Tillaeva Rayxona Tuxtasinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish  texnologiyasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3646.
Ilmiy rahbar: Kambarova Saodat Irkinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash). 
    Rasmiy opponentlar: Safarova Roxat Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Abduvalitov Ergash Buranevich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni izlanish, konstruksiyalash, texnologiyalashtirish, loyihalash, muvaffaqiyat daqiqalari, refleksiya, motivatsiya kabi pedagogik-psixologik xususiyatlarni aniqlashtirish hamda jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi internal va eksternal omillarni belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni tadqiqot faoliyatiga rag‘batlantiruvchi adaptiv, lokal-modellashtirilgan, intensiv, ergonomik kabi didaktik shart-sharoitlar, ilmiylik, assotsiativlik, fundamental, amaliy tamoyillar o‘quv va ilmiy tadqiqot tushunchalari o‘rtasidagi subektiv, obektiv muammolarga echim topish bilan bog‘liq farqni aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
yuqori sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeli izlanuvchanlikka xos ta’kidiy, mantiqiy, umumlashtiruvchi texnologiyalarning shaxsiy, tizimli, kognitiv, kommunikativ komponentlari tarkibiga pozitivlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, faollik kabi yaratuvchanlik elementlarini kiritish asosida ishlab chiqilgan;
adabiyot darslarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyati motivatsiyasini oshirishga qaratilgan loyiha texnologiyasi, muammoli ta’lim, modulli ta’lim, Gardner nazariyasi, adabiy loyiha, uchlik kundaliklarni g‘oyalarni topish, tasodifiy ta’sir, almashtirish, ijodiy pauza, mental buzilish kabi lateral metodlar bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori sinf adabiyot darslarida o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish texnologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori sinf o‘quvchilarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish mazmuni izlanish, konstruksiyalash, texnologiyalashtirish, loyihalash, muvaffaqiyat daqiqalari, refleksiya, motivatsiya kabi pedagogik-psixologik xususiyatlarni aniqlashtirish hamda jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi internal va eksternal omillarni belgilash hamda yuqori sinf o‘quvchilarida izlanuvchanlikka xos ta’kidiy, mantiqiy, umumlashtiruvchi texnologiyalarning shaxsiy, tizimli, kognitiv, kommunikativ komponentlari tarkibiga pozitivlik, tashabbuskorlik, mustaqillik, faollik kabi yaratuvchanlik elementlarini kiritish asosida ishlab chiqilgan tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish modeli Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan PZ-2020042022 raqamli “Turkiy tillarning lingvodidaktik elektron platformasini yaratish” mavzusidagi  amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 25-oktyabrdagi 04/1-2960-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyasini shakllantirish texnologiyasi motivatsion, refleksiv, kreativ va evristik ta’lim metodlari asosida takomillashtirilgan;
        adabiyot darslarida tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish metodikasi o‘quvchilarning o‘quv-biluv faoliyati motivatsiyasini oshirishga qaratilgan loyiha texnologiyasi, muammoli ta’lim, modulli ta’lim, Gardner nazariyasi, adabiy loyiha, uchlik kundaliklarni g‘oyalarni topish, tasodifiy ta’sir, almashtirish, ijodiy pauza, mental buzilish kabi lateral metodlar bilan integratsiyalash asosidagi yondashuvlardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan AM-F3-201908172 raqamli  “O‘zbek tilining ta’limiy korpusini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2022-yil 25-oktyabrdagi 04/1-2961-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirishning metodik ta’minoti zamonaviy yondashuvlar asosida boyitilishiga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish