Quvatov Ulugbek Jalolovichning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidroakkumulyasiyalash elektr stansiyalarining nasos qurilmalari ish rejimi samaradorligini oshirish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3162
Ilmiy rahbar: Urishev Bobaraim, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Yuldoshev Isroil Abrievich, texnika fanlari doktori, professor; Ibragimov Umidjon Xikmatullaevich, texnika fanlari falsafa doktori , dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gidroakkumulyasiyalash elektr stansiyalari nasos qurilmalarining ish rejimi samaradorligini ularga sarf bo‘ladigan energetik xarajatlarni kamaytirish asosida oshirish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi: 
gidroakkumulyasiyalash elektr stansiyalarining nasos qurilmalarida elektr energiya sarfini suv oqimining gidravlik energiyasidan foydalanish hisobiga 5÷15 foizgacha tejash va qurilmaning suv berish unumdorligini 2 barobarga oshirish imkonini beradigan ikki havo qalpoqli konstruksiyasi takomillashtirilgan gidravlik taran qurilmasi ishlab chiqilgan;
gidroakkumulyasiyalash elektr stansiyasining yuqori havzasiga suv haydab beruvchi ikki havo qalpoqli gidravlik taran qurilmasida bajarilgan tajribaviy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirish asosida, qurilmaning napori va suv berish unumdorligining o’zgarishini aniqlash imkonini beradigan empirik tenglama olingan; 
nasoslar va quvurlar tizimi napor xarakteristikalarining tenglamalari asosida, nasos qurilmasining umumiy bosim quvuriga parallel ulangan ikkita nasosning bir vaqtda ishlash jarayonida yuzaga keladigan umumiy naporini aniqlash imkonini beradigan analitik ifoda olingan;
nasos qurilmalarida quyosh fotoelektrik qurilmasi quvvatidan maksimal foydalanishni ta’minlash mezoni asosida, nasos qurilmasi foydali ish koeffisientining yuqori qiymatlari bo’yicha optimal ish rejimlari, napori, suv berish unumdorligi va quvvatini aniqlashning grafoanalitik usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Gidroakkumulyasiyalash elektr stansiyalarining nasos qurilmalari ish rejimi samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nasos stansiyalar ish rejimlarini optimallashtirish, ularda quyosh energiyasidan foydalanish va elektr energiyasini tejash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar Amu-Qashqadaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga qarashli Nasos stansiyalar va energetika hamda Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmalarida nasos stansiyalarning ekspluatatsiya jarayonida joriy qilingan (“O‘ZBEKGIDROENERGO” AJning 2022 yil 30 noyabrdagi №02-10/3382 sonli ma’lumotnomasi). Natijada boshqarmalarga qarashli nasos stansiyalarda elektr energiyasi uchun xarajatlarni tejash asosida yiliga 370 mln. so‘m, D2500-62-0 nasosi ish rejimini foydali ish koeffisientining maksimal qiymatlarida boshqarish usulini qo‘llash natijasida elektr energiyasi iste’moli kamayishi hisobiga yiliga 14,4 mln. so‘m iqtisodiy samaraga erishish imkoniyati yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish