Da Zhenxinning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “O‘zbekcha va xitoycha maqollarning lingvistik tadqiqi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD Fil/3144.
Ilmiy rahbar: Muhamedova Saodat Xudoyberdievna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01 (bir martalik ilmiy kengash). 
Rasmiy opponentlar:  Hoshimova Sabohat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Jo‘raeva Bibish Muhsinovna, filologiya fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot:   O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:  nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi  o‘zbekcha va  xitoycha  maqollarning chog‘ishtirma  lingvistik jihatlarini ilmiy asoslashda iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va  xitoy  tillaridagi maqollarning leksik-grammatik maqomini aniqlash mezonlari ularning tuzilishi, semantikasi, obrazliligi, didaktikligi kabi o‘zaro farqlovchi xususiyatlar tarkibini aniqlashtirish asosida dalillangan; 
o‘zbekcha va xitoycha  maqollarning fonetik xususiyatlari aniqlanib, ularni chog‘ishtirish natijasida fonetika nuqtayi nazaridan xitoycha maqollar asosan maqollarning semantikasini ohang, urg‘u, qofiyalar orqali ifodalashi, o‘zbek maqollarida asosan  urg‘u va qofiya ishlatilishi  ochib berilgan; 
 o‘zbekcha va xitoycha  maqollardagi sinonimiya, antonimiya, gradunomiya, maqollarda so‘z tanlash, qo‘llashning o‘ziga xos  yo‘llari aniqlanib, maqollarning  o‘ziga xos  semantik  xususiyatlari  ko‘rsatilgan, grammatika nuqtayi nazaridan, o‘zbek  va xitoy maqollari sodda va qo‘shma gaplardan tuzilgan bo‘lsa-da,  xitoy maqollarida murakkabroq jumlalar ko‘p  ishlatilishi, gap tuzilishi nuqtayi nazaridan xitoy maqollari murakkab bo‘lsa-da,  uyg‘un intonatsiyaga egaligi, o‘’zbek maqollarida ham sodda gaplardan ko‘ra qo‘shma gaplar ko‘p uchrashi  aniqlangan; 
o‘zbekcha va xitoycha maqollari o‘rtasidagi lisoniy-madaniy nomuvofiqliklar  mazmuni ikki xalq tarixi, mentaliteti, madaniyati, har xil dinlar, geografik joylashuvi bilan bog‘liqligi kabi lisoniy-madaniy nomuvofiqliklarni belgilash asosida ochib berilib, o‘zbekcha va xitoycha maqollar o‘rtasidagi universaliyalar aniqlanib, ular semantik-struktur jihatdan chog‘ishtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekcha va xitoycha maqollarni chog‘ishtirish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
nomlar zaxirasini yaratish uchun o‘zbek xalq maqollarida ifodalangan leksemalar xalqimiz hayotida muhim oziq-ovqat mahsuloti, kiyim-kechak manbayi sifatida katta rol o‘ynagani sababli kundalik yashash tarzi, hayot kechirishi, urf-odat, marosimlari shakllanishiga ma’lum darajada asos bo‘lganligi, mazkur maqollarda bugungi kunda unutilgan yoki unutilayotgan milliy o‘yin, udum, an’ananlarimiz saqlanib kelayotganligi tahliliga doir ilmiy xulosalardan  Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2019–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymning: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3 -martdagi 01/4-472-son maʼlumotnomasi). Natijada loyiha maqollarda bugungi kunda unutilgan yoki unutilayotgan milliy o‘yin, udum, an’ananlarimizga doir tahliliy materiyallar bilan boyitilgan;
    o‘zbek va xitoy tillaridagi maqollarda odamning ijobiy yoki salbiy baho ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladigan va adresatga xos harakatlar, fikrlash yoki baholash kategoriyalari doirasidagi ma’no markerlari; maqollarda insonni fazilatlari va faoliyat obrazining mezoniga ko‘ra baholash, xususan, ma’noning ikki tomonliligi xususiyatiga ega bo‘lgan axloqiy, estetik, intellektual, pragmatik baholash turlariga ajratilgan terminlarga oid ilmiy ma’lumotlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va  adabiyoti universitetida  2017–2018-yillarda bajarilgan OT-A1-018 raqamli “O‘zbek tili va uning tarjimasi bilan bog‘liq elektron va bank-moliya terminlarining ko‘p tilli lug‘atlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 3-martdagi 01/4-473-son maʼlumotnomasi). Natijada maqollar u yoki bu xalqning milliy-madaniy xususiyatlarini va olamning lisoniy manzarasini aks ettiruvchi asosiy namunalarini qo‘llash orqali xalq mentalitetini aks ettirishi masalalari o‘z echimini topgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish