Nurmatova Nargiza Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirish», 13.00.09 - Ijtimoiy pedagogika (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Ped2696.
Ilmiy rahbar: Muxsieva Aziza Shamsitdinovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.21/30.10.2021.Ped/S.127.01.
Rasmiy opponentlar: Quronov Muxammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor; Ibragimova Gulsanam Nematovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Chirchiq davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-qizlaring ijtimoiy faolligini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila-mahalla-ta’lim tizimi hamkorligida qizlarda «kognitiv», «konativ», «xulqiy» omillarni «ijtimoiy faollikni rivojlantirish» texnologiyasi orqali korreksiyalash natijasida ularda ijtimoiy faollikni rivojlanishi aniqlangan;
o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik omillarini (ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, faol fuqarolik kompetensiyasi, ijtimoiy burch va ma’suliyat) diagnostika qilinishi natijasida, «tashkiliy komponent» va «analitik-natijaviy komponent»lar ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi omil ekanligi isbotlangan;
«ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish» modeli orqali o‘quvchi-qizlarda startegik tashxislash, refleksivlik, ixtiyoriylik, umumiy manfaatdorlik, empatiya, birgalikda harakat kabi hayotga samarali moslashuvchanlikning oila-mahalla-ta’lim tizimi negizida takomillashtirilgan;
o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning «event» «vitagen» texnologiyalari asosida maqsadli, amaliy, refleksiv va qadriyatli omillarni pedagogik jarayonlarga qo‘llash orqali «o‘quvchi-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish» modeli ijtimoiy faollikga oid indikatorlarni aniqlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy etilishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Oila, mahalla va maktab hamkorligi asosida o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
oila-mahalla-ta’lim tizimi hamkorligida qizlarda «kognitiv», «konativ», «xulqiy» omillarni «ijtimoiy faollikni rivojlantirish» texnologiyasi orqali korreksiyalash natijasida ularda ijtimoiy faollikni rivojlanishi aniqlanganligiga oid taklifi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston teleradiokanali» DUK qoshidagi «O‘zbekiston tarixi» telekanalida tadqiqot mavzusi bo‘yicha «Ochiq dars» ko‘rsatuvi ssenariysini shakllantirishda foydalanilgan («O‘zbekiston teleradiokanali» DUKning 2021 yil 16 iyundagi 02-10-1013-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning pedagogik omillarini (ijtimoiy faollik, tashabbuskorlik, faol fuqarolik kompetensiyasi, ijtimoiy burch va ma’suliyat) diagnostika qilinishi natijasida, «tashkiliy komponent» va «analitik-natijaviy komponent» lar ijtimoiy faollik ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi omil ekanligi isbotlanganligiga doir yangiligi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutida «Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari» mavzusida o‘tkazilgan seminarlarda amaliy taklif va tavsiyalardan foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti 2023 yil 11 fevraldagi 01-09/1311-son ma’lumotnomasi). Natijada qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish samaradorligini amalga oshirish mehanizmlari takomillashtirilgan;
«ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish» modeli orqali o‘quvchi-qizlarda startegik tashxislash, refleksivlik, ixtiyoriylik, umumiy manfaatdorlik, empatiya, birgalikda harakat kabi hayotga samarali moslashuvchanlikning oila-mahalla-ta’lim tizimi negizida takomillash tirilganligiga oid takliflari Respublika ta’lim markazining «ta’limda gender tenglik»moduliga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2023 yil 6 fevraldagi 01/11-01/2-62-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim sifatini oshirishda va ta’limda gender tenglikni ta’minlashda uslubiy ta’minotga ega bo‘lgan;
o‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligini rivojlantirishning «event» «vitagen» texnologiyalari asosida maqsadli, amaliy, refleksiv va qadriyatli omillarni pedagogik jarayonlarga qo‘llash orqali «o‘quvchi-qizlar ijtimoiy faolligini rivojlantirish» modeli ijtimoiy faollikga oid indikatorlarni aniqlash orqali takomillashtirilganligiga oid tadqiqot natijasi «Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot institutida «Xotin-qizlarning radikallashuvi, ularning yot g‘oyalar va mutaassiblikka berilishining oldini olish masalalari» mavzusida o‘tkazilgan seminarlarda amaliy taklif va tavsiyalardan foydalanilgan («Mahalla va oila» ilmiy-tadqiqot instituti 2023-yil 11-fevraldagi 01-09/1311-son ma’lumotnomasi). Natijada qizlarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish samaradorligini amalga oshirish mehanizmlari takomillashtirilgan.