Bayjonov Furqat Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslari», 13.00.09 – Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3299.
Ilmiy rahbar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Ismailova Zuhra Karabaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirova Feruza Usmanovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada gender madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada shaxslararo munosabatlarda gender stereotiplarni «gender munosabatlarni barqarorlashtirish» texnologiyasi orqali farzandlarda «gender madaniyat», «genderga oid tabiiy xususiyat», «shaxsning teng imkoniyatlari» kabi omillarni sibling munosabatlarida namoyon bo‘lishi dalillangan;
oilalarda gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik
shart-sharoitlariga ko‘ra, «pedagogik vaziyatlar», «avlodlarni ma’naviy tajribasi» va «liberal feministik» metodlar yordamida o‘smirlarni tasavvuridagi gender rollarni to‘g‘ri shakllantirish asoslangan;
milliy-etnik, sinfiy stereotiplarda «gender pariteti» va «gender asimmetriya» tushunchasini saqlanishi, gender paradigma asosida inson xulq-atvorini buzilishi, kognitiv jarayonlarda shaxsning teng imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarga antipatiyani paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi aniqlangan;
oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida «gender integratsiya», «qadriyatlar sandig‘i» va «tarbiyasi» texnologiyalari orqali «farzand-o‘quvchi» tizimi asosida yoshlarni motivatsion va kognitiv faoliyatida gender madaniyatni rivojlanishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Oilada gender madaniyatini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini tadqiq etish bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari:
oilada shaxslararo munosabatlarda gender stereotiplarni «gender munosabatlarni barqarorlashtirish» texnologiyasi orqali farzandlarda «gender madaniyat», «genderga oid tabiiy xususiyat», «shaxsning teng imkoniyatlari» kabi omillarni sibling munosabatlarida namoyon bo‘lishi dalillanganligiga oid amaliy taklif va tavsiyalari «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutini yillik rejasining «Oilalarda sog‘lom va barqaror ijtimoiy-ma’naviy gender tenglikka erishish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni, kompleks, maqsadli dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslarini shakllantirish» nomli bandiga kiritilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 16 dekabrdagi 01-09/1242B-son ma’lumotnomasi). Natijada, gender madaniyatni shakllanishi oilalar barqarorligini ta’minlashga xizmat qilgan va samarali natijalarga erishilgan.
oilalarda gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik
shart-sharoitlariga ko‘ra, «pedagogik vaziyatlar», «avlodlarni ma’naviy tajribasi» va «liberal feministik» metodlar yordamida o‘smirlarni tasavvuridagi gender rollarni to‘g‘ri shakllantirish asoslanganligiga doir yangiligi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutini yillik rejasining «Oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida manzilli aniqlash va hal etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish» nomli bandini ijrosini bajarilishida foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 16 dekabrdagi 01-09/1242B-son ma’lumotnomasi). Natijada, oilalarda gender madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik shart-sharoitlariga ko‘ra qo‘llanilgan metodlar orqali samarali natijalarga erishilgan.
milliy-etnik, sinfiy stereotiplarda «gender pariteti» va «gender asimmetriya» tushunchasini saqlanishi, gender paradigma asosida inson xulq-atvorini buzilishi, kognitiv jarayonlarda shaxsning teng imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarga antipatiyani paydo bo‘lishiga asos bo‘lishi aniqlanganligiga oid yangiligi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutini yillik rejasining «Oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida manzilli aniqlash va hal etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish» nomli bandiga kiritilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 16 dekabrdagi 01-09/1242B-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan
ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko‘tarish kabi samarali ko‘rsatgichlarga erishilgan.
oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligida «gender integratsiya», «qadriyatlar sandig‘i» va «tarbiyasi» texnologiyalari orqali «farzand-o‘quvchi» tizimi asosida yoshlarni motivatsion va kognitiv faoliyatida gender madaniyatni rivojlanishi isbotlanganligiga oid taklifi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutini yillik rejasining «Oila institutini mustahkamlash, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy faolligini oshirish, oila va xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida manzilli aniqlash va hal etish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish» nomli bandini ijrosini bajarilishida foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutining 2022 yil 16 dekabrdagi 01-09/1242B-son ma’lumotnomasi). Natijada, oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligi orqali farzand-o‘qituvchi tizimini amaliyotga joriy etish, ularni amaliyotda qo‘llay olish imkonini bergan.