Xoliqov Shavkatbekning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Katta va keksalarda umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlarni jarrohlik usuli bilan davolash», 14.00.28–Neyroxirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib126.
Ilmiy rahbar: Norov Abduraxmon Ubaydullaevich, tibbiyot fanlari doktori. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Yuldashev Ravshan Muslimovich, tibbiyot fanlari doktori; Mirzaev Alisher Umirzokovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi katta va keksa yoshli bemorlarda ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarini neyroxirurgik ko‘rsatmaga asoslangan individual-differensiallashgan jarrohlik usulini tanlash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ko‘krak-bel umurtqalari kompression sinishlarida  og‘riq sindromi VASh shkalasi bo‘yicha katta va keksa yoshlilarda o‘rtacha 6,78±0,17 ballni, o‘rta yoshlilarda esa o‘rtacha 7,39±0,10 ballni tashkil etishi; plegiya, lekin sezuvchanlik yoki uning elementlari mavjud bo‘lishi kabi nevrologik o‘zgarishlar katta yoshlilarda (2,4%) o‘rta yoshli bemorlarga(13,6%) nisbatan kuchsiz namoyon bo‘lishi isbotlangan;  
MSKT tekshiruvlarida umurtqa tanasining zichligi 101-150HU oralig‘ida bo‘lganda monosegmentar, >82HU bo‘lganda polisegmentar kompression sinishlar yuzaga kelishi va umurtqa kanali markaziy stenozi xolatlarida ko‘krak sohasida 20%gacha, Th11–Th12 sohasida 35%gacha, L1 sohada 50%gacha va L2-L5 sohasida 55%gacha torayganda nevrologik o‘zgarishlarning kuchayishi isbotlangan;
ko‘krak-bel umurtqa tanalarida kompression sinishlari bo‘lgan bemorlarga umurtqa tanasining zichligi >101HU, ponasimon indeks ko‘rsatkichi <50% va kifotik deformatsiya burchagi<20° bo‘lganda perkutan vertebroplastika, umurtqa tanasining zichligi >150HU, ponasimon indeks ko‘rsatkichi >50% va kifotik deformatsiya burchagi >20° bo‘lganda orqa spondilodez–transpedikulyar fiksatsiya,  umurtqa tanasining zichligi <82HU, ponasimon indeks ko‘rsatkichi >50% va kifotik deformatsiya burchagi >20° bo‘lganda kombinatsiyalashgan (vertebroplastika + transpedikulyar fiksatsiya)usullarini qo‘llash orqali davolashda ijobiy natijalarga erishish imkoniyati isbotlangan;
umurtqa kanali stenozi ko‘krak sohasida 20%gacha, Th11–Th12 sohasida 35%gacha, L1 sohada 50%gacha va L2-5 soxasida 55%gacha shakllangan vertebro-medullyar ziddiyat hisobiga torayganda transpedikulyar fiksatsiya operatsiyasini dekompressiv laminektomiya manipulyasiyasi bilan birga qo‘llash nevrologik o‘zgarishlar rivojlanishini oldini olishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 4 apreldadagi 02-6/473-son xulosasiga ko‘ra (ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘likni saqlash muassalariga  joriy etish bo‘yicha Sog‘likni saqlash  vazirligiga  Andijon davlat tibbiyot institutining 2022 yil 13 iyuldagi 06/1853-son xati yuborilgan):
ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarda kelib chiqqan og‘riq sindromi va nevrologik o‘zgarishlarni katta va keksa yoshli bemorlarda o‘rta yoshli bemorlarda kuchsizroq namoyon bo‘lishini aniqlash kasallikning differensial tashxislashda  muhim ko‘rsatkich ekanligi tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2022 y.; №56), Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy  markazi Namangan filiali (06.04.2022 y.; №43) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarda kelib chiqqan og‘riq sindromi va nevrologik o‘zgarishlarni katta va keksa yoshli bemorlarda o‘rta yoshli bemorlarda kuchsizroq namoyon bo‘lishini aniqlash kasallikning differensial tashxislashda  muhim ko‘rsatkich ekanligi tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarni katta va keksa yoshli bemorlarda klinik-nevrologik belgilar kuchsizroq namoyon bo‘lishini shifokor bilishi  bemorlar kompleks tekshiruvlardan o‘tkazishi va kompressiya hisobiga yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldini olishga va bemorlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlarni davolashda ketadigan sarf-xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga erishildi. Xulosa: katta va keksa yoshli bemorlarda ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarni to‘g‘ri klinik tashxis qo‘yishga erishildi va 1 nafar bemorni bir marta qayta yotib davolanishi uchun o‘rtacha (hozirgi kunda klinikamizda nevrologiya bo‘limida 10 kun yotish 1920000 sum, dori-darmonga 650000 sum) 2570000 sum mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Xoliqov Shavkatbekning« Katta va keksalarda umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlarni jarrohlik usuli bilan davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining  2022 yil 13 iyuldagi 06/1853–son xati yuborilgan.
o‘tkazilgan rentgenologik, densitometrik, MSKT va MRT tekshiruvlari yordamida qo‘yilgan to‘g‘ri klinik tashhis  orqali jarrohlik bilan davolash usulini tanlashda muhim klinik ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2022 y.; №56), Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy  markazi Namangan filiali (06.04.2022 y.; №43) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • MSKT tekshiruvlarida umurtqa tanasining zichligi 101-150HU oralig‘ida bo‘lganda monosegmentar, >82HU bo‘lganda polisegmentar kompression sinishlar yuzaga kelishini o‘rganish qayta kompression sinishlar yuzaga kelishini oldini olishga qaratilgan qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirishga erishildi; • umurtqa kanali markaziy stenozi xolatlarida ko‘krak sohasida 20% dan, Th11–Th12 sohasida 35% dan, L1 sohada 50% dan va L2-L5 sohasida 55% dan torayganda nevrologik o‘zgarishlarning kuchayishini inobatga olinishi bemorlarda to‘g‘ri davolash taktikasini tanlashda muhim ko‘rsatkich ekanligi aniqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak va bel umurtqalari kompression sinishlari bilan kasallangan bemorlarda o‘tkazilgan MSKT tekshiruvidagi umurtqa tanasining meneral zichligini aniqlash ushbu bemorlarda qayta kompression sinishlarni kelib chiqish omilini bartaraf etildi va bemorlarda perkutan vertebroplastika bajarish uchun ketadigan o‘rtacha ( 3 kunlik xirurgik bo‘limlarda yotish 660000 sum va  vertebroplastika uchun 1600000 sum) 2260000 sum mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi  • umurtqa kanali markaziy stenozi xolatlarida ko‘krak sohasida 20% dan, Th11–Th12 sohasida 35% dan, L1 sohada 50% dan va L2-L5 sohasida 55% dan torayganda nevrologik o‘zgarishlarning kuchayishi o‘rganilib, davolashning to‘g‘ri jarrohlik usuli tanlandi va bemorning qayta shifoxonada yotib operatsiya bo‘lishidagi  o‘rtacha 2600000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga erishildi. Xulosa: ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi qayta  kompression sinishlar va og‘riq sindromi saqlanib qolganda  1 nafar bemorlar uchun agar qayta perkutan vertebroplastika qilinsa 2260000 so‘m va qayta dekompressiv laminektomiya operatsiyasi o‘tkazilsa 2600000 so‘m mablag‘ni sarflanishini iqtisod qilish imkonini bergan. Xoliqov Shavkatbekning« Katta va keksalarda umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlarni jarrohlik usuli bilan davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining  2022 yil 13 iyuldagi 06/1853–son xati yuborilgan.
umurtqa tanasining deformatsiya darajasi, shikastlangan sohadagi noturg‘unlik sindromi mavjudligi, umurtqa tanasining mineral zichligi, shikastlangan sohada vertebro-medullyar ziddiyat darajasi, kifotik deformatsiya burchagi, sagital indeks darajalari hamda neyroxirurgik ko‘rsatma asosida yaratilgan individual differensiallashgan jarrohlik yondashuvi algoritmi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldi olish imkonini berishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2022 y.; №56), Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy  markazi Namangan filiali (06.04.2022 y.; №43) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • umurtqa tanasining zichligi >101HU, ponasimon indeks ko‘rsatkichi <50% va kifotik deformatsiya burchagi<20° bo‘lganda perkutan vertebroplastika qilish davolanishdan so‘ng qayta kompression sinishlar kelib chiqishini ; • umurtqa tanasining zichligi >150HU, ponasimon indeks ko‘rsatkichi >50% va kifotik deformatsiya burchagi >20° bo‘lganda orqa spondilodez–transpedikulyar fiksatsiya usulini qo‘llash;  • umurtqa tanasining zichligi <82HU, ponasimon indeks ko‘rsatkichi >50% va kifotik deformatsiya burchagi >20° bo‘lganda kombinatsiyalashgan (vertebroplastika + transpedikulyar fiksatsiya)usullarini qo‘llash orqali TPF vintini migratsiyalanishi oldi olinishi bemorlarni davolashda ijobiy natijalar berib, davolash sifatini yaxshiladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: individual differensiallashgan jarrohlik usuli bilan davolash algoritmi asosida davolash bemorlarda agar qayta perkutan vertebroplastika o‘tkazilsa 2260000 sum va qayta kombinatsiyalashgan usul o‘tkazilsa 10320000 sum mablag‘ni ortiqcha sarflanishini oldini oladi. Xulosa: katta va keksa bemorlarda ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlarda jarrohlik usuli bilan agar qayta perkutan vertebroplastika o‘tkazilsa 2260000 sumga va qayta kombinatsiyalashgan usul o‘tkazilsa 10320000 sumga iqtisod qilish imkonini bergan. Xoliqov Shavkatbekning« Katta va keksalarda umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlarni jarrohlik usuli bilan davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining  2022 yil 13 iyuldagi 06/1853–son xati yuborilgan.
kompression sinish yuzaga kelgan sohada «Umurtqa kanali stenozini nuqsonli o‘lchami» klassifikatsiya bo‘yicha umurtqa kanali stenozi ko‘krak sohasida 20% gacha, Th11–Th12 sohalarda 35% gacha, L1 sohada 50% gacha va L2 pastki sohalarda 55%gacha torayganda o‘tkaziladigan jarrohlik usullariga dekompressiv laminektomiya qo‘shib bajarish og‘riq sindromini saqlanib qolish asoratini bartaraf etishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (04.04.2022 y.; №56), Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy  markazi Namangan filiali (06.04.2022 y.; №43) amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • umurtqa kanali stenozi ko‘krak sohasida 20%gacha, Th11–Th12 sohasida 35%gacha, L1 sohada 50%gacha va L2-5 soxasida 55%gacha shakllangan vertebro-medullyar ziddiyat hisobiga torayganda transpedikulyar fiksatsiya operatsiyasini dekompressiv laminektomiya va Urban ponasini bartaraf etish manipulyasiyasi ko‘rsatma ekanligi aniqlandi; • Urban ponasini bartaraf etishda o‘tkazilgan MRT tekshiruvida orqangi davomli boylam yorilgan bo‘lsa kengaytirilgan laminektomiya bajarilib, maxsus asbob yordamida Urban ponasi urib tushirilsa, MRT tekshiruvida orqangi davomli boylam yorilmagan bo‘lsa o‘rnatilgan TPF vintlarini retraktor yordamida ligamentotaksis bajarilib Urban ponasini bartaraf etilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlar o‘tkazilgan jarrohlik usuli bilan davolanishdan keyin yuzaga kelgan 13,4% bemorlarda VMZ xisobiga yuzaga kelgan og‘riq sindromi saqlanib qolishi kabi asoratlar oldi olindi. Xulosa: ko‘krak va bel umurtqalari sohasidagi kompression sinishlar o‘tkazilgan jarrohlik usuli bilan davolanishdan keyin yuzaga kelgan VMZ xisobiga og‘riq sindromi saqlanib qolishi kabi asoratlarni bartaraf etish uchun 1 nafar bemorda (10 kunlik yotoq uchun 2200000 so‘m, tekshiruv uchun 800000 so‘m va dori darmonlar uchun 750000 sum)  3750000  so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xoliqov Shavkatbekning «Katta va keksalarda umurtqa pog‘onasining ko‘krak va bel sohasidagi kompression sinishlarni jarrohlik usuli bilan davolash» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Andijon davlat tibbiyot institutining  2022 yil 13 iyuldagi 06/1853–son xati yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish