Mavlonov Boxodir Biloljonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oilada o‘smir yoshidagi bolalarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish», 13.00.09 - Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped2140.
Ilmiy rahbar: Xodjaev Begzod Xudoyberdievich, pedagogika fanlari doktori, professor 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti huzuridagi, PhD.21/30.10.2021.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Taylanova Shoxida Zaynievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Kurbanniyazova Zamira Kalbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oilada o‘smir yoshidagi bolalarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oilada o‘smir yoshidagi bolalarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari yaqin kattalar vositasida shaxslararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, sotsiumning salbiy ta’sirini minimallashtirish, maqsadli va vositali qadriyatlarning internallashuv darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirilgan;
oilada o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishga doir ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonlari ota-onalar uchun modulli trening dasturlari asosida andragogik ta’limni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirilgan;
oilada o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish modelining amaliy komponenti milliy tarbiya va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik ish shakllarining reproduktivligi validligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalari so‘zdan foydalash, og‘zaki bo‘lmagan darajada sozlash, reklama, “langar”, ishonchli munosabatlar, SMARTEF, imijiniring, mantiqiy darajalar bilan ishlash kabi ijtimoiy-pedagogik texnikalarning adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Oilada o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oilada o‘smir yoshidagi bolalarning hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik xususiyatlari yaqin kattalar vositasida shaxslararo munosabatlarning barqarorligini ta’minlash, sotsiumning salbiy ta’sirini minimallashtirish, maqsadli va vositali qadriyatlarning internallashuv darajasini kengaytirish orqali aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-son Farmoni bilan tasdiqlangan Kompleks chora-tadbirlar rejasining 89-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida  oilalarning baxtlilik darajasi indikatorlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 2-noyabrdagi 305-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishda oilaning o‘rni va rolini baholash mezonlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
oilada o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishga doir ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etish jarayonlarini ota-onalar uchun modulli trening dasturlari asosida andragogik ta’limni maqsadli loyihalash asosida takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan JHBL-21 “Gender yondashuv asosida yoshlarni kasbga yo‘naltirishning nazariy metodologik jihatlari”  mavzusidagi ilmiy loyihaning o‘quvchi-yoshlarni kasbga yo‘naltirishda mahalla, oila va ta’lim muassasalari hamkorligini tashkil etishning nazariy va amaliy shart-sharoitlarini aniqlash qismini bajarishda foydalanilgan (Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 2-noyabrdagi 305-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ota-onalarning o‘smir yoshidagi bolalarni pedagogik nazorat qilish va bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
oilada o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirish modelining amaliy komponentini milliy tarbiya va ma’naviy kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ijtimoiy-pedagogik ish shakllarining reproduktivligi validligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan JHBL-92 “Migrant oila farzandlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi ilmiy loyihaning migrant oila farzandlarining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma yaratish qismini ishlab chiqishda foydalanilgan (Mahalla va oila ilmiy-tadqiqot institutining 2022-yil 2-noyabrdagi 305-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smir yoshidagi bolalarning ijtimoiylashuvini ta’minlashda innovatsion ijtimoiy-pedagogik ish shakllaridan foydalanish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘smir yoshidagi bolalarda hushyorlik va ogohlik fazilatlarini rivojlantirishning neyrolingvistik dasturlashtirish texnologiyalarini so‘zdan foydalash, og‘zaki bo‘lmagan darajada sozlash, reklama, “langar”, ishonchli munosabatlar, SMARTEF, imijiniring, mantiqiy darajalar bilan ishlash kabi ijtimoiy-pedagogik texnikalarning adaptivligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika ta’lim markazining YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda har bir bola uchun sifatli ta’limni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 4-maydagi 01/11-02/2-304-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi sifatli ta’lim muhitini yaratishning ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish