Ikromov Muhammad-Anasxon Xakimjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirish (“Muhandislik kompyuter grafikasi” fani misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at va muhandislik grafikasi) (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2167.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Komiljon Maxmudovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Sulaymonov Asqarali Payg‘amovich, pedagogika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim; Kamolov Baxodir Asomovich, geografiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining badiiy ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy grafik faoliyatining amaliy ko‘rinishlari (loyihalash, konstruksiyalash) va komponentlari (differensial, kommunikativ, intellektual, moslashuvchan) mazmuni dinamik virtual modellashtirish hamda 3D chop etish texnologiyalarni maqsadli qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
“Muhandislik kompyuter grafikasi” ta’limiga integrativ yondashuv asosida talabalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning mavjud didaktik imkoniyatlari “Active learning” (faol ta’lim) muhitini yaratish va virtual laboratoriyada mahsulotni realizatsiya qilish ko‘rinishidagi raqamli faoliyat imitatsiyasi yordamida loyihalashtirishning pedagogik va raqamli vositalarini aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli mazmuni “Artefact-generated learning” (artefaktlarni yaratish uchun raqamli vositalardan foydalanish), “Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy” ta’lim metodlarini uzlyuksizlik, tizimlilik, innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
o‘quv mashg‘ulotlariga dinamik 3D modellashtirishni integratsiyalash asosida talabalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllanganlik darajalari (reproduktiv, produktiv, ilmiy izlanishli, kreativ, professionalism)ni tashxislash mazmuni, aniqlash mezon va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilib, ob’ektiv baholash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy grafik faoliyatining amaliy ko‘rinishlari va komponentlari mazmuni dinamik virtual modellashtirish hamda 3D chop etish texnologiyalari asosida takomillashtirishga doir takliv va tavsiyalaridan Tasviriy san’at va muhandislik grafukasi yo‘nalishi talabalari uchun “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami - 388-095) Natijada, Natijadan ta’lim jarayonida foydalanish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarning raqamli va texnologik kompetentligini rivojlantirish imkonini bergan;
“Muhandislik kompyuter grafikasi” ta’limiga integrativ yondashuv asosida talabalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning mavjud didaktik imkoniyatlari “Active learning” muhitini yaratish va virtual laboratoriyada mahsulotni realizatsiya qilish ko‘rinishidagi raqamli faoliyat imitatsiyasi yordamida loyihalashtirishning pedagogik va raqamli vositalarini aniqlashtirilgan va talabalarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish modeli ishlab chiqilgan hamda uning pedagogik mazmuni “Artefact-generated learning”, “Case study”, “Blended learning”, “Classic couple strategy” ta’lim metodlarini uzlyuksizlik, tizimlilik, innovatsionlik tamoyillariga ustuvorlik berish asosida qo‘llash orqali
takomillashtirishga doir takliv va tavsiyalaridan Tasviriy san’at va muhandislik grafukasi yo‘nalishi talabalari uchun “Muhandislik kompyuter grafikasi” fanidan o‘quv qo‘llanma tayyorlangan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 25 noyabrdagi 388-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami - 388-095) Natijada, “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni oshirilgan;
O‘quv mashg‘ulotlariga dinamik 3D modellashtirishni integratsiyalash asosida talabalarning badiiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllanganlik darajalari (reproduktiv, produktiv, ilmiy izlanishli, kreativ, professionalism)ni tashxislash mazmuni, aniqlash mezon va ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan hamda ob’ektiv baholash tizimi takomillashtirishga oid amaliy takliflaridan Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan 2019-2021-yillarga mo‘ljallangan I-OT-2019-8-raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining tabiiy (fizika va biologiya) fanlari uchun yangi avlod elektron o‘quv metodik qo‘llanmalarini yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” mavzusidagi grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 25-yanvardagi ma’lumotnomasi). Natijada “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi talabalarining badiiy-ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish imkoni oshirilgan;