Teshaev Azamat A’zamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini bashorat qilishning immunopatogenetik jihatlari», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya; 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2PhD/Tib968.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc); Asilova Saodat Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Musoxadjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor; Novikov Konstantin Igorevich, tibbiyot fanlari doktori (Rossiya Federatsiyasi).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Bilak suyaklari distal uchidan sinishlarining klinik va immunopatogenetik kechish xususiyatlarini inobatga olib tashxislash va davolash usullariga differensial yondashuv orqali davo natijalarini yaxshilashdan iborat bo‘lgan.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bilak suyaklarining distal oxiridan singan bemorlarda jarrohlik usulida davolashdan keyingi suyak bitishini immunonologik tahlillar asosida prognostik tahlil qilishga asoslangan;
bilak suyaklari distal oxiridan sinishlarini tashxislash va davolash uchun algoritmi asosida adekvat davo taktikasini tanlash va kompleks davolashni aniqlash asoslangan;
bilak suyaklari distal oxiridan singan bemorlarda suyak bo‘laklarini barqaror funksional repozisiya qilishda yordam beruvchi qurilma ishlab chiqilgan bo‘lib, bu qurilma suyak bo‘laklarini kam jarohatli, qisqa muddatda va oson osteosintez qilishga yordam bergan, bilak kaft bo‘g‘imi funksional holatining erta tiklanishiga imkon berishi aniqlangan;
an’anaviy jarrohlik amaliyotlari bajarilgan bilak suyaklari distal oxiridan singan bemorlar immunologik tahlil natijalarida IL-1β va VEGFA ning keskin o‘sishi va β FGF ning pasayishi, yallig‘lanish jarayoni bilan davolanish sust bo‘lgan bemorlarda sitokinlar natijalarining mos kelmasligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 30 mart №23-z/016 son xulosasiga ko‘ra:
bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini tashhislash va jarrohlik davolash taktikasini tanlash dasturi taklif etilgan bo‘lib, bu sinishning tabiati va murakkabligini to‘liq aniqlashga, shuningdek ratsional jarrohlik davolash taktikasini tanlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bilak suyaklarining distal oxiridan sinshlarini tashxislash va davolash taktikasini tanlash ishlab chiqilgan dastur Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.02.2022 y.; №9) - hamda, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.02.2022 y.; № 12) – bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan tashhislash va jarrohlik davolash taktikasini tanlash dasturidan foydalanish, bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini tashxislash va davolash sifatini yaxshilandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini o‘tkir davrida bemordagi jarohatning erta klinik belgilari va rentgenologik tekshiruv natijalari tahlili asosida ushbu bemorlarni davolash guruhlariga saralagan holda, ular uchun eng samarali bo‘lgan davo taktikasi tanlash orqali bemorlarda noto‘g‘ri davo taktikasini tanlash oqibatida qayta davolashni oldini olgan holda, ya’ni boshqa davolanish usulidan foydalanmaslik hisobiga iqtisod qilindi. 2) bilak suyaklari distal oxiridan singan bemorlarni erta davrida tashxislash va uni klinik tahlil qilish travmatolog va ortopedlar tomonidan aniqlanadi, ya’ni unga maxsus malaka oshirgan shifokorlarning keragi yo‘qligi isbotlanib, ortiqcha sarf xarajatlar bilan yangi kadr tayyorlashni shart emasligi hisobiga iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: bilak suyaklari distal oxiridan singan bemorlarni taxislash va samarali davo taktikasini tanlash dasturi ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 280 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 95 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanshi: “Bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini bashorat qilishning immunopatogenetik jihatlari” mavzusidagi ilmiy yangilikarni boshqa sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2022 yil 28 noyabrdagi 04 № 7190 – son xat yuborilgan.
ishlab chiqilgan tashxislash va davo taktikasini tanlash algoritmiga ko‘ra, klinik tekshiruv va rentgenografiya, MSKT ma’lumotlari to‘plangandan so‘ng, bemorlardagi jarohatning og‘irligi, xususiyati va suyak bo‘laklarining siljish xarakteriga ko‘ra 4 turga bo‘lindi va kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olgan holda ularni har biri uchun tegishli davo taktikasini qo‘llagan holda, operatsiyadan keyingi davrni silliq o‘tishi, yotoq kunini qisqartirib, bitish jarayonini tezlashtirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bilak suyaklarining distal oxiridan sinshlarini tashxislash va davolash taktikasini tanlash ishlab chiqilgan dastur Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.02.2022 y.; №9) - hamda, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.02.2022 y.; № 12) – bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bilak suyaklari distal oxiridan sinishlarini davo taktikasini tanlash algoritmi orqali jarohatning erta davrida to‘g‘ri tashxislash orqali davo taktikalari asoratlarni kamayishiga 33(25%) erishilgan; bilak suyaklari distal oxiridan siningan bemorlar birlamchi repozisiya qilish va immobilizatsiya qilish qonun qoidalariga (mahalliy anesteziya, birlamchi yopiq repozisiya, gipsli bog‘lama bilan immobilizatsiya) rioya qilgan holda, bir shifoxonadan ikkinchi bir shifoxonaga o‘tkazishda asoratlarni oldini olishga erishilgan; bilak suyaklari distal oxiridan singan bemorlar birinchi 3 sutkasida to‘g‘ri immobilizatsiya qilgan holda gospitalizatsiya qilish (73.5%) natijasida davolash sifati yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Bilak suyaklarining distal uchidan sinishlarini algoritm asosida gospitalizatsiya qoidalariga amal qilgan holda davo taktikasini tanlashda: bemorning shifoxonada qolish muddatini 11 kundan 5 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 900 ming so‘mga kamaytirgan (RPM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 150.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 75 000 so‘m dori vositalari sarflangan); Xulosa: bilak suyaklari distal oxiridan sinishlarni bo‘lgan bemorlarni davolash taktikasini tanlashda tashxislash tadbirlarini to‘g‘ri o‘tkazish va ushbu bemorlarni birlamchi repozisiya va immobilizatsiya paytida yo‘l qo‘yilgan qator kamchiliklar natijasida noto‘g‘ri repozisiya 12(9%), kegaylarning migratsiyasi 6(4.6%), kabi kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlari aniqlanib, bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqilib, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 900 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 83 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanshi: “Bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini bashorat qilishning immunopatogenetik jihatlari” mavzusidagi ilmiy yangilikarni boshqa sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2022 yil 28 noyabrdagi 04 № 7190 – son xat yuborilgan.
taklif qilingan qurilmadan foydalanish samaradorligi isbotlangan, bu bilak suyaklari distal oxiridan sinishlarida jarrohlik amaliyoti davomida suyak bo‘laklarini texnik qiyinchiliklarsiz funksional ravishda repozisiya qilish va bilak-kaft bo‘g‘imini erta faollashuvi imkonini berganligi ko‘rsatib berilgan, jarrohlik amaliyotidan keyingi asoratlarga sababchi omillarni kamaytirish orqali statsionar yotoq kunini qisqartiradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bilak suyaklarining distal oxiridan sinshlarini tashxislash va davolash taktikasini tanlash ishlab chiqilgan dastur Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.02.2022 y.; №9) - hamda, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.02.2022 y.; № 12) – bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ushbu taklif qilinayotgan usulda jarrohlik amaliyoti 63 nafar asosiy guruh bemorlarida bajarildi. Barcha klinik holatlarda amaliyot vaqtida, amaliyotdan keyingi nazorat davrlarida asoratlar kuzatilmadi. Ishlab chiqilgan qurilma jarrohlik amaliyoti yaxshi sifatini oshiradi, konstruksiyaning oddiyligi tufayli jarrohlik amaliyoti davomiyligi qisqaradi. Qurilmani sterilizatsiya qilish odatiy usulda, boshqa jarrohlik instrumentlari kabi, ya’ni quruq issiqli shkafda amalga oshiriladi. Qurilma foydalanishi nuqtai nazaridan sodda va qo‘llashda qulay, hamda bilak va kaft suyaklari sinishlarida o‘choqdan tashqari osteosintezi sifatini oshirgan, suyak va yumshoq to‘qimalar uchun kam jarohatli hisoblanadi. Travmatologik amaliyotida keng miqyosda qo‘llashga tavsiya etiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1) bemorning shifoxonadagi yotoq davri uchun: bemorning shifoxonada qolish muddatini 7 kundan 4 kungacha kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori taxminan 690 ming so‘mga kamaytirgan (O‘ZTOIATM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 230.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); reabilitatsiya xarajatlarini kamaytiradi (1 kunga o‘rtacha reabilitatsiya uchun ishlatiladigan 35.000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan travmatologiya va ortopediya bo‘limida) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etiladi. Xulosa: Bilak suyaklari distal oxiridan sinishlarini operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda asoratlarga olib keluvchi omillarni erta bartaraf etish chora tadbirlari ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 1 140 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 700 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanshi: “Bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini bashorat qilishning immunopatogenetik jihatlari” mavzusidagi ilmiy yangilikarni boshqa sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2022 yil 28 noyabrdagi 04 № 7190 – son xat yuborilgan.
an’anaviy jarrohlik aralashuvi usullari bajarilgan bilak suyaklarining distal oxiridan singan bemorlarda sitokinlarning natijalariga mos ravishda, IL-1β va VEGF A keskin o‘sishi va βFGF pasayishi bilan ajralib turishi isbotlangan bo‘lib uning asosida bemorlar siniqlarini bitishini tegishli jarrohlik usullariga bog‘liq holda bashorat qilish imkoninini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: bilak suyaklarining distal oxiridan sinshlarini tashxislash va davolash taktikasini tanlash ishlab chiqilgan dastur Buxoro viloyati, Kogon shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (26.02.2022 y.; №9) - hamda, Buxoro shahar tibbiyot birlashmasi bo‘yicha buyruq (16.02.2022 y.; № 12) – bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Bilak suyaklari distal uchidan sinishlarining o‘tkir fazasida qon zardobidagi IL-1β va VEGF A ning mos ravishda 2,92 va 3,71 baravarga ishonarli darajada oshishi va β FGF ning 2,94 baravarga statistik jihatdan ahamiyatli pasayishi aniqlandi va ushbu holat kasallik kechishi yakuni istiqbolini belgilash uchun xarakterli bo‘ldi. S-reaktiv oqsilning nazorat guruhiga nisbatan 20,23 martaga oshishi yallig‘lanish jarayoni kechish darajasini aniqlash imkonini berdi. Har uchala sitokin va S-reaktiv oqsil yallig‘lanish jarayoni rivojlanish darajasini aniqlash imkonini beruvchi diagnostik, davolash samaradorligini ko‘rsatuvchi, kasallik yakuni istiqbolini belgilovchi prognostik mezonlar sifatida ham tavsiya etildi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat 1) bilak suyaklari distal oxiridan singan bemorlar o‘tkir davrida samarali va bezarar tekshiruvlardan immmunologik tekshiruv usuli, bemorlar uchun mutlako og‘riqsiz usul bo‘lib, iqtisodiy jihatidan kam xarajatli bo‘lishiga xizmat qiladi: bemorlar jarohatining 3-, 6-, va 11-kunlari pereferik kon tomiridan olingan qondan immunologik tahlil olib borildi; suyak bitishini bashorat qilish uchun boshqa ortiqcha tekshiruv usullaridan foydalanish zarurati yo‘qligi xisobiga sarf xarajatlarni 24.5% kamatirish imkonini beradi; 2) bilak suyaklari distal oxiridan sinishlarini jarrohlik usulida bitishini bashorat qilish uchun qo‘llanilgan immunologik usul kam xarajat va samarali tekshiruv usullaridan foydalanilishi hisobiga ko‘p xarajatli tekshuruv usullarini talab qiluvchi boshqa diagnostik usullarini qo‘llash sarf xarajatlarni kamaytiradi: immunogramma yordamida bilak suyaklari distal uchidan singan bemorlar suyak bitishi uchun eng optimal jarrohlik usuli 130(100%) bemorda bashorat qilinib va bu o‘z navbatida vaqtni tejab, samaradorlikni oshirdi; bilak kaft bo‘g‘imi sinig‘i 130(100%) bemorda rentgen osteodensitometriya usulini qo‘llashda vaqtni va xarajatni tejab, samaradorlikni 87.6% ga oshiradi. Xulosa: bilak suyaklari distal uchidan singan bemorlar jarrohlik usulari natijalarini bashorat qilish uchun yuqorida keltirilgan tekshiruv usullaridan foydalanish 63 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 14 490 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 3 528 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanshi: “Bilak suyaklarining distal oxiridan sinishlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini bashorat qilishning immunopatogenetik jihatlari” mavzusidagi ilmiy yangilikarni boshqa sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor tomonidan 2022 yil 28 noyabrdagi 04 № 7190 – son xat yuborilgan.