirishda rasmiy, norasmiy, informal ta’limning ahamiyati asoslab berilgan;
raqamli ta’lim sharoitida pedagogning zaruriy bilim va ko‘nikmalarini aniqlash, kasbiy faoliyatni amalga oshirishga imkon beradigan bilim va kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan individual ta’lim olish traektoriyasini loyihalash ko‘nikmasini shakllantirish,  professional ta’lim pedagogining kasbiy standartida belgilangan kasbiy funksiyalar tarkibini tuzishga oid ilmiy xulosalardan “Professional ta’lim o‘qituvchisining kasbiy standarti”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 89-05-189-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogning kasbiy funksiyalarini e’tiborga olgan holda ehtiyojga asoslangan kurslarni ishlab chiqish talablari va loyihalash bosqichlari ishlab chiqilgan;
pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish, norasmiy  va informal ta’lim shakllarini tashkil etishda ehtiyojga asoslangan kurslarni loyihalash, malaka oshirishning mustaqil va muqobil shakllarini kiritish hamda “EduScrum”, “Korporativ ta’lim”, va “Trening”, “Master klass” texnologiyalarini qo‘llashga qaratilgan metodik ishlanmalari asosida “Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish”, “Rahbarning “soft skills” kompetensiyalarini rivojlantirish” modullari uslubiy ta’minoti, “Kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish”, “Ta’lim natijalariga mo‘ljallangan o‘quv jarayonini tashkil etish” elektron qo‘llanmalar, “Rahbarning “soft skills” kompetensiyalarini rivojlantirish” smart didaktik vositalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 21 dekabrdagi 89-05-189-son ma’lumotnomasi). Natijada, malaka oshirish kurslarida o‘quv modullarini o‘qitishning didaktik va metodik ta’minoti takomillshatirilgan;

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish