Ergasheva Malohat Tursunovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarning  tabiiy-ilmiy  savodxonligi monitoringida baholash dasturlaridan foydalanish metodikasi (PISA, TIMSS misolida)”, 13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tabiiy fanlar) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/Ped407.  
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Shaxzoda Abdullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot instituti, DSc.28/30.12.2019.Ped.68.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich pedagogika fanlari doktori, professor; Xalikov A’zam Abdusalomovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramova Shaxnoza Abrorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (DSc), professor. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligi monitoringida baholash dasturlari PISA, TIMSSdagi topshiriqlardan foydalanish metodikasini takomillashtirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarning tabiiy fanlar savodxonligini nazariya va amaliyot birligiga erishish maqsadida funsional  va ta’limiy monitoring qilishning tashkiliy-pedagogik, motivatsion, amaliy-faoliyatli jarayonlari PISA va TIMSS dasturlarida keltirilgan topshiriqlarning didaktik tamoyillariga bo‘ysundirilgan konpediumida takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dasturlarida keltirilgan topshiriqlar tuzilmasini o‘quv predmetlari mazmuniga singdirish maqsadida tabiiy fanlar savodxonligini monitoring qilishga yo‘naltirilgan bosqichlarning pedagogik imkoniyatlari tashqi va ichki ta’sir kabi tasnifiy guruhlari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini STesting platformasida joylashtirilgan TIMSS topshiriqlarini bajarishda amalga oshiriladigan didaktik remeyk ta’minoti kognitiv o‘lchov orqali monitoring qilish tuzilmasi asosida tabiiy fanlarni integrativ (Science) o‘qitilishiga yo‘naltirilib takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini monitoring qilish mexanizmlarining uzlyuksiz ta’minlanishini amalga oshirishning algoritmik kontensiyasi o‘quv fanlarining mazmun-mohiyatini yoritish maqsadlariga xizmat qiluvchi vertikal modellashtirish konfiguratsiyasining sifatli o‘lchovi takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini PISA va TIMSS topshiriqlari orqali baholash va monitoring qilishning konseptual, indikativ modellari ularda zarur hayotiy ko‘nikmalar (maqsadning aniqligi, tez va samarali qaror qabul qilish, vaziyatga moslashish, kommunikativlik, natijalarni prognoz qilish)ni samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon fabulasini tashkil etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  O‘quvchilarning  tabiiy-ilmiy  savodxonligi monitoringida baholash dasturlaridan foydalanish metodikasi (PISA, TIMSS misolida) mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
“STesting” platformasida o‘qituvchi va o‘quvchilarni PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro tadqiqotlardagi topshiriqlar bo‘yicha ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, natijalarni esa baholash va doimiy tahlil qilib, monitoring olib borish malakalariga ega bo‘lishi yuzasidan xulosalar Xalq ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirigining 2021-yil 16-dekabrdagi “O‘quvchilarni PIRLS, PISA va TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash” 404-son buyrug‘i, A.Avloniy nomidagi ITI 2021-yil 30-dekabrdagi 01-143-son buyrug‘ining 2-ilovasi). Natijada trener sifatida tayanch maktablarga biriktirilgan maktab o‘qituvchilariga “Stesting” platformasi imkoniyatlari va unda ishlash tartibi” kursi bo‘yicha o‘quvlar o‘tkazilgan;
xalqaro baholash dasturlari asosida biologiya fani o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan kasbiy kompetensiyalarni oshirishga mo‘ljallangan kontent (dastur, ma’ruza matn, nazorat savollari, taqdimotlar) va xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan tayanch maktablar uchun “Treninglar o‘quv dasturi” metodik tavsiyalar Xalq ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirigining 2021-yil 16-dekabrdagi “O‘quvchilarni PIRLS, PISA va TIMSS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash” 404-son buyrug‘i, A.Avloniy nomidagi ITI 2021-yil 30-dekabrdagi 01-143-son buyrug‘ining 2-ilovasi). Natijada umumta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha egallashi kerak bo‘lgan kompetensiyalarni, PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari doirasidagi ta’limiy va funksional savodxonligini rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
“STesting” elektron platformasida o‘qituvchi va o‘quvchilarni xalqaro baholash dasturlari doirasida o‘tkaziladigan test topshiriqlari bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirishga qaratilgan takliflar “PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro baholash dasturlariga maktab o‘quvchilarini tayyorlash mexanizmlari” nomli metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan Xalq ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirigining 2021-yil 16-dekabrdagi 404-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘quvchilarda zarur hayotiy ko‘nikmalar maqsadning aniqligi, tez va samarali qaror qabul qilish, tabiiy-ilmiy muammolarni tezkor tahlil etish va vaziyatga moslashishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyat elementlarini pedagogik jarayonga adaptivlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini funksional kompetensiyalar tahliliga ustuvorlik berish asosida monitoring qilish va mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar Xalq ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirigining 2021-yil 16-dekabrdagi 404-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya fani o‘qituvchilari uchun tayyorlangan 72 ta videokontent materiallarini ekspertizadan o‘tkazishda berilgan ilmiy tavsiyalar asosida loyiha doirasida tayyorlangan kontent materiallari mazmunan boyitilishi, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etilishi, tabiiy fan o‘qituvchilarining zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalardan samarali foydalanishlariga erishilgan; 
o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonlik bo‘yicha egallashi kerak bo‘lgan kompetensiyalar, biologiya darslarida PISA va TIMSS topshiriqlaridan foydalanish, fanni o‘qitishda xalqaro tadqiqotlar doirasida o‘quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga oid takliflar Xalq ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirigining 2021-yil 16-dekabrdagi 404-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayyorlangan kontent materiallari mazmunan boyitilib, biologiya fan o‘qituvchilarining xalqaro baholash dasturlari haqidagi nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasi oshgan;
umumta’lim maktab rahbarlari va fan metodistlari uchun o‘quv reja va dastur hamda content (taqdimotlar, nazorat savollari, videodars) yaratish bo‘yicha uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish kursining video mahsulotlari Xalq ta’limi vazirigi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirigining 2021-yil 16-dekabrdagi 404-son ma’lumotnomasi). Natijada umumta’lim maktab rahbarlari va fan metodistlarining ta’lim sifatini PISA, PIRLS va TIMSS xalqaro dasturi talablari asosida baholashning shakl, metod va vositalari haqidagi nazariy va amaliy tayyorgarligi darajasi oshgan, tabiiy-ilmiy savodxonlik kompetensiyalarini tashkil qiluvchi komponentlarni tahlil qilishga oid bilimlari shakllantirilgan va ularni amaliyotda qo‘llay olish ko‘nikmalari rivojlantirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish