Yakobjanov Jasur Jamshitjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonning zamonaviy tadqiqotlarida Qo‘qon xonligi davlatchiligi masalasi (tarixshunoslik tahlili)”, 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.1.PhD/Tar1069.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Bobobekov Haydarbek Nazirbekovich, tarix fanlari doktori, professor; Xudoyqulov To‘lqin Do‘stboboevich, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning mustaqillik yillarida Qo‘qon xonligi davlatchiligi masalasiga bag‘ishlangan tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai-nazaridan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonning mustaqillik davri tadqiqotlarida tarixiy voqealarga nisbatan haqqoniy baho berila boshlanganligi xususan, Qo‘qon xonligining davlatchilik masalalari va uning Rossiya imperiyasi bilan diplomatik aloqalariga birlamchi manbalar asosida xolisona va ob’ektiv yondoshuv shakllanganligi aniqlangan;
Qo‘qon xonligida Ming sulolasi hukmronligi legitimlashtirish masalalari Umarxon tomonidan o‘zini diniy va dunyoviy hokimiyat egasi deb e’lon qilinishi bilan bog‘liqligi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida isbotlangan;
Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinish tarixini o‘rganishdagi yondashuvlarning XX asr tadqiqotlariga nisbatan mustaqillik yillari tadqiqotlarida arxiv hujjatlari va manbalar asosida tarixiylik nuqtai nazaridan aniqlik kiritilganligi dalillangan;
mustaqillik davrida Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarda xonlikning siyosiy tarixi va hukmdorlarning davlatni boshqargan yillarini yoritishda noaniqliklar, bir-biriga zid ma’lumotlar mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning mustaqillik davri tadqiqotlarida tarixiy voqealarga nisbatan haqqoniy baho berila boshlanganligi xususan, Qo‘qon xonligining davlatchilik masalalari va uning Rossiya imperiyasi bilan diplomatik aloqalariga birlamchi manbalar asosida xolisona va ob’ektiv yondoshuv shakllanganligi ilmiy tadqiqot natijalari hamda tarixshunoslik tahlili davomida olingan ilmiy xulosa va natijalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ochiq dars”, “Manbalar so‘zlaganda” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda mazkur tadqiqotda ilgari surilgan nazariy hamda amaliy tavsiyalardan foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 yanvardagi 04-45-785 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qo‘qon xonligining davlatchilik masalalari va uning Rossiya imperiyasi bilan diplomatik aloqalariga oid haqqoniy ma’lumotlar bilan keng jamoatchilik tanishishiga erishilgan;
Qo‘qon xonligida Ming sulolasi hukmronligi legitimlashtirish masalalari Umarxon tomonidan o‘zini diniy va dunyoviy hokimiyat egasi deb e’lon qilinishi bilan bog‘liqligi O‘zbekiston mustaqilligi yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar tahlili natijasida olingan ma’lumotlardan A-1-30 raqamli “Milliy ramzlar ensiklopediyasini tayyorlash va nashr etish” nomli ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022 yil 4 apreldagi 02-07-916/04 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qo‘qon xonligining bayrog‘i, muhri, tangalari bo‘yicha materiallaridan “Milliy ramzlar ensiklopediyasi”ni tayyorlashda foydalanilgan;
Qo‘qon xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinish tarixini o‘rganishdagi yondashuvlarning XX asr tadqiqotlariga nisbatan mustaqillik yillari tadqiqotlarida arxiv hujjatlari va manbalar asosida tarixiylik nuqtai nazaridan aniqlik kiritilgan ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 7 noyabrdagi 4-13-23-3713 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida Rossiya imperiyasi tomonidan Qo‘qon xonligining harbiy istilochilik yurishlari orqali bosib olinganligi, milliy ozodlik harakatlari, milliy davlatchilikni tiklash uchun harakatlar haqidagi ma’lumotlar yoshlarni tarixiy taffakurini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan tadbirlarda keng foydalanilgan;
mustaqillik davrida Qo‘qon xonligi tarixi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarda xonlikning siyosiy tarixi va hukmdorlarning davlatni boshqargan yillarini yoritishda noaniqliklar, bir-biriga zid ma’lumotlar mavjudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish yo‘llari “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarix va yangi talqin” hamda “Tarixiy savol” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini yozishda mazkur tadqiqotda ilgari surilgan nazariy hamda amaliy tavsiyalardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 18 yanvardagi 04-45-785-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy yangiligining amaliyotga joriy etilishi natijasida Qo‘qon xonligi tarixini to‘liq, haqqoniy, xolis o‘rganish va o‘qitishga imkon bergan.