Xajieva Dilfuza Adambaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“Erkin Vohidovning folklorizmlardan foydalanish mahorati”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Fil1961.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘ayipov Dilshod Qadambaevich, filologiya fanlari  doktori (DSc).
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Orazimbetov Kuanishboy Kelimbetovich, filologiya fanlari doktori, professor; Otajanova Manzura Omanboevna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ulug‘ shoir Erkin Vohidovning folklorizmlardan foydalanish mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
folklor janrlari yozma adabiyot namunalarining xalqchilligini ta’minlashga xizmat qilgani, ularda milliylikning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor berilgani, bu vositalar erkinona uslubning shakllanishiga asos bo‘lgani dalillangan;
Erkin Vohidov aruz vaznining turli janrlaridagi she’rlarida ham xalq ijodiyoti namunalaridan samarali foydalangani, ayrim she’rlarida xalq maqollarining o‘zini sarlavha sifatida tanlab, misralarda uning mohiyatini to‘laqonli ifodalashga erishgani, barmoq vaznidagi she’rlarida afsonaviy qahramonlar, marosim folklori namunalarini shunchaki zo‘rma-zo‘rakilik bilan emas, ularni izlab topib, ijodiy yondashib, xalq dardi, orzu-umidlari bilan uyg‘unlashtirib, yangi ifodalar yaratgani asoslangan;
Erkin Vohidov folklordan ilhomlanib, ijtimoiy muammolar bilan yo‘g‘rilgan “Oltin devor” komediyasini yaratish orqali o‘zbek millatiga xos bo‘lgan milliylik, samimiylik, imon-e’tiqod, haromdan hazar qilish kabi insoniy fazilatlarni kengroq tasvirlagani hamda inson qadri oldida oltin ham qiymatsiz ekanligi badiiy gavdalantirilgani asoslab berilgan.
Shoir “Ruhlar isyoni”, “Nido”, “Orzu chashmasi” kabi dostonlarida folklorning afsona, rivoyat, ertak, doston janrlariga xos xususiyatlar, gul, o‘t, suv, shamol, havo, er kabi atributlar, alla, mif kabi kichik qadimiy janrlarni sintezlagan holda, o‘z badiiy mahoratini namoyon qilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Erkin Vohidovning folklorizmlardan foydalanish mahorati” mavzusidagi tadqiqot ishi bo‘yicha olingan  ilmiy natijalardan: 
zamonaviy o‘zbek she’riyati va folklor munosabati masalasi adabiyotshunoslikning yangi yutuqlari    asosida o‘rganilib, folklor vositalarining hozirgi adabiyotdagi o‘rni hamda o‘rganilishi, folklorizmlardan foydalanish yo’nalishi yangi qarashlar asosida tadqiq etilgani xususidagi dissertatsiya xulosalaridan 2021–2022-yillarda amalga oshirilgan IL-402104155-raqamli “Haft shuaro” majmuasini o‘rganish orqali “XIX asr Xorazm vohasining milly-ma’naviy merosini tadqiq qilish va (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron loyihasini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2023-yil 3-apreldagi 405-son ma’lumotnomasi). Folklor janrlari yozma adabiyot namunalarining xalqchilligini ta’minlashga xizmat qilishi, ularda milliylikning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratilishi, bu vositalar erkinona uslubning shakllanishiga asos bo‘lgani oydinlashtirilgan ilmiy natijalar adabiyot nazariyasi  uchun zarur degan xulosaga kelingan;
Erkin Vohidov aruz vaznidagi sheʼrlarida ham xalq ijodiyoti namunalaridan samarali foydalangani, ayrim sheʼrlarida xalq maqollarining o‘zini sarlavha sifatida tanlab, misralarda uning mohiyatini to‘laqonli ifodalashga erishgani, barmoq vaznidagi sheʼrlarida afsonaviy qahramonlar, marosim folklori namunalarini shunchaki zo‘rma-zo‘rakilik bilan emas, ularni izlab topib, ijodiy yondashib, xalq dardi, orzu-umidlari bilan uyg‘unlashtirib, yangi ifodalar yaratgani  to‘g‘risidagi xulosalardan 2017–2020-yillarda amalga oshirilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqoti loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 3-apreldagi 153/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, shoir aruz va barmoq vaznidagi she’rlarida folklorizmlarni o‘ziga xos uslubda qo‘llay olgani ilmiy dalillangan;  
Erkin Vohidov folklordan ilhomlanib, ijtimoiy muammolar bilan yo’g‘rilgan “Oltin devor” komediyasini yaratish orqali o‘zbek millatiga xos bo‘lgan samimiylik, iymon-eʼtiqod, haromdan xazar qilish kabi insoniy fazilatlarni kengroq tasvirlagani hamda inson qadri oldida oltin ham qiymatsiz ekanligi badiiy gavdalantirilgani, bir nechta dostonlarining badiiy va g‘oyaviy jihatdan mukammallik kasb etgani oydinlashtirilgani  kabi xulosalardan 2012–2016-yillarda amalga oshirilgan FA-043429-raqamli “Qoraqalpoq folklori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” mavzusidagi amaliy  loyihasining nazariy qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 3-apreldagi 155/1-son ma’lumotnomasi). Shoirning “Oltin devor” komediyasi, “Ruhlar isyoni”, “Nido”, “Orzu chashmasi” kabi dostonlarida folklorning afsona, rivoyat, ertak, doston janrlariga xos xususiyatlar, gul, ot, suv, shamol, havo, er kabi atributlar, alla, mif kabi kichik qadimiy janrlar sintezlangani ifodalangan natijalar adabiyotshunoslik uchun juda zarur, degan xulosaga kelingan;
Erkin Vohidovrning bir nechta dostonlaridagi xalq og‘zaki ijodiga xos obraz, g‘oya, uslub masalalari o‘rganilganligi to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanalining “Assalom, Xorazm” ko‘rsatuvi ssenariylarida foydalanilgan (Xorazm viloyat teleradiokompaniyasining 2023-yil 14-apreldagi 373-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarning Erkin Vohidov ijodi bo‘yicha bilimlari, shoirning  folklorizmlardan foydalanishdagi mahorati yuzasidan tasavvurlari boyishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish