Yusupova Dilnoza Fayzullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab direktorlarining huquqiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirish”, 13.00.07 - Ta’limda menejment (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped1515.
Ilmiy rahbar: Sharipova Dilara Djumaniyozovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Borotov Mirodiljon Xomudjonovich, yuridik fanlar doktori, professor; Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab direktorlarining huquqiy (mehnat huquqi) kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab direktorlarining huquqiy kompetentligini rivojlantirish nafaqat jamoadagi sog‘lom muhit, pedagoglarning qadr-qimmati va mavqeini oshirishga xizmat qilishi, balki huquqiy kompetentlikka dominantlik berish boshqaruvga oid boshqa (kommunikativ kompetensiya, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetensiyasi, o‘zini o‘zi va kadrlarni kasbiy rivojlantirish kompetensiyasi, mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetensiyasi, inklyuziv ta’limni joriy etish kompetensiyasi, boshqaruv kompetensiyasi, moliyaviy-iqtisodiy) kompetensiyalarni samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga olib kelishi isbotlangan;
davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini adliya organlari huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari qamroviga kiritish asosida, maktablarni bosqichma-bosqich “e-huquqshunos” elektron tizimiga bepul ulash orqali ish yurituv faoliyatini takomillashtirish asoslantirilgan;
maktab direktorlarini lavozimga tayyorlash mexanizmi 2 bosqichli: pedagogika oliygohlari o‘quv dasturlariga mehnat huquqiga doir nazariy ma’lumotlarni boshqaruv nuqtai nazaridan kiritish hamda kasbiy rivojlantirish va menejerlik kurslarida differensial, ehtiyojlarga asoslangan yondashuvlar asosida huquqiy ko‘nikmalarini oshirishda uzlyuksiz va uzviylikni ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
maktab direktorlarining huquqiy kompetentligi “mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli” asosida ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlariga o‘zgartirish kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab direktorlarining huquqiy (mehnat huquqi) kompetentligini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
maktab direktorlarining huquqiy kompetentligini rivojlantirish nafaqat jamoadagi sog‘lom muhit, pedagoglarning qadr-qimmati va mavqeini oshirishga xizmat qilishi, balki huquqiy kompetentlikka dominantlik berish boshqaruvga oid boshqa (kommunikativ kompetensiya, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va media savodxonlik kompetensiyasi, o‘zini -o‘zi va kadrlarni kasbiy rivojlantirish kompetensiyasi, mas’uliyat va moslashuvchanlik kompetensiyasi, inklyuziv ta’limni joriy etish kompetensiyasi, boshqaruv kompetensiyasi, moliyaviy-iqtisodiy) kompetensiyalarni samaradorligiga bog‘liq bo‘lib, ta’lim sifatini oshirishga olib kelishi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 9-martdagi 04-02/3-75-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab direktorlari malakasini oshirish kursi “Boshqaruvda huquqiy masalalar” modulining ehtiyojlarga asoslangan o‘quv-metodik ta’minoti yaratilgan;
maktab boshqaruvini samarali tashkil etishda direktorlarning huquqiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmini takomillashtirishga oid takliflari umumiy o‘rta ta’lim maktablari faoliyatini huquqiy jihatdan ta’minlash samaradorligini oshirish, shu jumladan ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 9-martdagi 04-02/3-75-son ma’lumotnomasi). Natijada adliya organlari huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablarini bosqichma-bosqich “e-huquqshunos” elektron tizimiga bepul ulash tartibi ishlab chiqilgan;
maktab direktorlarining huquqiy kompetentligi “mehnat shartnomasi (kontrakt)ning namunaviy shakli” asosida ish beruvchining majburiyatlari, mehnat shartnomasi (kontrakt)ning mehnat sharoitlari va unga haq to‘lash xususiyatlari, ijtimoiy himoya, imtiyozlar, kafolatlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa shartlariga o‘zgartirish kiritish orqali takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 9-martdagi 04-02/3-75-son ma’lumotnomasi). Natijada mehnat shartnomasining namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
maktab direktorlarini lavozimga tayyorlash mexanizmi 2 bosqichli: pedagogika oliygohlari o‘quv dasturlariga mehnat huquqiga doir nazariy ma’lumotlarni boshqaruv nuqtai nazaridan kiritish hamda kasbiy rivojlantirish va menejerlik kurslarida differensial yondashuv asosida huquqiy ko‘nikmalarini oshirishda uzlyuksiz va uzviylikni ta’minlash orqali takomillashtirilgan takliflar O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 9-martdagi 04-02/3-75-son ma’lumotnomasi). Natijada maktab direktorlarining lavozimga tayyorlash tartibi va shu asosda sertifikatlashtirish tizimi joriy etilgan.