Dehqonov Aziz Toshpo‘lotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasining mahalliy davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2531
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli markazi va Samarqand davlat tibbiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Gulamov Olimjon Mirzaxitovich, tibbiyot fanlari doktori; Levchik Evgeniy Yurevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda, jaroxat jarayoniga mahalliy ta’sirning patogenetik jihatdan asoslangan usullarini tanlashga yondashuvlarni optimallashtirish orqali tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jarohat infeksiyasi tajribaviy modellari bo‘lgan hayvonlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlari sifatida muhim o‘rni aniqlangan;
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi isbotlangan;
qandli diabet fonida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini optimal mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlarini asoslab bergan, operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilishda samarali ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti ekspert kengashining 2023 yil 17 apreldagi №23-z/022 son xulosasiga ko‘ra:
jarohat infeksiyasi tajribaviy modellari bo‘lgan hayvonlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlaridan foydalanish, yallig‘lanish jarayonining generalizatsiyalanishining rivojlanishini tashhislash va jarohat infeksiyasini davolash usulini aniqlash imkonini beradi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y.; №5/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y.; № 12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlaridan foydalanish, jarohat infeksiyasi bo‘lgan qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarni davolash sifatini yaxshilagan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jarohat infeksiyasi tajribaviy modellari bo‘lgan hayvonlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlaridan foydalanish, bemorlarni davolash amaliyotida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan yallig‘lanish jarayonining generalizatsiyalanishining rivojlanishini tashhislash va jarohat infeksiyasini davolash usulini optimallashtirish orqali davolashda sarflanadigan xarajatlarini 675 000 so‘mga kamaytirishga erishildi. Xulosa: jarohat infeksiyasi tajribaviy modellari bo‘lgan hayvonlarda yallig‘lanishni qo‘llovchi sitokinlarning yallig‘lanish jarayoni va davomiyligini farqlash mezonlarini ishlab chiqilishining bemorlarni davolash amaliyotiga joriy etilishi kompleks jarrohlik usulida davolashda kuzatilishi mumkin bo‘lgan asoratlarni oldindan bashoratlash hisobiga, 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 675 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasining mahalliy davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 23 noyabrdagi 04/6909-son xat yuborilgan.
qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi hisobiga jarohat infeksiyasi jarayonning og‘irligi va uning oqibatlarining prognostik ehtimolini inobatga olgan holda mahalliy davolash usulini tanlashga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y.; №5/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y.; № 12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi, amaliy sog‘liqni saqlash tizimidagi shifokorlarga bemorlarni mahalliy davolash taktikasini tanlashga maqsadli yondashuv imkoniyatini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishi usuli: bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 510 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 170.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etilgan (1 kunga o‘rtacha 140 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini davolash natijalarini baholashning ishlab chiqilgan usuli davolash natijalarini hamda patologik jarayonning kechishini ob’ektivlashtirishining taklif qilingan usuli, bemorlarning nisbatan yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini oshirish, qoniqarsiz davolash natijalarini kamaytirish va kasallikning hayotga xavf tug‘diradigan asoratlarining rivojlanishini oldini olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasining mahalliy davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 23 noyabrdagi 04/6909-son xat yuborilgan.
qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini mahalliy davolash uchun ishlab chiqilgan yangi davolash-tashhisot algoritmining joriy etilishi yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini ko‘paytirishi, davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lgan holatlar sonini kamaytirishi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarning oldini olish imkonini berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y.; №5/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y.; № 12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet fonida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini optimal mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida davolash algoritmini qo‘llanilishi, mazkur kasallikga chalingan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi natijasida ularning reabilitatsiyasi va mehnat qilish faoliyatining tiklanish muddatlari tezlashtirgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qandli diabet fonida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini optimal mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan algoritmning amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 675 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qandli diabet fonida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasini optimal mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida davolash algoritmini qo‘llanilishi, kompleks davolanish samaradorligini oshirish olish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasining mahalliy davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 23 noyabrdagi 04/6909-son xat yuborilgan.
ishlab chiqilgan uslubning ishonarliligi sinovlarning sezgirligi va spesifikligi usullari bilan isbotlangan, ular tajribaviy modelda jarohat bosqichlarini quyidagicha belgilaydi: yallig‘lanish jarayonining faollashuvi va generalizatsiyalanishi bosqichi, 75% hollarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi rivojlanish ehtimoli bilan; jaroxatning tozalanish bosqichi va regenerativ jarayonlarning boshlanishi, 50% hollarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi rivojlanish ehtimoli bilan; epitelizatsiya va jaroxatning chandiqlari boshlanishi bilan faol regenerativ jarayonlarning bosqichi, 25% dan kam hollarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi rivojlanish ehtimoli bilan. Mazkur bashoratlar mezonlaridan foydalanish, qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasining mahalliy davolash usullarini takomillashtirish orqaligina davolash natijadorligiga erishish mumkinligi isbotlagan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha buyruq (17.11.2022 y.; №5/1) hamda Samarqand davlat tibbiyot universitetining ko‘p tarmoqli klinikasi bo‘yicha buyruq (22.11.2022 y.; № 12/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga yondashib o‘tkazilgan tahlillar tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlarini asoslab berib, davolash jarayonida rivojlanish ehtimoli bo‘lgan asoratlarni bashorat qilish imkoniyatini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillariga yondashib o‘tkazilgan tahlillar natijalari, tadqiqotlarning sezgirligi va spesifikligi mezonlarini asoslab bergan, bu o‘z navbatida operatsiyadan keyingi asoratlarni bashorat qilishda yanada samarali natijadorlikka erishishga ko‘maklashgan. Mahalliy davolashning takomillashtirilgan usuli asosida ishlab chiqilgan algoritmning amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 675 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 370 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish reaksiyasi sindromi bilan asoratlangan jaroxat infeksiyasini mahalliy davolash uchun ishlab chiqilgan yangi davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini mos ravishda 20,5% va 35,8% ga oshirish imkonini bergan. Shuningdek, qoniqarsiz davolanish natijalari kuzatilgan holatlar soni 28,1% ga kamaydi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarni oldi olingan. yangi davolash-tashhisot algoritmidan foydalanish 128 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 86 400 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 47 400 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda tizimli yallig‘lanish sindromi bilan asoratlangan jarohat infeksiyasining mahalliy davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori tomonidan 2022 yil 23 noyabrdagi 04/6909-son xat yuborilgan.