Mustafakulov Ishnazar Boynazarovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarida diagnostika va davolashni optimallashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.DSc/Tib206.
Ilmiy rahbar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa  nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01. 
Rasmiy opponentlar: Ligay Ruslan Efimovich tibbiyot fanlari doktori, Junichi Sakamoto tibbiyot fanlari doktori, professor, Baymakov Sayfiddin Risbaevich tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Cha University (Janubiy Koreya)
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma travmada shikastlanishini jarrohlik yo‘li bilan davolash natijalarini shikastlanishning og‘irligiga qarab yangi diagnostika usullari va ratsional jarrohlik taktikasini takomillashtirish va joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
qorin bo‘shlig‘i a’zolari va retroperitoneal sohaning shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan davolash taktikalaridan foydalanish samaradorligi isbotlangan; 
qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohatlarida "damage control" tushunchasida laparoskopiyaning roli va o‘rni aniqlangan;
jigar va oshqozon osti bezi shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan taktikadan foydalanish uchun ko‘rsatmalar asoslangan;
qorin ichi bosimi monitoringi ma’lumotlari asosida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma  shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘ini dekompressiya qilish uchun ko‘rsatmalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti ekspert kengashining 2023 yil 25 maydagi №6 son xulosasi asosida:
qorin bo‘shlig‘i a’zolari va retroperitoneal sohaning shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan davolash taktikalaridan foydalanish  hisobiga  operatsiyadan oldingi va keyingi davrlarda kuzatiladigan asoratlarni va  o‘lim sabablariga olib keladigan omillarni inobatga olgan xolda operatsiyasiz shifo jarayonini tezlashtirish va yotoq kunini qisqartirishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (16.01.2020 y.: №3/1), Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (24.03.2020 y.: № 6/2) hamda  Qashqadaryo filiali bo‘yicha buyruq (14.05.2020 y.: №9/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolari va retroperitoneal sohaning shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan davolash taktikalaridan foydalanish usulini qo‘llanilishi  qorin bo‘shlig‘i va retroperitoneal sohani jarohatlanishini tashhislash va ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini beradi, bu o‘z navbatida davolashni ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirtirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 570 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 190.000 so‘mni tashkil qiladi); shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); 2) bemorning shifoxonadan tashqaridagi davolanish davri uchun (boshqa tibbiy muassasalarda davolanishi, masalan poliklinikada) bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi. Xulosa:qorin bo‘shlig‘i a’zolari va retroperitoneal sohaning shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan davolash taktikalaridan foydalanish samaradorligi usulining amaliyotda qo‘llanilishi 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 610 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarida diagnostika va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori  tomonidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-son xat yuborilgan.
qorin bo‘shlig‘i organlarining yopiq jarohatlarida "damage control" tushunchasida laparoskopiyaning roli va o‘rni aniqlangan yangi davolash-tashhislash algoritmining joriy etilishi yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini ko‘paytirishi, davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lgan holatlar sonini kamaytirishi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarning oldini olish imkonini berishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (16.01.2020 y.: №3/1), Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (24.03.2020 y.: № 6/2) hamda  Qashqadaryo filiali bo‘yicha buyruq (14.05.2020 y.: №9/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohatlarida "damage control" tushunchasida laparoskopiyaning roli va o‘rni aniqlangan usulini qo‘llanilishi,mazkur kasallik bilan ogrigan bemorlarning kompleks davolanish samaradorligini oshirilishi natijasida ularning reabilitatsiyasi va mehnat qilish faoliyatining tiklanish muddatlarini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohatlarida "damage control" tushunchasida laparoskopiyaning roli va o‘rni aniqlangan usuli asosida ishlab chiqilgan algoritmning amaliyotda qo‘llanilishi davolash natijalarini yaxshilash imkonini berib 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 610 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa:qorin bo‘shlig‘i a’zolarining yopiq jarohatlarida "damage control" tushunchasida laparoskopiyaning roli va o‘rni aniqlangan usuli asosida davolash algoritmini qo‘llanilishi, kompleks davolanish samaradorligini oshirib olish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarida diagnostika va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori  tomonidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-son xat yuborilgan.
jigar va oshqozon osti bezi shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan taktikadan foydalanish uchun ko‘rsatmalar asoslangan yangi davolash-tashhislash algoritmining joriy etilishi yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini ko‘paytirishi, davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lgan holatlar sonini kamaytirishi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarning oldini olish imkonini berishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (16.01.2020 y.: №3/1), Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (24.03.2020 y.: № 6/2) hamda  Qashqadaryo filiali bo‘yicha buyruq (14.05.2020 y.: №9/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: jigar va oshqozon osti bezi shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan taktikadan foydalanish uchun ko‘rsatmalar asoslangan usulini qo‘llanilishi, ehtimoli yuqori bo‘lgan asoratlarni oldini olish imkonini bergan, bu o‘z navbatida davolashni ijobiy natijalarini ko‘paytirib, davolash sifatini yaxshilagan va o‘lim holatlariga olib keluvchi omillarni oldi olinadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  jigar va oshqozon osti bezi shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan taktikadan foydalanish uchun ko‘rsatmalar asoslangan usulini qo‘llash          uchun ishlab chiqilgan davolash algoritmidan foydalanish yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini mos ravishda 22,6% va 37,3% ga oshirish imkonini berdi. Xulosa: jigar va oshqozon osti bezi shikastlanishlari uchun takomillashtirilgan taktikadan foydalanish uchun ko‘rsatmalar asoslangan   usullaridan foydalanish 1 nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 610 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 270 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarida diagnostika va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangilikni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori  tomonidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-son xat yuborilgan
qorin ichi bosimi monitoringi ma’lumotlari asosida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘ini dekompressiya qilish uchun ko‘rsatmalar hisobiga  yaxshi va qoniqarli davolash natijalarini ko‘paytirishi, davolash natijalarining qoniqarsiz bo‘lgan holatlar sonini kamaytirishi va bemorlarning asosiy guruhida o‘limga olib keladigan holatlarning oldini olish imkonini berishi isbotlandi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi:  Olingan ilmiy-amaliy ma’lumotlar RShTYoIM Andijon filiali bo‘yicha buyruq (16.01.2020 y.: №3/1), Jizzax filiali bo‘yicha buyruq (24.03.2020 y.: № 6/2) hamda  Qashqadaryo filiali bo‘yicha buyruq (14.05.2020 y.: №9/1) bilan amaliyotiga joriy etildi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin ichi bosimi monitoringi ma’lumotlari asosida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma  shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘ini dekompressiya qilish uchun ko‘rsatmalardan foydalanish xar xil asoratlarni va poliorgan etishmovchiligini oldini olish orqali ijobiy natijalarga erishildi  hamda davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1)bemorning shifoxonada qolish muddatini o‘rtacha 3,0 kunga qisqartirib, shifoxonada qolish to‘lov miqdori 570 ming so‘mgacha kamaytirgan (BVKTTM ning preyskurantiga ko‘ra shifoxonada 1 kun qolish 190.000 so‘mni tashkil qiladi) shifoxonada bo‘lish davrining bir necha kunga qisqartirilishi hisobiga dori-darmon kam talab etildi (1 kunga o‘rtacha 150 000 so‘m dori vositalari sarflanadi); Xulosa: qorin ichi bosimi monitoringi ma’lumotlari asosida qorin bo‘shlig‘i a’zolarining qo‘shma  shikastlanishi bo‘lgan bemorlarda qorin bo‘shlig‘ini dekompressiya qilish uchun ko‘rsatmalardan foydalanish 270  nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 164 700 000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 72 900 000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Qorin bo‘shlig‘ining qo‘shma shikastlanishlarida diagnostika va davolashni optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori  tomonidan 2022 yil 9 sentyabrdagi 1416-son xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish