Babajanov Axmadjon Sultanbaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilo‘ngach shikastlanishining diagnostika va davolash taktikasining konseptual jihatlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Tib811.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saidmurad Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Uktam Safaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “A.V. Vishnevskiy nomidagi Xirurgiya Milliy tibbiy tadqiqot markazi” Federal davlat byudjet tashkiloti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qizilo‘ngach shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda diagnostika va davolash taktikasini takomillashtirish, hamda zamonaviy lazer texnologiyalarini joriy etish orqali davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida qizilo‘ngach shikastlanishining tipologik xususiyatlari va tuzilishi aniqlandi, uning asosida turli umumiy va o‘ziga xos asoratlar rivojlanishining asosiy xavf omillari tasdiqlangan;
qizilo‘ngachning shikastlanishini tashxislash va ko‘rsatilayotgan yordam ko‘lamining asosiy xatolar aniqlangan, bu esa ushbu patologiyaga chalingan bemorlarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolashning qoniqarsiz natijalari sabablarini aniqlashga imkon bergan;
qizilo‘ngach shikastlanishini tajribada modellashtirish metodologiyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u mahalliy yallig‘lanish o‘zgarishlarining rivojlanishi va ularning ko‘ks oralig‘iga tarqalishi bilan tavsiflanadi, bu patologiyani davolashning turli usullari samaradorligini baholash uchun ob’ektiv tadqiqotlar o‘tkazish imkoniyatini bergan;
lazer terapiyasi parametrlari, nurlanish kuchi, ta’sir qilish chastotasi va vaqti aniqlandi, shuningdek qizilo‘ngach shikastlangan bemorlarda lazer nurlanishining teri orqali va intraluminal ta’sirining organotopik nuqtalari aniqlangan;
lazer nurlari ta’sirida shikastlangan qizilo‘ngach devoridagi o‘zgarishlarning morfologik tuzilishi va tabiati o‘rganilib, teshilish zonasida regeneratsiyaning xususiyatlari, ularning qizilo‘ngach va ko‘ks oralig‘idagi yallig‘lanish jarayonlarining faolligiga ta’siri aniqlangan;
qizilo‘ngachning penetratsiyali shikastlanishlaridagi oziqlantirish paytida ozuqaviy aralashmani qizilo‘ngachga o‘tib ketishini istisno qiluvchi va duodenogastral reflyuksda, ozuqaning ortiqcha miqdorini oshqozondan chiqishini ta’minlab beruvchi dekompressiya va oziqlantirish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ekspert kengashining 2023 yil 9 iyundagi 2x/8 son xulosasiga ko‘ra (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 07.06.2023y., №500 sonli xat yuborilgan):
qizilo‘ngach shikastlanishlarining aniqlangan tipologik xususiyatlari va tuzilishi turli xil umumiy va o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishi uchun asosiy xavf omillarini tekshirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi buyrug‘i bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 501) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngach shikastlanishlarining tipologik xususiyatlari va tuzilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, turli xil umumiy va o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillari tekshiriladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach shikastlanishlarining tipologik xususiyatlari va tuzilishi bo‘yicha olingan ma’lumotlarga asoslanib, turli xil umumiy va o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash natijasida bemorning bu kabi xolatlarda sarflanadigan umumiy xarajatlari, tadqiqotning ilmiy-amaliy natijalarini joriy etish hisobiga 1 bemorga 3 200 000 so‘m mablag‘ tejab qolindi. Bunda iqtisod qilinadigan summa 3 200 000 so‘mni tashkil etadi ( 8 400 000 so‘m (Odatda bu patologiyali xolatlardagi qo‘llaniladigan usullar yordamidagi umumiy summa) – 5 200 000 so‘m (Taklif etilgan usul yordamida tashxislash summasi) = 3 200 000 so‘m). Mazkur taklif etilgan algoritmli tashxislash yordamida 1 nafar bemor uchun 3 200 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32 000 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM, preyskurantiga ko‘ra). Shundan yillik byudjet mablag‘laridan 9 600 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 22 400 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: turli xil umumiy va o‘ziga xos asoratlarni rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi bir bemor uchun 3 200 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi, buning natijasida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32 000 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Yillik byudjet mablag‘laridan 9 600 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 22 400 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislash va davolashning konseptual jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.06.2023y.; №500 sonli xat yuborilgan;
qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislashda aniqlangan xatolar ushbu patologiya bilan og‘rigan bemorlarni konservativ va jarrohlik davolashning qoniqarsiz natijalarining sabablarini aniqlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi buyrug‘i bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 501) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aniqlangan xatolar kerakli diagnostika tadbirlari arsenalini minimal darajaga kamaytirishga imkon berdi, bu diagnostika uchun vaqtni tejaydi va keraksiz moliyaviy xarajatlarni bartaraf etadi, to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi kasallikning umumiy natijasiga ham, davolanishning iqtisodiy xarajatlariga ham ijobiy ta’sir qiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: amaliyotda diagnostika xatolari, shuningdek, jarrohlik taktikasidagi xatolar mazkur patologiyali bemorni davolash xarajatlarini ortishiga olib keladi. Aniqlangan xatolar kerakli diagnostika tadbirlari arsenalini minimal darajaga kamaytirish natijasida bemorning turli diagnostik va davolash taktikasi davri qisarishi xisobiga 1 nafar bemor uchun o‘rtacha xisobda 2 200 000 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: mazkur patologiyali bemorlarda odatda sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajatlar: 13 800 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajatlar: 12 600 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); ((odatda mazkur patologiyada sarf qilingandigan o‘rtacha umumiy xarajat) 13 800 000 so‘m – (taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajat) 12 600 000 so‘m = 1 200 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 12 000 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Yillik byudjet mablag‘laridan 3 600 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 8 400 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: bunda mazkur jarrohlikni amaliyotga joriy etish natijasida bir bemor uchun 1 200 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 10 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik 12 000 000 so‘mni tashkil etdi. Yillik byudjet mablag‘laridan 3 600 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 8 400 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislash va davolashning konseptual jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.06.2023y.; №500 sonli xat yuborilgan.
ishlab chiqilgan foydali model "Eksperimentda qizilo‘ngach shikastlanishini modellashtirish usuli" (foydali model patenti 2022 yil 7 oktyabrdagi FAP 20220217) hayvonlarda lazer nurlanishining optimal parametrlarini aniqlash uchun qizilo‘ngach shikastlanishi soxasiga eksperimental tadqiqotlar o‘tkazish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi buyrug‘i bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 501) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: eksperimental model yallig‘lanish jarayonining kechishini o‘rganish imkonini berdi; eksperimental modelni yaratish turli davolash usullarining samaradorligini o‘rganish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach shikastlanishining eksperimental modeli bo‘yicha turli davolash usullarining samaradorligini o‘rganish dori vositalaridan foydalanishni kamaytiradigan va davolanishning umumiy xarajatlarini kamaytiradigan optimal taktikani aniqlash imkonini berdi. Bu borada amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari har bir bemor uchun byudjet mablag‘larini 456 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra shu turdagi patologiyali xolatlardagi xarajtlar 5 484 000 so‘mni tashkil etsa, mazkur chora-tadbirlar natijasida bu xarajtlar miqdori 5 028 000 so‘mni tashkil etadi). Yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi byudjetdan 1 nafar bemordan 456 000 so‘mni tejash imkonini bersa, 10 nafar bemor uchun yillik 4 560 000 so‘mni iqtisod qilish yo‘li orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Agarda yuqoridagi taklif etilgan usulda ob’ektiv yondashuv asosida qizilo‘ngach shikastlanishining eksperimental modeli bo‘yicha turli davolash usullarining samaradorligini o‘rganish dori vositalaridan foydalanishni kamaytiradigan va davolanishning umumiy xarajatlarini kamaytiradigan optimal taktika asosiy usuli qo‘llanilsa: Mazkur turdagi patologiyali xolatlardagi mavjud xirurgik davo turlarini qo‘llash natijasida sarf – xarajatlar xarajtlar 5 484 000 so‘mni tashkil etsa, taklif etilgan metodlar asosidagi chora-tadbirlar natijasida bu xarajtlar miqdori 5 028 000 so‘mni tashkil etadi. Ushbu yangi amaliyot to‘g‘ri bajarilishi xisobidan 1 bemor uchun iqtisod qilinadigan miqdor 456 000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). (Bunda umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 456 000 so‘mni tashkil qildi). 1 yilda esa (15 nafar bemor uchun) 6 840 000 so‘m iqtisod qilinadi. Yillik byudjet mablag‘laridan 2 280 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 4 560 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi 1 nafar bemordan 456 000 so‘mni tejash imkonini bersa, 15 nafar bemor uchun yillik 6 840 000 so‘m (byudjet mablag‘laridan 2 280 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 4 560 000 so‘m )ni iqtisod qilish yo‘li orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislash va davolashning konseptual jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.06.2023y.; №500 sonli xat yuborilgan.
qizilo‘ngachning shikastlanishi uchun “Matrix” apparati bilan lazer terapiyasini o‘tkazish teshilish zonasida to‘qimalarning yangilanishini yaxshilashga, yallig‘lanish reaksiyasining faolligini kamaytirishga va shunga mos ravishda jarrohlik davolash samaradorligini oshirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi buyrug‘i bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 501) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: lazer terapiyasini konservativ va jarrohlik davolash bilan birgalikda qo‘llash natijalarni yaxshiladi va asoratlar sonini kamaytirishi bilan xarakterlanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kasalxonadan chiqish paytida VASh shkalasi bo‘yicha TG (tekshiriluvchi guruh)dagi o‘rtacha og‘riq darajasi, mos ravishda, 3,44±0,67 va AG (asosiy guruh) uchun 2,72±0,46 ballni tashkil qiladi. Kasalxonadan chiqqandan 14-16 kun o‘tgach VASh shkalasi bo‘yicha og‘riq intensivligi ikkala guruhda ham kamroq deb aniqlandi (r≤0,05) – TGda 2,82±0,58 ball va AGda 2,04±0,41 ball, lekin guruhlar o‘rtasida ishonarli farq yo‘q, garchi AGda eng yaxshi natija bo‘lsa ham. Kasalhonadan chiqishdan 14-16 kun o‘tgach, Overall GIQLI shkalasining o‘rtacha miqdori TG uchun 106,24±11,56 ga teng edi, bu mumkin bo‘lgan maksimal miqdorning 73,61% ni tashkil etdi, bu esa 14-16 kun o‘tib bemorlar hayoti 8,25% ga oshganini anglatadi. AG bemorlarida Overall GIQLI ko‘rsatkichi 120,17±10,46 ballga etdi, bu 11,78% ga o‘sish bilan birga maksimal ko‘rsatkichning 83,35% ni tashkil etdi. Bulardan ko‘rish mumkinki, qizilo‘ngach jarohatlarini davolashda lazer terapiyasi jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashga, asoratlar sonini kamaytirishga va umumiy perioperativ davrni qisqartirishga imkon berdi. Yuqoridagi ko‘rsatgichlar asosida qo‘yidagi iqtisodiy natijalarga erishildi, bunda: 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgichi: Bemorlarning ushbu kategoriyasida davolashda ratsional yondashuv natijasida bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish davri, bemorlarning shifoxonada qolish mudatini o‘rtacha davri, asoratlar sonini kamaytirish xisobidan sarflanadigan qo‘shimcha xarajtlar va umumiy perioperativ davrni qisqarishi natijasida 1 nafar bemorga to‘lanadigan to‘lov 2 900 000 so‘mga kamayadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DMning preyskurantiga ko‘ra); ushbu guruhdagi bemorlarni davolashdagi individual ratsional yondashuv natijasida odatdagi davolash taktikasiga nisbatan har bir bemordan o‘rtacha 2 900 000 so‘m iqtisodiy samardorlikka erishish imkonini beradi. Natijada yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi. 1 yilda o‘rtacha (10 nafar bemor uchun) 29 000 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 760 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 20 440 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Xulosa: lazer nurlatish yordamidagi yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi (10 nafar bemor uchun) 29 000 000 so‘m mablag‘larni iqtisod qilishga olib keldi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8 760 000 so‘mni, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 20 440 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislash va davolashning konseptual jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.06.2023y.; №500 sonli xat yuborilgan.
qizilo‘ngach shikastlanishi uchun lazer terapiyasi teshilish zonasida to‘qimalarning yangilanishini yaxshilashi, yallig‘lanish reaksiyasining faolligini kamaytirishi va shunga mos ravishda jarrohlik davolash samaradorligini oshirishi morfologik jihatdan isbotlangan, bu esa uni jarrohlikning boshqa sohalarida qo‘llashni nazarda tutadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi buyrug‘i bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 501) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngachning shikastlanishi uchun lazer terapiyasining samaradorligini morfologik baholash ushbu murakkab toifadagi bemorlarni davolashda uning yuqori samaradorligini isbotlashga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirishga qaratilgan usullarni joriy etilishi natijasida bemorlarning hayot sifati kasalxonaga yotqizish paytiga nisbatan yaxshilandi, shuning uchun VASh bo‘yicha og‘riq darajasi sezilarli darajada pasaydi (p≤0,05), bemorni qabul qilish paytida TG(tekshiriluvchi guruh)da 6,52±1,25 ball, AG(asosiy guruh)da esa 6,44±1,18 ballga teng edi, kasalxonadan chiqishda esa – mos ravishda, 3,44±0,67 va 2,72±0,46 ballni tashkil etdi; GIQLI so‘rovnomasiga ko‘ra, TG da qabul paytida o‘rtacha 82,22±28,05 ball, AGda esa 81,79±23,00 ballga teng bo‘lib, kasalxonadan chiqishda esa, mos ravishda 98,43±20,12 va 108,45±21,06 ballni tashkil etdi. Engil buzilishlar darajasidagi qoldiq asoratlar TG bemorlarining 29,35% / 30,35% (GSRS so‘rovnomasi / CGI-s shkalasi) va AG bemorlarining 24,37% / 24,37% qayd etilgan, o‘rtacha me’yorli buzilishlar TG bemorlarida mos ravishda 31,84% / 30,85% va AGda 26,89% / 26,05% belgilangan, xuddi shunday tendensiya sog‘lom bemorlar va chegaradosh kasalliklari bor bemorlar uchun qayd etilgan (p≤0,05). Kasalhonadan chiqish paytida TGdagi CGI-s shkalasi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 2,37±0,12 ballni, AGda esa 1,92±0,14 ballni tashkil etdi (p≤0,001). Yuqoridagi o‘zgarishlar tahlili natijasida, mazkur tadqiqotning ilmiy-amaliy natijalarini joriy etish hisobiga 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgich: Odatdagi mavjud usullar qo‘llash natijasida 1 bemorga sarflanadigan xarajtlar 11 040 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra) mablag‘ni tashkil qildi. Yangi jarrohlik amaliyotini joriy etish natijasida bu xarajtlar 9 140 000 so‘mga teng. Mazkur yangi jarrohlik amaliyotini tadbiq etishi natijasida 1 bemor uchun 1 900 000 so‘m mablag‘ tejab qolindi (1 nafar bemor uchun). Yuqoridagilraga ko‘ra jami yillik iqtisodiy samaradorlik 19 000 000 so‘mni tashkil etadi (10 ta bemor uchun). Optimallashgan yangi usulni joriy etish natijasida byudjet mablag‘larini 3 800 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15 200 000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirishga qaratilgan mazkur yangi usulni joriy etilishi byudjet mablag‘larini 3 800 000 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 15 200 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislash va davolashning konseptual jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.06.2023y.; №500 sonli xat yuborilgan.
"Qizilo‘ngachning teshib kiruvchi jarohatlari uchun dekompressiya va ovqatlanish usuli" foydali modeli ishlab chiqilgan (foydali model patenti 2022 yil 16 sentyabrdagi FAP 20220216-son). Qizilo‘ngachning teshib kiruvchi shikastlanishlarida dekompressiya va ovqatlanishning tavsiya etilgan usuli asoratlar sonini 41,7% dan 12,4% gacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qizilo‘ngach shikastlanishi bilan og‘rigan bemorlarni kam invaziv va jarrohlik davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar "Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi buyrug‘i bo‘yicha (07.06.2023 y.; № 501) bilan markaz va uning hududiy filiallari klinik bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngachning teshib kiruvchi shikastlanishlarida dekompressiya va ovqatlanishning tavsiya etilgan usuli asoratlar sonini 41,7% dan 12,4% gacha kamaytirishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan foydali model asoratlar sonini kamaytirish, davolanish muddatini va bemorning shifoxonada qolishini qisqartirish imkonini berdi. Bu borada amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari har bir bemor uchun 1 500 000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ya’ni bunda bu kabi patologiyalarda asoratlar yuzaga kelganda uni tuzatish uchun qo‘shimcha sarflanadigan xarajatlar 6 900 000 so‘mni tashkil etadi. Taklif etilayotgan yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasida bu kabi xarajtlar o‘rtacha 5 400 000 so‘mni tashkil etdi. Natijada: mazkur patologiyali 1 nafar bemor uchun taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobidan yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish natijasida 1 500 000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobidan yillik iqtisodiy samaradorlik 10 500 000 so‘mni tashkil etdi (7 nafar bemor uchun). Natijada byudjet mablag‘larini 3 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 500 000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: yangi ishlab chiqilgan foydali model jarrohlik amaliyotiga joriy etilishi byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 1 million 500 ming so‘mni tejash imkonini berdi. Mazkur taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobidan yillik iqtisodiy samaradorlik 10 500 000 so‘mni tashkil etdi (7 nafar bemor uchun). Natijada byudjet mablag‘larini 3 000 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7 500 000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Qizilo‘ngach jarohatlarini tashxislash va davolashning konseptual jihatlari” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 07.06.2023y.; №500 sonli xat yuborilgan.