Rabbimova Nodira Tashtemirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «S.pneumoniae  ning serotipik tuzilishini hisobga olgan holda kattalarda pnevmokokk infeksiyasining klinik-epidemiologik hususiyatlari» 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar, 14.00.30 - Epidemiologiya ixtisosliklari (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tib.1420.
Ilmiy rahbarlar: To‘ychiev Laziz Nadirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Tadjieva Nigora Ubaydullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01. 
Rasmiy opponentlar: Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Matnazarova Gulbaxor Sultanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: S.pneumoniae ning serotipik tuzilishini hisobga olgan holda kattalarda pnevmokokk infeksiyasining klinik-epidemiologik hususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta yoshdagi bemorlarda yiringli meningit/meningoensefalitlarda S.pneumoniae  ning muhim etiologik ahamiyati asoslangan;
ilk bor surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida S.pneumoniaening nazofaringeal tashuvchanligi asosida pnevmokkokk infeksiyasini serotiplarni erta tashxislash va xastalikni keng qamrovli tarqalishini oldini olish  tartibi isbotlangan;
yiringli meningit/meningoensefalit bilan xastlangan bemorlardan ajratilgan S.pneumoniaening 19F, 1, 14, 6A/V, 3, 2, 5 serotiplarini spektrlarning xavfliligi asoslangan;
S.pneumoniae ning klinik shtammlarida (47%) penisillin guruhi, (54%) makrolid guruhi hamda ftorxinolonlar (20%) guruhiga kiritilgan antibiotiklariga yuqori chidamlilik hamda vankomisin, rifampisin, meropenemga (100%) yuqori sezuvchanlik isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2023 yil 2 iyundagi 19-son xulosasi asosida:
retrospektiv tahlilda 2010-2021 yillarda kattalardagi yiringli meningit/meningoensefalitning asosiy etiologik omili S.pneumoniae (39,8%), pnevmokokkli meningit bilan kasallanishning sporadikligi, kasallanishning ortishi 2010 va 2017-2019 yillarda qayd etilgan. 2015-2020 yillarda PZR-RT usuli yiringli meningitning etiologik identifikatsiyasini 6,1% dan 26% gacha oshirdi. Bu o‘z o‘rnida shu guruhlardagi bemorlarga o‘z vaqtida maxsus profilaktika chora-tadbirlarini amalga oshirish, kasallanish, o‘lim ko‘rsatkichlari, nogironlikni kamayishiga imkon yaratgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sog‘liqni saqlash amaliyotiga Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 18 maydagi 141-son buyrug‘i asosida joriy qilingan. Ushbu buyruq asosida  Samarqand viloyati «Humo» emlash markazi bo‘yicha 2022 yil 31 maydagi 8-son bayonnomasi bilan «Vaksina» ma’suliyati cheklangan jamiyat tibbiy-tashxislash markazi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 12-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: katta yoshdagi bemorlarda yiringli meningit/ meningo-ensefalitlarning etiologiyasida S.pneumoniaening  o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari retrospektiv tahlililari, samarali tashxislash orqali bemorlarning faol hayotga  qaytishi, xastalik tufayli vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik kunlarini qisqartirish, nogironlik darajasini kamaytirish va o‘limni oldini olish  imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: pnevmokokk infeksyasining katta yoshdagi insonlarda oldini olishda maxsus profilaktika orqali epidemik jarayonni oldini olish, statsionar sharoitida davolash sonini kamaytirish va antibakterial dori vositalarini qo‘llashga extiyoj pasayitirish orqali  bir bemor hisobiga 2 million so‘mni tejash imkonini bergan. Xulosa: katta yoshdagi bemorlarda yiringli meningit/meningo-ensefalitlarning etiologiyasida S.pneumoniaening  o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari retrospektiv tahlililar va maxsus profilaktikasi maqsadida pnevmokokkga qarshi vaksinani qo‘llanilishi bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2 million so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «S.pneumoniaening serotipik tuzilishini hisobga olgan holda kattalarda pnevmokokk infeksiyasining klinik-epidemiologik xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 31 maydagi 1704-son xat yuborilgan.
S.pneumoniaening nazofareingeal tashuvchanligi pnevmokokk infeksiyasi tarqalishining asosiy mezoni bo‘lib, bugungi kunda S.pneumoniaening sirkulyasiyadagi serotiplarini monitoringini olib borish, pnevmokokk infeksiyasini epidemiologik kuzatishning keng qo‘llaniladigan usuli hisoblanadi. Pnevmokokkka qarshi samarali emlash kasallanishni kamaytirish orqali antibiotiklar iste’molini kamaytirishni ta’minlaydi, bu esa inson patogenlariga chidamlilikni rivojlanishini oldini oladi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sog‘liqni saqlash amaliyotiga Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 18 maydagi 141-son buyrug‘i asosida joriy qilingan. Ushbu buyruq asosida  Samarqand viloyati «Humo» emlash markazi bo‘yicha 2022 yil 31 maydagi 8-son bayonnomasi bilan «Vaksina» ma’suliyati cheklangan jamiyat tibbiy-tashxislash markazi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 12-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat:  ilk bora surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida S.pneumoniaening nazofaringeal turining tashuvchanligi asosida pnevmokkokk infeksiyasini serotiplarni erta tashxislash va xastalikni keng qamrovli tarqalishini oldini olish tartibi yaxshilanish natijasida nogironlik darajasini kamaytirish imkonini bergan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida bemorlarda pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash shifoxonada davolanish, kasallikni avj olishi sonini emlanmagan guruhdagi bemorlarga nisbatan 4,26 baravarga kamayish, davlat byudjetidan yiliga 500 million so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida pnevmokokk kon’yugirlangan vaksinasini maxsus profilaktika sifatida qo‘llash orqali bemorlarda kasallikni avj olishini kamytirish, kasalxonada davolanishni 1-2 kunga qisqartish, antibiotiklarning ishlatish va asortlarni kamaytirish hisobiga davlat byudjetidan yiliga 500 million so‘mni tejash imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «S.pneumoniae ning serotipik tuzilishini hisobga olgan holda kattalarda pnevmokokk infeksiyasining klinik-epidemiologik xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 31 maydagi 1704-son xat yuborilgan.
S. pneumoniae ning sirkulyasiyadagi serotiplar spektri monitoringi pnevmokokk infeksiyasiga qarshi vaksinalarini asoslangan tarzda tanlash hamda vaksinalarni samaradorligini baholash imkonini yaratadi. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sog‘liqni saqlash amaliyotiga Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 18 maydagi 141-son buyrug‘i asosida joriy qilingan. Ushbu buyruq asosida  Samarqand viloyati «Humo» emlash markazi bo‘yicha 2022 yil 31 maydagi 8-son bayonnomasi bilan «Vaksina» ma’suliyati cheklangan jamiyat tibbiy-tashxislash markazi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 12-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kattalarda invaziv pnevmokokk infeksiyasiga qarshi qo‘llanilgan vaksinalarning tarkibiga kiritilgan S.pneumoniaening 19F, 1, 14, 6A/V, 3, 2, 5 serotiplarini spektrlarning xavfliligi natijasida yuzaga keladigan asoratlar oldini olish tartibi, erta tashxislash va davolash sifati yaxishlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: kattalarda pnevmokokkli kon’yugirlangan vaksinalarni ishlatish surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida bemorlarda pnevmokokk infeksiyasiga qarshi emlash kasallikni avj olishi sonini emlanmagan guruhdagi bemorlarga nisbatan 4,26 baravarga kamayish, davlat byudjetidan yiliga 500 million so‘mni iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: yiringli meningit/meningoensefalit bilan xastlangan bemorlardan ajratilgan S.pneumoniaening 19F, 1, 14, 6A/V, 3, 2, 5 serotiplarini spektrlarning surunkali obstruktiv o‘pka kasalligida pnevmokokk kon’yugirlangan vaksinasini maxsus profilaktika sifatida qo‘llash orqali bemorlarda kasallikni avj olishini kamytirish, kasalxonada davolanishni 1-2 kunga qisqartish, antibiotiklarning ishlatish va asoratlarni kamaytirish hisobiga davlat byudjetidan yiliga 500 million so‘mni iqtisod qilishga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «S.pneumoniae ning serotipik tuzilishini hisobga olgan holda kattalarda pnevmokokk infeksiyasining klinik-epidemiologik xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 31 maydagi 1704-son xat yuborilgan.
S.pneumoniaening klinik shtammlarida antibiotiklarga nisbatan rezistentlik rivojlanishi, kasallikni antibiotiklar bilan davolash samarasini pasaytirib, og‘ir, asoratlangan shakllarini uchrashiga olib keladi. Bu esa o‘z o‘rnida pnevmokokkli infeksiyalarda bemorlardan ajratilgan S.pneumoniaening klinik shtammlarining antibiotiklarga sezgirligini tashxislash bemorlarda to‘g‘ri antibakterial terapiyaga yondoshuvini optimallashitirish hamda pnevmokokklarni antibiotiklarga rezistentlik holatini aniqlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Sog‘liqni saqlash amaliyotiga Sog‘likni saqlash vazirligining 2020 yil 18 maydagi 141-son buyrug‘i asosida joriy qilingan. Ushbu buyruq asosida  Samarqand viloyati «Humo» emlash markazi bo‘yicha 2022 yil 31 maydagi 8-son bayonnomasi bilan «Vaksina» ma’suliyati cheklangan jamiyat tibbiy-tashxislash markazi bo‘yicha 2022 yil 30 maydagi 12-son bayonnomasi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlardan ajratilgan S.pneumoniae ning klinik va nazofaringeal shtammlarining antibiotiklarga sezgirligini samarli  tashxislash  va etiotrop davolash taktikasi tanlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlardan ajratilgan S.pneumoniae ning klinik va nazofaringeal shtammlarining antibiotiklarga sezgirligini tashxislash pnevmokokk infeksiyasining etiologik davosini takomillashtirish, kasallikni asoratlarini qisqartirish, qo‘shimcha antibiotiklarni qo‘llashni oldini olish va reabilitatsiyaga ortiqcha sarf xarajatlarni kamaytirish orqali  bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Xulosa: bemorlardan ajratilgan S.pneumoniaening klinik va nazofaringeal shtammlarining antibiotiklarga sezgirligining monitoringi va S.pneumoniaening rezistent shtammlarini aniqlash, monitoring asosida empirik antibakterial davo tartibini erta boshlash, kasallikni davolashda asoratlar rivojlanishini qisqartirish va bir nechta antibiotiklarni qo‘llashni oldini olib, davolanishga sarflanadigan mablag‘larini bir nafar bemor hisobiga byudjet mablag‘larini 2000000 so‘mga iqtisod qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «S.pneumoniae ning serotipik tuzilishini hisobga olgan holda kattalarda pnevmokokk infeksiyasining klinik-epidemiologik xususiyatlari» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori tomonidan 2022 yil 31 maydagi 1704-son xat yuborilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish