Alimxanov Bexzod Shuxratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘satdan yurak - o‘lim xavfi yukori bo‘lgan bemorlarni profilaktika kilish, tashxis ko‘yish va davolash usullarini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1029.
Ilmiy rahbar: Alimov Daniyar Anvarovich tibbiyot fanlari doktori, professor, angiografiya ilmiy bulim raxbari.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxammedova Barno Farxadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: A.N.Bakulev nomidagi yurak-qon-tomir instituti (Rossiya Federatsiyasi)
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
elektrokardiostimulyatorni implantatsiya qilish texnikasini erta qo‘llash va takomillashtirish orqali hayot uchun xavfli bradyaritmiyalarni davolash natijalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
To‘satdan yurak o‘limi (TYuO‘) yuqori xavfi bilan atrioventrikulyar blokadasi va ularning sinkopal holatidagi bemorlarni tashxislash va qiyosiy tashxislash va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarining taktikasi ishlab chiqilgan;
Miokardni vaqtincha stimulyasiya qilish uchun o‘ng qorinchaga elektrod o‘rnatishning tavsiya etilgan usuli 99,7% muvaffaqiyat darajasiga egaligi isbotlangan; u soddaligi va xavfsizligi, qimmat angiografik uskunalarni talab qilmasdan har qanday kasalxonada reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limi sharoitida rentgen nazoratisiz yurak monitori yordamida amalga oshirilishi asoslangan;
to‘stadan yurak o‘limida yangi taklif etilgan periferik lateral teri osti venasi (vena cephalica) orqali ikkita elektrod o‘tkazish usulidan foydalanish klinik amaliyotga tatbiq etilishi magistral o‘mrov osti venani kateterlashda mumkin bo‘lgan asoratlarning oldini olishi asoslangan;
O‘mrov osti venasini punksiyasi og‘ir skolioz va/yoki kifoz bor bemorlarda kiyinchilik tug‘dirishini xisobga olib, “RoadMap” (yo‘l xaritasi) ilovasi yordamida kontrastlash bilan bajarish samardorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Ekspert kengashining 2023 yil 26 maydagi 4-son xulosasi asosida:
hayot uchun xavfli bradiaritmiya bilan asoratlangan o‘tkir miokard infarkti (O‘MI) klinik kursining xususiyatlarini va uning rivojlanishining asosiy xavf omillarini aniqlashni hisobiga elektrokardiostimulyatorni erta xavfsiz implantatsiya qilish imkonini beradi, Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Jizzax filiallarida amaliyotga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi soglikni saklash vazirligining 12.08.2021 yildagi 8n-z/736-sonli xulosasi) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • taklif etilgan usul TYuO‘ yuqori xavfi bilan AV blokadasi va ularning sinkopal holatidagi bemorlarni erta tashxislaydi va ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarining ishlab chiqilgan taktikasi ushbu toifadagi bemorlarni davolash natijalarini yaxshilaydi yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar va xatolar sonini minimallashtiradi; • minimal invaziv aralashuvdan keyingi reabilitatsiya sifatini oshiradi; • bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun 2 606 526 so‘m shifoxonada jonlantirish bo‘limida o‘rtacha 5 kunga qisqargani hisobiga iqtisod qilindi; yurak ritmini tezlashtiruvchi vositalar yuborish zarurati bo‘lmadi; gemodinamika turg‘unlashdi bemorning shifoxonada qolish muddati 4-5 kunga kiskardi. Xulosa: taklif etilgan algoritm shifoxonada jonlantirish bo‘limida o‘rtacha 5 kunga qisqargani hisobiga 1 nafar bemor uchun 2 606 526 so‘m iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «To‘satdan yurak - o‘lim xavfi yukori bo‘lgan bemorlarni profilaktika kilish, tashxis ko‘yish va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2021 yil 25 noyabrdagi 02-02/2459-sonli xat yuborilgan.
hayot uchun xavfli aritmiya va yurak o‘tkazuvchanligi bo‘lgan bemorlarga EKS implantatsiyasining texnik qiyinchiliklarini tahlil qilish asosida birinchi marta yangi texnikalar ishlab chiqilgan va xususan, bradikardiyaning hayot uchun xavfli shakllari bo‘lgan bemorlarda yurakni vaqtincha qo‘zg‘atish uchun o‘ng qorinchaga elektrod qo‘yish texnikasi amalga oshirildi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Jizzax filiallarida amalietga tadbik etildi (O‘zbekiston Respublikasi soglikni saklash vazirligining 12.08.2021 dekabrdagi 8n-z/736-sonli xulosasi) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • to‘satdan yurak o‘limida taklif etilgan tezkor vaqtincha qo‘zg‘atuvchi elektrodni o‘ng qorinchaga o‘rnatish usuli yurak monitori yordamida har qanday tibbiy sharoitda qo‘llanish imkonini beradi; • shoshilinch yordam kursatishda taklif etilgan algoritmlar va kompleks yondashuvdan foydalanish tusatdan yurak ulimi xavfi yukori bulgan bemorlarni tashxislash va davolash sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: 1 nafar bemor uchun miokardni vaqtincha stimulyasiya qilish uchun o‘ng qorinchaga elektrod o‘rnatishida angiografik uskunalarni talab qilmaganligi hisobiga o‘rtacha 5.725.000.000 so‘mni iqtisod qilishga imkon bergan. Xulosa: taklif etilayotgan usul O‘KS fonida sodir bo‘lgan to‘liq AV blokadasi bo‘lgan bemorlarda miokardni vaqtincha elektr stimulyasiyasining eng maqbul nuqtasi orqali o‘rnatilishi 99,7 % muvaffaqiyat darajasiga ega bo‘lib, 1 nafar bemor uchun miokardni vaqtincha stimulyasiya qilish uchun o‘ng qorinchaga elektrod o‘rnatishida angiografik uskunalarni talab qilmaganligi hisobiga o‘rtacha 5.725.000.000 so‘mni iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «To‘satdan yurak - o‘lim xavfi yukori bo‘lgan bemorlarni profilaktika kilish, tashxis ko‘yish va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2021 yil 25 noyabrdagi 02-02/2459-sonli xat yuborilgan.
qo‘llangan tashhislash taktikasi bemorlarda amaliyotdan oldingi tayyorlanishni, inotrop terapiyada zaruratsizligi va elektrokardiostimulyatorni o‘rnatish vaqti kamaygani hisobiga bemorlarni gospitalizatsiya davrini qisqartirdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Jizzax filiallarida amaliyotga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi sogliqni saklash vazirligining 12.08.2021 yildagi 8n-z/736-sonli xulosasi) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: • yangi taklif etilgan periferik lateral teri osti venasi (vena cephalica) orqali ikkita elektrod o‘tkazish usuli klinik amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan asoratlarning, punksiya okibatidagi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan o‘mrov osti arteriyasidan kon ketishni, EKS tushagining gematomasi, EKS tushagining yiringlab yirtilishi va o‘pka pnevmatoraksining oldini olishga imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 nafar bemor uchun yangi taklif etilgan periferik lateral teri osti venasi (vena cephalica) orqali ikkita elektrod o‘tkazish usulida elektrod o‘tkazish uchun introd`yuser kerak bulmaganligi bu usulni kullash byudjetga xar bir amalietda taxminan 1.700.000 so‘mni tejaydi. Xulosa: klinik amaliyotiga vena sefalikasidan foydalanishning yangi usuli 1 nafar bemor hisobiga taxminan 1.700.000 byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «To‘satdan yurak - o‘lim xavfi yukori bulgan bemorlarni profilaktika kilish, tashxis ko‘yish va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2021 yil 25 noyabrdagi 02-02/2459-sonli xat yuborilgan.
EKS o‘rnatilgan bemorlar sonining ko‘payishi bilan bog‘liq bulib, jarrohlik aralashuvlar paytida elektrokoagulyatordan foydalanganda EKSning noto‘g‘ri ishlash xavfini baholash, kardiostimulyatori bo‘lgan shoshilinch yordamga muxtoj bemorlar aritmologik xizmatga ega bo‘lmagan tibbiyot muassasalariga yotqizilganda, operatsiya davomida monopolyar koagulyasiyani cheklash yoki bipolyar rejimda EK foydalanish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro va Jizzax filiallarida amaliyotga tadbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi sogliqni saklash vazirligining 12.08.2021 yildagi 8n-z/736-sonli xulosasi) bilan amaliyotiga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: og‘ir skolioz va/yoki kifoz axolini 2,7% ni tashkil kilib, ushbu toifa bemorlarda o‘mrov osti venasini punksiyasi kiyinchilik tugdirishini xisobga olib, “RoadMap” (yo‘l xaritasi) ilovasi yordamida kontrastlash bilan bajarish bu amaliyotni ancha soddalashtiradi va asoratlarni kamaytiradi. Operatsiya vaktida “RoadMap” ilovasidan foydalanish, operatsiya vaktini 40-90 min ga kiskartiradi, bemor va operatsion gurux uchun rentgen radiatsiyasini kamaytirdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: “RoadMap” (yo‘l xaritasi) ilovasi yordamida kontrastlash bilan bajarish usuli1 nafar bemor hisobiga taxminan 2 606 526 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Xulosa: RoadMap” (yo‘l xaritasi) ilovasini klinik amaliyotiga tadbiq etilishi operatsiya vaktini 40-90 minutga kiskartirgani va shuning uchun bemorda kuzatiladigan dissirkulyator ensefalopatiyani oldi olinib, bemor kasalxonada yotish davri 4-5 kunga kamayishi hisobiga 1 nafar bemor hisobiga taxminan 2 606 526 so‘m byudjet mablag‘larini iqtisod qilish imkonini berdi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «To‘satdan yurak - o‘lim xavfi yukori bulgan bemorlarni profilaktika kilish, tashxis ko‘yish va davolash usullarini takomillashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining 2021 yil 25 noyabrdagi 02-02/2459-sonli xat yuborilgan.