Maxkamov Najmiddin Kozimovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aorta anevrizmalari va diseksiyalarida endovaskulyar amaliyotlarning taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Tib776.
Ilmiy maslahatchi: Zufarov Mirjamol Mirumarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Fedorchenko Aleksey Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori; Alimov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligining “Milliy kardioxirurgiya ilmiy markazi” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: anevrizma va aorta diseksiyasi mavjud bo‘lgan bemorlarda endovaskulyar aralashuvlarning hajmi va bosqichlarini aniqlovchi taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish orqali tashxislash va davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fenestratsiyalangan stent-graft o‘rnatish aniqligini oshirishga va aorta tuzilishining turli anatomik variantlarida fenestratsiyaning uning yoyi shoxlari chiqish sohasiga mos kelishiga erishishga imkon beruvchi ko‘krak aortasini endovaskulyar protezlash usuli takomillashtirilgan;
Thoracic Endovascular Aortic Repair (TEVAR) amaliyotidan keyingi yaqin va uzoq muddatli davrda stent-graft bilan bog‘liq asoratlarni (endoliklar, stent-graft indusirlangan yangi distal aloqa yo‘li, retrograd diseksiya) tashxislashda hajmli MSKT angiografiyaning imkoniyatlari aniqlangan;
TEVAR amaliyotidan keyin uzoq muddatli bashoratni hamda ushbu aralashuv natijalarini ob’ektiv baholash maqsadida aortaning remodellanish jarayonlarini va stent-graft “taqdirini” (endograft modullari migratsiyasi va ajralishi) verifikatsiya qilish uchun 3D rekonstruksiya rejimidagi 640 kesimli MSKT ning diagnostik ahamiyati aniqlangan;
TEVAR amaliyotidan keyin aorta remodellanishining patognomonik belgilari aniqlashtirilgan va batafsil bayon qilingan hamda ularning bir yil davomida stent-graftning beqarorligini bartaraf etishga ta’siri baholangan;
tibbiy yordamni tashkil etish sifatini baholash hamda bemorlar ahvolining og‘irligiga qarab taqsimlash tizimining funksional moslashuvi, jalb etilgan mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtirgan va uyg‘unlashtirgan holda sohalararo yondashuv kabi mezonlarni farqlashni hisobga olish nuqtai nazaridan TEVAR amaliyoti natijalariga ta’sir qiluvchi xavf omillar aniqlashtirilgan;
TEVAR amaliyotidan keyin yashovchanlik bashorat omillarini stratifikatsiyalash va hayot sifatini baholashga asoslangan yashab qolganlarning kumulyativ ulushi va takroriy aralashuvlardan erkinlik ko‘rsatkichi aniqlangan;
TEVAR amaliyotini amalga oshirish uchun kadrlar potensialini shakllantirish va ixtisoslashgan mutaxassislarni tayyorlash uchun uslubiy yondashuvlarni standartlashtirishning asosiy mezonlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ekspert kengashining 2023 yil 7 iyundagi 2x/5 son xulosasiga ko‘ra (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 07.06.2023y., №480 sonli xat yuborilgan):
aortaning ko‘krak bo‘linmasini endovaskulyar protezlash uchun “stent-graftda shifokor tomonidan o‘zgartirilgan fenestratsiya”ni qo‘llash usuli takomillashtirilib, ushbu foydali model` stent-graftning fenestratsiyalangan qismini o‘rnatishning aniqligini oshirish va shu bilan birgalikda aorta yoylari shoxlarining atipik chiqishlarida fenestratsiyani to‘g‘ri joylashtirish imkonini beradi (Foydali model FAP № 02112 31.10.2022 yil). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyrug‘i (1.06.2023 y.; № 478 ) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aorta anevrizmasi va disseksiyasi bo‘lgan bemorlarni endovaskulyar davolashning taktik va texnik jixatlarini rentgen kontrastli yo‘naltiruvchi belgilardan foydalangan holda takomillashtirish, endovaskulyar jarrohlikdan keyingi erta asoratlar sonini 27,3% dan 0% gacha kamaytirish imkonini berdi; 6 oy davomida I va III turdagi “endoleak” dan ozodlikning kumulyativ qismini 70% dan 100% oshiridi (Kaplan-Meier); 10 nafar bemorlarni 1 yillik kuzatuvdan so‘ng kumulyativ omon qolish darajasini (Kaplan-Meier) 80% dan 100% gacha oshirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: endovaskulyar protezlash usuli takomillashtirilishi xisobiga (FAP № 02112 31.10.2022) 1 nafar bemor uchun 14.888.050 so‘m iqtisod qilindi, ya’ni bemorlarni davolash xarajatlarini 46,3% ga kamaytirildi. Ushbu takomillashtirilgan usulni qo‘lanlmagan holda qo‘shimcha jarrohlik amaliyoti bajarilishiga olib keldi, ya’ni uyqu qon-tomirini chap o‘mrov osti arteriyasiga shuntlash amaliyoti bajariladi va uning umumiy qiymati 21.980.372 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yangi takomillashtirilgan endovaskulyar amaliyotning joriy qilinishi bir yilda byudjet mablag‘larini 56.738.576 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 14.184.644 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aorta anevrizmalari va disseksiyalarida endovaskulyar amaliyotlarning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 1.06.2023 yildagi № 480-sonli xat bilan yuborilgan;
640 kesimli MSKTning 3D rekonstruksiya rejimida, aortaning anatomik xususiyatlari va patologik o‘zgarishlari namoyon bo‘ladi, bu esa jarroxlik amaliyoti natijalarini prognozlash va davolash imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (1.06.2023 y.; № 478 ) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyoti jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqori asorat, ya’ni aorta yoyidan chiqayotgan qon-tomirlarini berkilib qolish bo‘lgan extimolni oldindan ko‘ra bilish; ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot tarziga qisqa mudatda qaytarish; bemorlarda tashxislash muddatlarini qisqartirish. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun TEVAR usulidan keyin uzoq muddatli prognoz va ushbu aralashuv natijalarini ob’ektiv baholash maqsadida aorta va stent-graft “taqdirini”ni qaytadan modellashtirish jarayonlarini verifikatsiya qilish uchun 1.097.600 so‘mni tashkil etadi. Bunda boshqa turdagi tekshiruv usullari (transtorokal exokardiografiya; transezofagial exokardiografiya) va MSKTning hajmli tekshiruvlari bilan birgalikda qilingandagi xarajatlar 1.440.700 so‘mni tashkil etadi. Ya’ni ilmiy tekshiruvdagi 22 ta bemorlarga faqatgina 640 kesimli MSKTning 3D rekonstruksiya rejimidagi tekshiruv amaliyotini bajarilishi etrali ma’lumot berib, bir bemor uchun 343.100 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi: ((hajmli MSKTning boshqa tekshiruvlari bilan qilingandagi xarajatlar) 1.440.700 so‘m – (640 kesimli MSKTning 3D rekonstruksiya rejimidagi tekshiruv xarajati) 1.097.600 so‘m = 343.100 so‘m. Xulosa: faqatgina 640 kesimli MSKTning 3D rekonstruksiya rejimidagi tekshiruv amaliyotini bajarilishi bir yilda byudjet mablag‘larini 4.803.400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2.744.800 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aorta anevrizmalari va disseksiyalarida endovaskulyar amaliyotlarning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 1.06.2023 yildagi № 480-sonli xat bilan yuborilgan;
endovaskulyar amaliyotan oldin, hajmli MSKT angigrafiyani oldindan to‘g‘ri o‘rganib bilish va TEVAR amaliyotini qadamma qadam bajarilishi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar xavfini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (1.06.2023 y.; № 478 ) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aortada endovaskulyar aralashuvlarning anevrizma va aorta diseksiyalari va uning asoratli kechishini davolashning konservativ va jarrohlik usullaridan qiyosiy jihatdan samaradorligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun hajmli MSKT diagnostika tekshiruvini to‘g‘ri o‘tkazishlishi (Total aorta) quyidagicha iqtisod bo‘lishga olib keldi – 1.097.600 so‘mga teng, ushbu diagnostik amaliyotni to‘g‘ri bajarilmagan holda o‘tkazilsa, qayta bajarilish xisobiga – 1.996.300 so‘mni takshil etadi (iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 898.700 so‘mni tashkil qildi). Xulosa: hajmli MSKT diagnostika amaliyotini stantdartlarga asoslanib o‘tkazilishi bir yilda byudjet mablag‘larini 12.581.800 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 7.189.600 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aorta anevrizmalari va disseksiyalarida endovaskulyar amaliyotlarning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 1.06.2023 yildagi № 480-sonli xat bilan yuborilgan;
TEVAR usulini muvaffaqiyatli amalga oshirishning zaruriy shartlaridan biri aorta kasalliklariga ixtisoslashgan markazlarda fanlararo jamoaviy yondashuv hisoblanishi aniqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (1.06.2023 y.; № 478 ) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TEVAR amaliyotlarining jamoaviy yondashuv asosida bajarilganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar (bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi va endoleak) oldi olindi; bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqardi; hayot faoliati o‘zgardi; mexnat faoliyati tiklandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TEVAR amaliyotining 1 nafar bemorga o‘rtacha davomiyligi 130±3,7daqiqani tashkil qiladi, qon yo‘qotilishi - 284,4±9,4 ml, kontrast moddaning o‘rtacha sarflangan miqdori 197,5±4,5ml ni tashkil etgan. Barcha endovaskulyar jarrohliklarning texnik yutug‘i 97,6% tashkil etgan. SF-TEVAR texnikasini muvaffaqiyatli amalga oshirilmagan tarzda boshqa endovaksulyar texnikalarni (paralell grafts; in-situ fenestration) qo‘llanilishiga majbur qiladi va yuqoridagi ko‘rsatgichlarga ko‘ra o‘rtacha xarajatlar 1 nafar bemor uchun 105.415.300 so‘mni tashkil etadi, ya’ni ushbu takomillashtirilgan SF-TEVAR texnikasini amaliyotga tadbiq qilinishi natijasida jami xarajatlar 71.415.300 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: takomillashtirilgan SF-TEVAR usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish hisobiga byudjet mablag‘larini 136.000.000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 68. 000.000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aorta anevrizmalari va disseksiyalarida endovaskulyar amaliyotlarning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 1.06.2023 yildagi № 480-sonli xat bilan yuborilgan;
TEVAR amaliyotini jamoaviy, shu jumladan intervension kardiologlar, kardiojarrohlar, rentgenologlar va qon-tomir jarrohlari bilan birgalikda amalga oshirishda ko‘rsatmalar va cheklovlarni tizimli ravishda ko‘rib chiqish, jarroxlik amaliyotini va natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (1.06.2023 y.; № 478 ) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: TEVAR amaliyotlarining jamoaviy yondashuvi asosida bajarilganligi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar (bosh miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishi va endoleak) oldi olindi; bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqardi; hayot faoliyati o‘zgardi; mexnat faoliyati tiklandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemorning shifoxonadagi davri uchun iqtisodiy kursatkich: bemorning shifoxonada qolish muddatini 12 kundan 8,5 kunga (3,5 kunga) qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdorini 1.087.800 so‘mga kamaytirdi (Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATMning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 310.800 so‘mni tashkil qiladi). Xulosa: 1 nafar bemorning shifoxonada qolish muddatini 3,5 kunga qisqarishiga olib kelishi hisobiga bir yilda o‘rtacha byudjet mablag‘larini 2.486.400 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 621.600 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aorta anevrizmalari va disseksiyalarida endovaskulyar amaliyotlarning taktik va texnik jixatlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligi “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 1.06.2023 yildagi № 480-sonli xat bilan yuborilgan;
aorta anevrizmasi va disseksiyalarida hajmli MSKT angiografiya algoritmiga ko‘ra diagnostikani takomillashtirilib, aortaning anatomik va topografik xususiyatlarini hisobga olgan holda yaqin va uzoq davrdagi muddat davomida stent-graft bilan bog‘liq bo‘lgan asoratlarni kamaytiradi va amaliyot jaryonini takomillashtiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (1.06.2023 y.; № 478 ) bilan markaz va uning filiallari klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asorat va xatolar sonini keskin kamaytirish; asaortalrning chastotasini kamaytirish orqali bemorlar endovaskulyar jarrohlikdan keyingi rebilitatsiya vaqti tez amalga oshadi va faol ijtimoiy va mehnt faoliyatiga qaytadilar; ushbu kasallika chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Aorta anevrizmasi va disseksiyalarida 1 nafar bemor uchun hajmli MSKT angiografiya algoritmiga ko‘ra diagnostikani 1mm kesimda bajarilsa 898.700 so‘mni tashkil etadi, va ushbu holdagi bemorlar uchun qilingan tekshiruv va tekshiruvdan keyingi davr qisqarishidan umumiy xarajatlar 40,5% ga kamaydi. Xulosa: Aorta anevrizmasi va disseksiyalari bilan kasallangan bemorlarda hajmli MSKT angiografik tekshiruvini to‘g‘ri tatqib etish natijasida bir yilda byudjet mablag‘larini 7.189.600 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 2.696.100 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: Aorta anevrizmasi va disseksiyalarida hajmli MSKT angiografiya algoritmiga ko‘ra diagnostikani takomillashtirilish usullari bo‘yicha ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 1.06.2023 yildagi № 480-sonli xat bilan yuborilgan.