Tursunov Nodirjon Qayumjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
«Eritish texnologik rejimlarini takomillashtirish maqsadida metall eritmalarini rafinirlash jarayonlarining nazariy asoslarini rivojlantirish» 05.02.01- «Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4. DSc/T567
Ilmiy maslaxatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
 IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/27.02.2020.T.73.02.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Fayzibaev Sherzod Sobirovich – texnika fanlari doktori, professor. 
Kurbanov Mirtemir Shodievich - texnika fanlari doktori, professor.
Kojuxov Aleksey Aleksandrovich - texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: maxalliy xom ashyolar asosida metall eritmalari kompozisiyasini yaratish, induksion tigel pechida eritish va rafinirlash, kovshda modifikatsiyalash texnologik jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
maxalliy xom ashyolar asosida yaratilgan metallni samarali rafinirlash uchun erish harorati past bo‘lgan maxsus shlak aralashmalari yordamida va induksion tigel pechida yassi metall meniskini olish hisobiga defosforatsiya darajasini 60% gacha, hamda desulfuratsiya darajasini esa 70 % gacha ortishi asoslangan;
tanlangan modifikatorlarning metall vannadagi, agregat futerovkasi va shlakdagi komponentlar bilan o‘zaro ta’sirlashishi termodinamik jarayoni asosida kislorod, oltingugurt va alyuminiy bilan o‘zaro ta’sirlashish reaksiyalarining kombinasiyalash uslubi bilan olingan muvozanat konstantalari avvalroq olinganlaridan 1...5 tartibga farq qilishi isbotlangan;
metall, induktor va induksion tigel pechi futerovkasida elektromagnit to‘lqinlarining tarqalish mexanizmini pechning geometrik va elektr parametrlarini, suyuq metall harakatining boshqarilishini, gidrodinamik aralashtirish intensivligini, gidrostatik bosimni, pech induktori tomonidan yaratilgan metall vannasining tigelining o‘tga chidamli futerovkasi uchastkalariga elektrodinamik erozion ta’sirini, «induktor-metall» tizimi to‘liq quvvatini, elektr foydali ish koeffisientini, tabiiy quvvat koeffisientini, elektromagnit bosimni muvozanatlab turadigan metall ustuni balandligini aniqlash matematik modeli ishlab chiqilgan; 
defosforatsiya va desulfuratsiya jarayonlari texnologik parametrlarining miqdor bog‘liqliklari asosida, qattiq shlak aralashmalaridan foydalanib induksion tigel pechida metallni rafinirlash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
po‘latni kompleks modifikatorlardan foydalangan holda modifikatsiyalash texnologiyasi oltingugurt miqdori past (0,015% dan kam) bo‘lgan konstruksion quyma qotishmalarga nisbatan qo‘llanishi mumkinligi aniqlanib, bu yuqori darajadagi oksidsizlantirishlikka, desulfuratsiya darajasiga, mayda dispers tuzilmaga, yuqori mexanik xossalarga ega bo‘lishni ta’minlab, donachalar chegaralari bo‘ylab uzun satrlar ko‘rinishidagi nometall qo‘shilmalar hosil bo‘lishini bartaraf etish asoslangan; 
mexanik tavsiflarni aniqlashga qaratilgan keng ko‘lamli eksperimental tadqiqotlarning tahlili natijalari asosida manfiy haroratlarda po‘lat zarbiy qovushqoqligi qiymatining metalldagi oltingugurt miqdoriga bog‘liqligi aniqlangan;
maxalliy xom ashyolar asosida metall eritmalari kompoziyasini induksion tigel pechida eritish va rafinirlash, kovshda modifikatsiyalash texnologik jarayonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi Eritish texnologik rejimlarini takomillashtirish maqsadida metall eritmalarini rafinirlash jarayonlarining nazariy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
induksion tigel pechida quyma po‘latni defosforatsiya texnologiyasi 
«Quyuv-mexanika zavodi» ShKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 3 martdagi 01/711-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metal buyumlarning defosforatsiya darajasini 25 dan 70% gacha ko‘tarib, fosfor miqdorini 0,025...0,014% ga kamaytirish imkonini bergan;
induksion tigel pechida quyma po‘latni desulfuratsiya texnologiyasi 
«Quyuv-mexanika zavodi» ShKda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 3 martdagi 01/711-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, metal eritmasining desulfuratsiya darajasini 50 dan 70% gacha ko‘tarib, oltingugurt miqdori 0,020...0,005% gacha kamaytirish imkonini bergan;
temir yo‘l transportining ma’suliyati yuqori bo‘lgan yirik po‘lat quymalarda yaroqsizlik darajasini pasaytirish texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» ShK amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 3 martdagi 01/711-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuk vagonlarining yaroqli quyma detallarining chiqishini 60 dan 97% gacha oshirish imkonini bergan;
induksion tigel pechida zararli qo‘shilmalarni rafinirlash texnologiyasi 
«Quyuv-mexanika zavodi» ShK amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 3 martdagi 01/711-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, qimmatbaho temir chiqindisini tan narxini pasaytirish va ma’suliyati yuqori bo‘lgan yaroqli detallar chiqishini 40 % ga ko‘paytirish imkonini bergan;
20GL markali qotishmani po‘lat quyish kovshida modifikatsiyalash texnologiyasi «Quyuv-mexanika zavodi» ShK amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 2023 yil 3 martdagi 01/711-23-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, oquvchanlik chegarasi qiymatlarini 22% gacha, vaqtinchalik qarshilik ko‘rsatish qiymatini 12%, zarbiy qovushqoqlik darajasini 3,1 martagacha oshirish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish