Xolliev Azizbek Go‘zalovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar: Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Rossiya XIX asrning oxirgi choragi - XX asr boshida: xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish va amalga oshirishning tarixiy tajribasi (Buyuk Britaniya va AQSh misolida)”, 07.00.03 – Jahon tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2022.3.DSc/Tar153.
Ilmiy maslahatchi: -
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Raxmon Farmonov, tarix fanlari doktori, professor; Mirzoxid Akramovich Raximov, tarix fanlari doktori, professor; Raxbar Ergashevna Xalikova, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asrning oxirgi choragi - XX asr boshida Rossiyaning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonlarini Buyuk Britaniya va AQSh misolida ochib berishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Buyuk Britaniya va AQSh bilan iqtisodiy aloqalarini tashkil qilish va amalga oshirish jarayonlariga oid huquqiy bazasida qabul qilingan “Rossiyada doimiy yoki vaqtincha bo‘lgan xorijliklarning yangi huquqlari to‘g‘risida”gi farmon, “Tijorat nizomi”, “Savdo va dengizda kemalar qatnovi to‘g‘risida”gi shartnomalar xorijiy fuqarolar va turli millat vakillarining Rossiyadagi iqtisodiy faoliyati, savdoni amalga oshirish, moliyalashtirish, iqtisodiyotni tashqaridan kreditlash hamda xorijiy sarmoyalarini jalb etish kabi masalalarni tartibga solganligi isbotlangan;
tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish va boshqarish tizimi, shuningdek, tadbirkorlik vakillik institutlarining bosqichma-bosqich shakllanishi Rossiya davlatchiligining umumiy tarixiy rivojlanishini belgilab bergan iqtisodiyotni proteksionizm va liberallashtirish qarashlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tendensiyasiga mos kelganligi dalillangan;
Rossiya hukumati qimmatbaho qog‘ozlarini G‘arb moliya bozorlarida ilgari surishga alohida e’tibor qaratgani, Britaniya va AQShda yirik davlat zayomlarini joylashtirishga urinishlar siyosiy va iqtisoddiy ziddiyatlar sababli muvaffaqiyasizlikka uchrashiga qaramasdan, savdo sohasini moliyalashtirishda britaniyaliklar, Rossiya moliya bozorida sug‘urtalash tizimini rivojlantirishda esa amerikaliklar faol ishtirok etganligi ochib berilgan;
britaniyalik va amerikalik tadbirkorlarning Rossiya iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari, asosan, sanoatning ustuvor tarmoqlarida, ilg‘or texnikalar va tayyor sanoat maxsulotlari importida mujassam bo‘lganligi hamda ular tashqi iqtisodiy aloqalar doirasidagi dengiz savdosi, kommunikatsiyalar va tijorat infratuzilmalarini rivojlantirishda ishtirok etganligi aniqlangan;
Rossiya-Buyuk Britaniya va Rossiya-AQSh iqtisodiy aloqalarida bir-biridan hajmi, yo‘nalishlari va tavsifiy xususiyatlari bo‘yicha farqlar bo‘lishiga qaramay, umumiy holat to‘lqinsimon xarakterdagi o‘sish tendensiyasini namoyon etganligi bilan izohlanishi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Rossiya XIX asrning oxirgi choragi - XX asr boshida: xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish va amalga oshirishning tarixiy tajribasi tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Buyuk Britaniya va AQSh bilan iqtisodiy aloqalarini tashkil qiish va amalga oshirish jarayonlariga oid huquqiy bazasida qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda davlatlararo shartnomalar xorijiy fuqarolar va turli millat vakillarining Rossiyadagi iqtisodiy faoliyati, savdoni amalga oshirish, moliyalashtirish, iqtisodiyotni tashqaridan kreditlash hamda xorijiy sarmoyalarini jalb etish kabi masalalarni tartibga solganligiga oid ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rejasi asosida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik institutida nashr etilgan “Jahon tarixi” nomli darslikda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14 avgustdagi 418-son guvohnomasi). Natijalar rus davlatining xorijiy davlatlar bilan tashqi aloqalarini o‘rganish, shuningdek, jahon tarixining Rossiya imperiyasi mavjub bo‘lgan davri bo‘yicha qarashlarni boyitish va ilmiy xulosalarni kengaytirish imkonini bergan;
tadqiq qilingan davrda tashqi iqtisodiy aloqalarni tashkil qilish va boshqarish tizimi, shuningdek, tadbirkorlik vakillik institutlarining shakllanishi Rossiya davlatchiligining umumiy tarixiy rivojlanishini belgilab bergan iqtisodiyotni proteksionizm va liberallashtirish qarashlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik tendensiyasiga mos kelganligiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar davlat muzeyidagi ekspozisiyalarni shakllantirishda va 2021-2023 yillarda bajarilgan “O‘zbek harbiy san’ati tarixi” mavzusidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023 yil 20 yanvardagi 10/135-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey ekspozisiyalarini boyitishga va XIX asrning oxirgi choragi - XX asr boshida Rossiyaning xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalari tizimini barpo etish tarixi haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
Rossiya hukumati qimmatbaho qog‘ozlarini G‘arb moliya bozorlarida ilgari surishga alohida e’tibor qaratgan bo‘lsada, Britaniya va AQShda yirik davlat zayomlarini joylashtirishga urinishlar muvaffaqiyasizlikka uchrasada, savdo sohasini moliyalashtirishda britaniyaliklar, Rossiya moliya bozorida sug‘urtalash tizimini rivojlantirishda esa amerikaliklar faol ishtirok etganligiga doir natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqlari qo‘mitasining xorijiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan ilmiy seminar va davra suhbatlarini tashkil qilishda hamda yo‘l xaritalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqlari qo‘mitasining 2023 yil 1 fevraldagi 14-07-97-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi o‘tkazilgan ilmiy seminar va davra suhbatlarining amaliy ahamiyatini oshirishga imkon bergan;
britaniyalik va amerikalik tadbirkorlarning Rossiya iqtisodiyotiga kiritgan sarmoyalari, asosan, sanoatning ustuvor tarmoqlarida, ilg‘or texnikalar va tayyor sanoat maxsulotlari importida mujassam bo‘lganligi hamda ular tashqi iqtisodiy aloqalar doirasidagi savdo, kommunikatsiyalar va tijorat infratuzilmalarini rivojlantirishda ishtirok etganligiga oid natijalardan O‘zMU qoshidagi AL 442105887 “Raqamli arxiv: O‘zbekiston Milliy arxivi fondlarining onlayn yo‘lko‘rsatgichini yaratish” nomli amaliy grant doirasida foydalanilgan (O‘zMUning 2023 yil 3 martdagi 04/11-1217-son ma’lumotnomasi). Tadqiq qilingan davrda Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan Turkiston o‘lkasi hududlarida xorijiy sarmoyadorlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar va tashkil qilingan korxonalar to‘g‘risida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan fondlar haqidagi ma’lumotlar hamda muallifning ilmiy xulosa va takliflari amaliy grant bo‘yicha rejalashtirilgan ishlarni samarali bajarishga yordam bergan;
bundan tashqari, Rossiya-Buyuk Britaniya va Rossiya-AQSh iqtisodiy aloqalari bir-biridan hajmi, yo‘nalishlari va tavsifiy xususiyatlari bo‘yicha farqlar bo‘lishiga qaramay, umumiy holat to‘lqinsimon xarakterdagi o‘sish tendensiyasini namoyon etgani statistik ma’lumotlarni tahlil qilish negizida va birlamchi hujjatlarning ilmiy iste’molga jalb etish orqali ochib berilganligi bilan bog‘liq natijalardan Xalqaro “OLTIN MEROS” xayriya jamoat fondining xorijiy mamlakatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan yillik dasturlarini amalga oshirishda foydalanilgan (Xalqaro “OLTIN MEROS” xayriya jamoat fondining 2023 yil 8 fevraldagi 01-11-08/02-23-son ma’lumotnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi jamoat fondi xodimlarining xalqaro iqtisodiy aloqalar bo‘yicha ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga imkon bergan.