Tillaev Azamat Ibragimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Multimedia texnologiyalari asosida axborot texnologiyalar fanini o‘qitishni takomillashtirish (oliy ta’lim misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi(informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2195.
Ilmiy rahbar: Aripov Mersaid Mirsidiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Lutfullaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ashurova Dilfuza Nabievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanini multimedia texnologiyalari asosida o‘qitish metodikasini takomillashtirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari tamoyillar, shakllar, vositalar kabi komponentlar hamda ta’lim jarayonida qo‘llashning maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik darajalarini integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun multimediali elektron darslikni yaratishga qo‘yiladigan talablar elektron materiallar mazmuni va ularni tanlash tamoyillari hamda didaktik, metodik, psixologik, texnik, estetik, maxsus, ergonomik kabi komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarida multimedia texnologiyalaridan foydalanish mexanizmi kommunikativ, AKT va elektron axborot-ta’lim muhitidan foydalanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash, tadqiqotchilik, kreativlik, prognoz qilish kabi komponentlarini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirilgan;
“Axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarini o‘qitishning metodik asoslari INSERT, FSMU, assessment, xulosalash kabi metodlar va  multimediali interaktiv o‘rgatuvchi dialoglar, kreativ, kognitiv fikrlashga oid amaliy topshrirqlar, on-line va off-line testlar, nostandart testlardan intensiv foydalanish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Multimedia texnologiyalari asosida “Axborot texnologiyalari” fanini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy ishlar natijalari:
oliy ta’lim muassasalarida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslarini  tamoyillar, shakllar, vositalar kabi komponentlar hamda ta’lim jarayonida qo‘llashning maqsadli-mazmunli, tashkiliy-metodik darajalarini integratsiyalashuvi asosida aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun “Raqamli va axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i). Natijada oliy ta’limda talabalarning “Axborot texnologiyalari” faniga bo‘lgan qiziqishlari va o‘quv faolligi hamda ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarni innovatsion ko‘rinishlarda tashkil qilish samaradorligi oshgan;
oliy ta’lim muassasalari uchun multimediali elektron darslikni yaratishga qo‘yiladigan talablarni elektron materiallar mazmuni va ularni tanlash tamoyillari hamda  didaktik, metodik, psixologik, texnik, estetik, maxsus, ergonomik kabi komponentlariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universiteti gumanitar ta’lim yo‘nalishlari uchun “Raqamli va axborot texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17 martdagi 106-son buyrug‘i). Natijada “Axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarni o‘qitish samaradorligi oshgan;
“Axborot texnologiyalari” fani mashg‘ulotlarida multimedia texnologiyalaridan foydalanish mexanizmini kommunikativ, AKT va elektron axborot-ta’lim muhitidan foydalanish, o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z ustida ishlash, tadqiqotchilik, kreativlik, prognoz qilish kabi komponentlarini bevosita hisobga olish orqali takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universiteti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining I-2016-4-15 raqamli «Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tadbiq etish (OTMlar misolida)» mavzusidagi loyiha doirasida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 12 dekabrdagi 04/11-8527-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’limda oliy ta’lim muassasalari fanlarini o‘qitishda multimediali dars ishlanmalarida foydalanish metodikasi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish