Komilov Asliddin G‘ulomovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishlash sharoitini inobatga olgan holda CIGS asosidagi quyosh elementlari va energoqurilmalarini modellashtirish”, “01.04.10-“Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” va 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosliklari tutashuvida.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.3.DSc/T534
Ilmiy maslahatchilar: Egamberdiev Bahrom Egamberdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Tursunov Muxamad Nishanovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03. raqamli Ilmiy kengash asosida tashkil etilgan bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: - Zoxidov Romen Abdullaevich, texnika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi; Mixalevich Aleksandr Aleksandrovich, texnika fanlari doktori, professor, Belarus Fanlar Akademiyasi akademigi; Aliev Raimjon, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi CIGS asosidagi quyosh elementlari va energetik qurilmalarning funksional parametrlariga konstruksiyaviy parametrlar va tashqi faktorlarning, jumladan atrof-muhitning ta’sirini modellashtirish va tajriba tadqiqotlari asosida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
CIGS asosidagi quyosh elementlarida temperaturaning ortishi bilan strukturaning tok tashuvchilarning generatsiya-rekombinasiyasi ustunlik qiluvchi sohasida amfoter xarakterdagi nuqson komplekslaridagi o‘zgarish hisobiga akseptorlar konsentratsiyasining ortishi, hamda buning natijasida temperatura ortishi bilan salt yurish kuchlanishining pasayishi kamayib, quyosh elementlarning temperatura ortishiga bardoshliligi ortishi aniqlangan;
ilk marotaba CIGS asosidagi quyosh elementlarida CdS bufer qatlami qalinligini kamaytirish hisobiga quyosh elementlarni teskari kuchlanish ta’siriga bardoshliligini orttirish mumkinligi asoslangan bo‘lib, standart test sharoitida 2000 soniya davomida teskari kuchlanishning ta’siri ostida nazorat namunasining foydali ish koeffisienti 25% dan ko‘proq kamayishi, ikki marotaba yupqa CdS bufer qatlamili quyosh elementlarning foydali ish koeffisienti esa faqat 0,3% ga kamayishi aniqlangan. 
standart test sharoitlariga mos keluvchi tabiiy yorug‘lik ostida CIGS asosidagi quyosh elementlarining foydali ish koeffisientini baholash uchun matematik model ishlab chiqilib, uning yordamida quyosh elementlarning foydali ish koeffisientining galliy tarkibiga bog‘liqlik grafigida ikki cho‘qqi mavjud ekanligi va ularning orasidagi chuqur tubi esa deyarli Shokli-Kvayser chegarasiga to‘g‘ri kelishi, hamda cho‘qqilarning quyosh elementlari foydali ish koeffisientiga ta’siri noradiasiyaviy yo‘qotishlarning ulushi kamayishi bilan ortishi aniqlangan;
quyosh batareyasining xarakteristikalarini o‘lchashda sinov jarayonini soddalashtirish va mavjud manbalardan foydalangan holda ma’lumot to‘plash va tabiiy sharoitlariga yaqin natijalarni olish imkonini beruvchi AM1.5dagi quyosh nurlanishidan lampalar spektridagi farq asosida har xil lampalardan foydalangan holda CIGS asosidagi quyosh batareyalarini laboratoriya sharoitidagi sinovlari xatosini raqamli kompensasiyalash usuli ishlab chiqilgan;
fotoelektrik tizimning binoga integratsiya qilinganligini hisobga oluvchi matematik model ishlab chiqilib, uning yordamida quyosh panelining orqa tomonini izolyasiya qiluvchi binoga integratsiyalashuvi uning samaradorligini 11% gacha kamaytirishi va issiqlikni olish yoki foto-issiqlik aylantirgichdan foydalangan holda buning oldini olish mumkinligi, hamda issiqlik olish rejimiga qarab, foto-issiqlik aylantirgichning elektr foydali ish koeffisienti quyosh panelining foydali ish koeffisientiga nisbatan 14-27% yuqori bo‘lishi aniqlangan;
foto-issiqlik aylantirgich alohida o‘zi turganda, uning binoga integratsiyalashgan holida ham sovutish suyuqligining tabiiy aylanishi rejimida qurilmaning maksimal elektr foydali ish koeffisienti  sovutish suyuqligini kirish harorati atrof-muhit haroratiga teng bo‘lganda erishilishi, bunda quyosh paneli va foto-issiqlik aylantirgich alohida turganda foto-issiqlik aylantirgichning foydali ish koeffisienti quyosh panelinikidan 13%, ikkala qurilma binoga integratsiyalashgan holda foto-issiqlik aylantirgichning foydali ish koeffisienti quyosh panelinikidan 27% yuqori bo‘lishi aniqlangan;
ilk marotaba atrof-muhit parametrlarini ko‘p o‘lchovli modellashtirish va ularning fotoaylantirgichlarning ishlashiga ta’sirini aniqlash asosida bir vaqtning o‘zida ko‘plab parametrlarning o‘zgarishi diapazonlarida elektr energiyasining normallashtirilgan narxini baholash imkonini beruvchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
CIGS asosidagi quyosh elementlari va energetik qurilmalarning funksional parametrlariga konstruksiyaviy parametrlar va tashqi faktorlarning ta’sirini modellashtirish va tajriba tadqiqotlari natijalari asosida: 
quyosh panellarining xususiyatlarini o‘lchashning soddalashtirilgan uslubi, hamda fotoelektr panelning maksimal ishlash ko‘rsatkichlarini aniqlash (DGU04823) va atrof-muhit sharoitidagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda foydali ish koeffisientini hisoblash (DGU04858) dasturlaridan Rossiya Fanlar akademiyasining Yuqori haroratlar qo‘shma institutida bajarilgan «18-51-41-005-Raschetno-teoreticheskoe i eksperimental’noe issledovanie effektivnosti raboti geterostrukturnix kremnievix i drugix tipov fotoelektricheskix i foto-teplovix preobrazovateley energii solnechnogo izlucheniya i energoustanovok na ix osnove s uchetom klimaticheskix usloviy ekspluatasii» loyihasini bajarishda foydalanilgan (Rossiya Fanlar akademiyasining Yuqori haroratlar qo‘shma instituti Federal Davlat byudjet muassasasining 2020 yil 27 yanvardagi 11402-11-2115-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish loyiha doirasida amalga oshirilgan tadqiqotlarni tez va yuqori aniqlikda amalga oshirish imkonini bergan;
CdS bufer qatlami qalinligini ZnO:Al/iZnO/CdS/CuIn1-xGax(S,Se)2/Mo strukturali quyosh elementlariga ta’sirini turli tashqi faktorlar ostida o‘rganish natijalaridan Germaniyaning Oldenburg universiteti Fizika institutida bajarilgan FKZ 0324297F - Optimierte Qualitäsanalyse von CIGS - Modulen mittels bildgebender Messtechnik und Spektroskopie (optiCIGS-II) loyihasi doirasida foydalanilgan (Germaniyaning Oldenburg universiteti Fizika institutining 2020 yil 25 avgustdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tashqi faktorlar ta’siriga bardoshliligi bir necha barobar yuqori bo‘lgan quyosh elementlari ishlab chiqish imkonini bergan;
FAP 01405 “Hududning energetik ko‘rsatkichlarini aniqlash qurilmasi” asosida  real sharoitlarda tajribalar o‘tkazish hamda hududning resurs ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun yaratilgan qurilma  stendidan Fizika-texnika instituti noyob ob’ekti «Gelipoligon»da fotoelektrik panel va foto-issiqlik qurilmalarini chiqish parametrlarini tabiiy sharoitlarida doimiy monitoringini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023 yil 20 apreldagi 2/1255-854-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish tabiiy ish sharoitida CIGS materiali asosidagi quyosh panellari fotoelektrik va foto-issiqlik aylantirish parametrlarini muntazam monitoringini olib borish, jumladan, uzoq muddatli davr uchun ma’lumotlarni yig‘ish va saqlab borish asosida turli matematik modellarni validasiya qilish imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish