Kayumov Arabbek Ravshanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aortal nuqsonlarini xirurgik davolashda, yuqoriga ko‘tariluvchi aortani ekzoprotezlash », 14.00.34 – Yurak-qon tomir xirurgiyasi (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib795.
Ilmiy raxbar: Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Skopin Ivan Ivanovich, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor; Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aortal klapan nuqsonlari va yuqoriga ko‘tariluvchan aortaning o‘rtacha poststenotik kengayishi (50 mm gacha) bo‘lgan bemorlarni optimal taktika va jarrohlik korreksiya usullarini ishlab chiqish yo‘li bilan jarrohlik usulida davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aortal klapanni protezlashdan keyin chap qorinchaning boshlang‘ich funksional ko‘rsatkichlari, aralashuv hajmi va aortal klapandagi bosim gradienti dinamik o‘zgarishlariga bog‘liq holda yuqoriga ko‘tariluvchi aortaning anevrizmatik kengayishi rivojlanishining patognomonik xususiyatlari aniqlangan;
noqulay kardiogen va nevrologik hodisalarning rivojlanish xavfini, shuningdek, aortal klapanni protezlash hamda ko‘tariluvchi aortani korreksiyalashning turli xil variantlaridan keyingi o‘lim holatini oshiruvchi spesifik omillar aniqlangan;
ko‘tariluvchi aortani ekzoprotezlashni aortal klapanni protezlash bilan birga amalga oshirish takroriy operatsiyadan erkinlik hamda yashovchanlikning besh yillik ko‘rsatkichlarining prognostik jihatdan ahamiyatli darajada ortib borishi bilan tavsiflanishi isbotlangan;
boshlang‘ich klinik va funksional ko‘rsatkichlarni hisobga olgan holda aortal nuqson va ko‘tariluvchi aortaning chegaraviy kengayishi bilan kasallangan bemorlarni davolashning optimal strategiyasini aniqlashga bo‘lgan yondashuvlarni ob’ektivlashtirishga ta’sir qiluvchi davo-tashxisot jihatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
«Akademik V.Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi» ekspert kengashining 2023 yil 7 iyundagi 2x/7 son xulosasiga ko‘ra (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM tomonidan ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga 07.06.2023y., №483 sonli xat yuborilgan):
orttirilgan yurak nuqsonlari, stenoz, yurak etishmovchiligi bilan stenozning tabiiy kechishi natijasida 100% holatlarda yuqoriga ko‘tariluvchi aortaning kengayishi sodir bo‘lishi aniqlangan. 82% holatlarda ushbu kengayish o‘rtacha 55 mm gacha bo‘lishi mumkin. Anevrizmatik o‘zgarishlar liniyali ko‘rsatkichlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismining chegaralangan  kengayishi bilan (40 dan 50 mm gacha) aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (01.06.2023y.; №484) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismi kengayishi bilan kechuvchi aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashga yondashuvni individuallashtirish; aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi  qismini korreksiyalashda  asoslanmagan  radikallik – keskinlikni oldini olishga imkon berishi orqali davo taktikasini optimallashtirish; yaqin va uzoq davr davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini keskin kamaytirish; asoratlarning chastotasini kamaytirish natijasida bemorlarning   operatsiyadan oldingi va keyingi davr reabilitatsiya vaqti tezroq amalga oshadi, hamda faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga qaytadilar; ushbu kasallikka chalingan bemorlarning hayot sifatini yaxshilash. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: anevrizmatik o‘zgarishlar liniyali ko‘rsatkichlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismining o‘rta darajadagi  kengayishi bilan (40 dan 50 mm gacha) kechuvchi  aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash algoritmi ishlab chiqildi,  natijada bemorlarda diagnostik va davo taktik xususiyatlari aniqlanib,   operatsiyadan oldingi va keyingi davrlar qiskarishiga erishilgan. Bunda ekzoprotezlash metodikasini bajarish uchun kontrastli MSKT usulida aorta diametrlarini bir necha segmentlarda baholash amalga oshiriladi, bular: braxiotsefal o‘zak quyilish qismi;  yuqoriga ko‘tariluvchan aorta; sinotubulyar birikma; aorta ildizi. Uchta proeksiyada maksimal darajada  aniq va to‘g‘ri o‘lchash uchun OsiriXLite 7.0.4 (SwissQuality DICOM Viewer, Shveysariya) dasturiy ta’minotidan foydalanilgan, asosiy vazifa ekzoprotezlashning optimal o‘lchamini aniqlashdir. Bunda mazkur usul yordamida tashxislash uchun 638 000 so‘m mablag‘ sarflansa, mazkur patologiyali xolatlar diagnostikasi odatda kontrastli MSKT amaliyoti bilan boshqa usullar yordamida umumiy 1 100 000 so‘m mablag‘ sarflanadi. Bunda iqtisod qilinadigan summa 462 000 so‘mni tashkil etadi ( 1 100 000 so‘m (Odatda kontrastli MSKT amaliyoti bilan boshqa usullar yordamida umumiy summa) – 638 000 so‘m (Taklif etilgan usul yordamida tashxislash summasi) = 462 000 so‘m). Mazkur taklif etilgan algoritmli tashxislash yordamida 1 bemor uchun 462 000 so‘m iqtisod qilinsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 4 620 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM, preyskurantiga ko‘ra). Yillik byudjet mablag‘laridan 3 696 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 924 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aortal nuqsonlarni xirurgik davolashda, yuqoriga ko‘tariluvchan aortani ekzoprotezlash” bo‘yicha ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023 y № 483 sonli xat yuborilgan;
suprakoronar protezlash va aortal klapanni protezlashdan  keyin asoratlar rivojlanish xavfini oshiradigan asosiy omillari, bemorning reanimatsiya  va intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish vaqti, operatsiyadan keyin qo‘shimcha intraoperatsion muolajalarning  bajarilishi natijasida yuzaga keladigan xavfli asoratlar: insul`t yoki tranzitor ishemik xurujning rivojlanishi darajasi qiyosiy taxlilda aniqlangan bo‘lib, mazkur patologiyali xolatlarda jarroxlik amaliyoti natijalarini prognozlash va davolash imkonini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM bo‘yicha buyrug‘i (01.06.2023y.; №484) bilan markaz va uning hududiy filiallari bo‘limlari amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarrohlik amaliyoti jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yuqori asorat, ya’ni insul`t yoki tranzitor ishemik xurujning rivojlanish ehtimolini oldindan ko‘ra bilish; olingan ma’lumotlarga ko‘ra salbiy hodisalar rivojlanishi uchun xavf guruhini aniqlash; ushbu asoratlar kuzatilgan bemorlarning hayot tarziga qisqa muddatda qaytarish; bemorlarda tashxislash va jarrohlik amaliyotidan keyingi muddatlarini qisqartirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ExoKG va MSKT ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiyadan keyingi erta va uzoq muddatli davrlarda deformatsiyaning mavjud emasligi va aortaning intraliminal burmalarining shakllanishi tasdiqlangan. Ekzoprotezlash metodikasi anastomozlar bajarish zarur emasligi hisobiga miokard ishemiyasi vaqtini qisqartirishga imkon berdi, bu esa operatsiya vaqtida kam jarohatlanishga sabab bo‘ladi. Buning natijasida sun’iy qon aylanishning davomiyligi suprakoronar protezlash (SP) + aortal klapan protezlash (AKP)  guruhida (nazorat guruhi) o‘rtacha 152.68±48.87 daqiqani tashkil etadi (ko‘rsatkichlar 124 dan 172 daqiqagacha o‘zgarib turadi), bu ekzoprotezlash  + AKP guruhiga qaraganda ancha ko‘p, bunda ushbu ko‘rsatkich guruhlar o‘rtasidagi statistik farq bilan o‘rtacha 96.62±32.49 daqiqani (68 dan 120 daqiqagacha) tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, aorta okklyuziyasining davomiyligi (OA) SP + AKP guruhda o‘rtacha  114.33±29.26 daqiqani (94 dan 131 daqiqagacha) tashkil etadi, bu ham ekzoprotezlash  + aortal klapan protezlash guruhga nisbatan statistik jihatdan ko‘proq, bunda OA - aorta okklyuziyasining davomiyligi o‘rtacha  72.28±24.34 daqiqani (52 dan 91 daqiqagacha) tashkil qiladi. Bular natijasida bemorning operatsiya davri qisarishi xisobiga 1 bemor uchun o‘rtacha xisobda 5 318 400 so‘m mablag‘ iqtisod qilinishga olib keladi, ya’ni: SP + AKP amaliyoti bajarilgan guruhda operatsiya davrida qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 42 457 000 so‘m, ekzoprotezlash  + aortal klapan protezlash amaliyoti bajariladigan guruhda o‘rtacha umumiy  xarajatlar: 38 538 000 so‘m, (SP + AKP amaliyoti bajarilgan guruhda operatsiya davrida qilingandigan o‘rtacha umumiy  xarajat) 42 457 000 so‘m – (ekzoprotezlash  + aortal klapan protezlash amaliyoti bajariladigan guruhda o‘rtacha umumiy  xarajat) 38 538 000 so‘m = 3 919 000 so‘m (iqtisod qilinadigan summa)), bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 39 190 000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Yillik byudjet mablag‘laridan 27 433 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 11 757 000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aortal nuqsonlarni xirurgik davolashda, yuqoriga ko‘tariluvchi aortani ekzoprotezlash” bo‘yicha ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023 y № 483 sonli xat yuborilgan;
ko‘tariluvchi aortaning kengayishi bilan kechuvchi  aortal klapan nuqsonlarida  aortaning yuqoriga ko‘tarilgan qismini mustahkamlashning barcha mumkin bo‘lgan usullarini o‘z ichiga olgan  operatsiyalarni bajarishning texnologik kartasi ishlab chiqilgan bo‘lib, operativ taktik jihatlarning o‘zgarishi hisobiga yuqoriga ko‘tariluvchi aortaning  o‘rta darajadagi kengayishi bilan kechuvchi aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning natijalari yaxshilandi, bu esa asoratlar rivojlanishi chastotasini kamaytirib besh yillik yashovchanlikning ortishi va qaytadan operatsiyalar sonini kamayishiga va bemorlarning umri davomiyligini ortishi, hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (01.06.2023 y.; № 484)  bilan   markaz klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taktik jihatlarning o‘zgarishi hisobiga ko‘tariluvchi aortaning  o‘rta darajadagi kengayishi bilan kechuvchi aortal klapan nuqsonlarini taklif etilgan jarrohlik yo‘li  davolashning konservativ va  boshqa jarrohlik usullaridan qiyosiy jihatdan samaradorligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: quydagilardan iborat: suprakoronar protezlash + aortal klapan protezlash guruhi (nazorat guruhi)dagi bemorlarda 60 oygacha bo‘lgan muddatda qaytadan operatsiya qilishdan xalos bo‘lish 92% ni tashkil qiladi, ekzoprotezlash  + AKP guruhi (tekshiriluvchi guruh)da esa 98,0% ni tashkil etdi (r=0.204); kasallarning yashab ketish ko‘rsatkichi esa SP + AKP guruhda 84% ni, ekzoprotezlash  + AKP guruhida 96% ni tashkil etib, tekshiriluvchi guruhdan sezilarli darajada past bo‘ldi. Aorta ko‘tariluvchi qismi o‘rta daraja kengayishi bilan kechuvchi aortal klapan nuqsoni bo‘lgan bemorlarda o‘lim ko‘rsatkichlari 16% dan 7 % ga (Kaplan-Meier) kamaygan bo‘lsa, qayta operatsiyadan ozod bo‘lishi 92 % dan 98 % ga (Kaplan-Meier) oshdi. Agarda yuqoridagi taklif etilgan usulda ob’ektiv yondashuv asosida aortaning yuqoriga ko‘tariluvchi qismining 50 mm gacha o‘rtacha kengayishi bilan aortal klapan nuqsonlarini korreksiyalashning asosiy usuli qo‘llanilsa: Aorta kengayishi o‘rta darajada bo‘lgan davrda erta xirurgik davo qo‘llash  natijasida sarf - xarajatlarning kamayishi, asosan tomir protezini qo‘llashni istisno etish natijasida (1 dona protez qiymati 12 000 000 so‘m) bir bemordan 12 000 000 so‘m iqtisod qilinadi. Bemorlarning ushbu kategoriyasida davolashda ratsional yondashuv natijasida bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish davri 2 marta kamaydi, bu o‘z navbatida reanimatsiya davrini 2 kundan 1 kungacha tushiradi va bunda 1 bemorda reanimatsiya davridagi qo‘shimcha sarf xarajatlari bilan birga 1 113 000 so‘m iqtisod qilishga erishildi. (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra 1 kunlik reanimatsiya xarajatlari 1 113 000 so‘m.). Ushbu amaliyot to‘g‘ri bajarilishi xisobidan 1 bemor uchun iqtisod qilinadigan miqdor 13 113 000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). (Bunda umumiy iqtisodiy samaradorlik 1 bemor uchun 13 113 000 so‘mni tashkil qildi). 1 yilda esa 7 bemor uchun 91 791 000 so‘m iqtisod qilinadi. Yillik byudjet mablag‘laridan 73 432 000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 18 350 200 so‘m miqdorda iqtisod qilindi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: “Aortal nuqsonlarni xirurgik davolashda, yuqoriga ko‘tariluvchi aortani ekzoprotezlash” bo‘yicha ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM direktori tomonidan 01.06.2023 y № 483 sonli xat yuborilgan;
taktik jihatlarning o‘zgarishi hisobiga ko‘tariluvchi aortaning  o‘rta darajadagi kengayishi bilan kechuvchi aortal klapan nuqsonlari jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalari yaxshilanadi;  bu esa o‘z navbatida mazkur patologiyalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar rivojlanish chastotasi  va bemorlarning reanimatsiya bo‘limida qolish muddatini kamaytirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar “Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM markazi bo‘yicha buyruq (01.06.2023 y.; № 484)  bilan   markaz klinik amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: aortal klapan nuqsonlarini jarrohlik usuli bilan davolashda  ushbu turkumdagi bemorlarni optimal, individual davolashni ta’minlash imkonini beruvchi takrorlanadigan yondashuv usuli taklif etilishi sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar oldi olindi; bemorlar reabilitatsiya vaqti qisqardi; hayot faoliyati o‘zgardi; mehnat faoliyati tiklandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: operatsiyadan keyingi erta davrda reanimatsiya ko‘rsatkichlarini taqqoslanganda qo‘yidagi ma’lumotlar olingan. Bunda sun’iy nafas berish (IVL) davomiyligi SP + AKP guruhida o‘rtacha 20.58±8.05 soatni (15 dan 23 soatgacha) va ekzoprotezlash + AKP guruhida 15.7±9.65 soatni (11 dan 18 soatgacha) tashkil etgan. Shu bilan birga uzoq muddatli sun’iy nafas berish vaqtini tez-tez qo‘llash zarurati holatlari SP + AKP guruhga (95%) qaraganda ekzoprotezlash  + AKP guruhda kamroq bo‘ldi. SP + AKP guruhida uzoq davr davomida 11% holatda  Val`sal`va sinusi diametrining kattalashishi aniqlangan, bunda ekzoprotezlash  + AKP guruhda ushbu ko‘rsatkich 0,0% ga teng bo‘ldi. Yuqoridagi ko‘rsatgichlar asosida qo‘yidagi iqtisodiy natijalarga erishildi, bunda: 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgichi: Bemorlarning ushbu kategoriyasida davolashda ratsional yondashuv natijasida bemorlarning reanimatsiyada bo‘lish davri 2 marta kamaydi, o‘z navbatida reanimatsiya davri 2 kundan 1 kungacha tushib, sarf xarajatlardan xam qo‘shimcha iqtisod qilishga erishildi. 1 kunlik reanimatsiya xarajatlari 1 113 000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DMning preyskurantiga ko‘ra). Bemorlarning shifoxonada qolish mudatini o‘rtacha 15 kundan 10 kunga ya’ni 5 kunga qisqarishi natijasida 1 bemorga to‘lanadigan to‘lov 1.523.500 so‘mga kamayadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DMning preyskurantiga ko‘ra, shifoxonada 1 kun qolish 304.700 so‘m.). Ushbu guruhdagi bemorlarni davolashdagi individual ratsional yondashuv natijasida odatdagi davolash taktikasiga nisbatan har bir bemordan o‘rtacha 2 636 500 so‘m iqtisodiy samardorlikka erishish imkonini beradi. 1 yilda o‘rtacha 10 ta bemor uchun 26 427 000 so‘mni tashkil qiladi. Yillik byudjet mablag‘laridan 18 498 900 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 7 928 100 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish