Qosimov Jahongir Ro‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt1188.
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Shavkat Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning “Daladan-do‘kongacha” zanjirini hisobga olgan holda ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik turlari bo‘yicha samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini hisoblash metodikasi ishlab chiqilgan;
meva-sabzavot mahsulotlari kooperasiyasiga ko‘ra mahsulotni “etishtirish-saqlash-qayta ishlash-sotish-yakuniy kooperatsiyasi” bosqichlarida kooperatsiya korxonalari samaradorligini, jumladan har bir qishloqda sanoat korxonalarining kichik shoxobchalarini rivojlantirish, raqamli innovatsion texnologiyali “Agropark” va “Agrosanoat” ko‘p tarmoqli agrologistika majmualarini qulay joylarda tashkil etish kabilar asosida oshirish asoslangan;
meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va iste’molchiga etkazish bilan bog‘liq iqtisodiy “Daladan- do‘kongacha” munosabatlar Qashqadaryo viloyati hududlarida optimal joylashtirish modeli ishlab chiqilgan;
Qashqadaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va meva-sabzavot korxonalari samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini iqtisodiy-matematik modellashtirish asosida 2026 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meva-sabzavotchilik mahsulotlari kooperatsiyasining tashkiliy-iqtisodiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari va uning “Daladan-do‘kongacha” zanjirini hisobga olgan holda ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik turlari bo‘yicha samaradorligini baholash ko‘rsatkichlarini hisoblash metodikasi bo‘yicha ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 22-aprel № 05/13-02-339-son ma’lumotnomasi).  Buning natijasida xo‘jaliklar faoliyatini monitoring qilish, ishlab chiqarish hajmining oshishi va mahsulot sifatining barqarorlashuvi hamda xo‘jaliklarning ixtiyoriy ravishda kooperatsiyaga birlashuvi ta’minlangan;
 meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasiga ko‘ra mahsulotni “etishtirish -  saqlash - qayta ishlash - sotish - yakuniy kooperatsiyasi” bosqichlarida kooperatsiya korxonalari samaradorligini, jumladan har bir qishloqda sanoat korxonalarining kichik shoxobchalarini rivojlantirish, raqamli innovatsion texnologiyali “Agropark” va “Agrosanoat” ko‘p tarmoqli agrologistika majmualarini qulay joylarda tashkil etish kabilar asosida oshirish bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 22-aprel № 05/13-02-339-son ma’lumotnomasi). Natijada xo‘jaliklarning moliyaviy faoliyatining yaxshilanishi va har bir kooperatsiya korxonalarining iqtisodiy samaradorlik darajasi 1,5-2,5 martagacha oshishi asoslangan;
 meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasi doirasida meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va iste’molchiga etkazish bilan bog‘liq iqtisodiy “Daladan- do‘kongacha” munosabatlar Qashqadaryo viloyati hududlarida optimal joylashtirish modeli bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil
22-aprel № 05/13-02-339-son ma’lumotnomasi). Bunda meva-sabzavot etishtirishga ixtisoslashgan fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va qayta ishlash tizimdagi nobudgarchiligi 11 foizgacha kamaytirish va qo‘shimcha foyda olishga erishish hamda rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash jarayonida foydalanishni yo‘lga qo‘yish imkoniyati yaratilgan;
 Qashqadaryo viloyatida meva-sabzavot mahsulotlari kooperatsiyasining rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va meva-sabzavot korxonalari samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini iqtisodiy-matematik modellashtirish asosida 2026 yilgacha mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha ilmiy taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining tizim tashkilotlari amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil
22-aprel № 05/13-02-339-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida meva-sabzavot etishtiruvchi dehqon va fermerlar hamda tamorqa er egalari uchun tashish, qayta ishlash, saqlash va sotish moddiy harajatlari 5 foizga kamaytirishga erishilgan va qo‘shimcha daromad olish imkoni asoslangan.
 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish