Islamova Zulayxo Shuxratovna  
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dag‘al jun tolasini kimyoviy pardozlash texnologiyasini takomillashtirish” 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” (texnika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T2698
Ilmiy rahbar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Xanxadjaeva Nilufar Raximovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Ravshan Israilovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dag‘al jun tolasini kimyoviy pardozlash, jumladan yuvish, rangsizlantirish, oqartirish, yumshatish va bo‘yash jarayonlari texnologiyalarini takomillashtirishni asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Dag‘al junni yuvish, rangsizlantirish-oqartirish va yumshatishni tola morfologiyasiga ta’siri bo‘yicha kimyoviy ishlov berish jarayonlarining texnologik rejimlari dastlabki saralash jarayoniga bog‘liq ravishda takomillashtirilgan;  
oqartirish jarayonida Melaninni kimyoviy tuzilishi bo‘yicha metall tuzlari bilan xelatlar hosil qilish qonuniyati aniqlangan  holda to‘q rangli junni rangsizlantirish-oqartirish jarayonining texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
oqsil makromolekulasining aminokislotali takribi bo‘yicha birinchi marta diazollar bilan junni tola va gazlama ko‘rinishda past haroratli bo‘yash jarayonining yuqori rang intensivligidagi mustaxkam rang ko‘rsatgichlarining yangi qiymatlari aniqlangan; 
dag‘al jun destruksiyasi va rang intensivligini o‘zaro mutanosibligi IQ-spektroskopik va  element analiz orqali, hamda tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayonining texnologik parametrlari va tola koloristik xossalarini bog‘liqligi ko‘p omilli tajriba natijalariga statistik ishlov berish bo‘yicha isbotlangan.
 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dag‘al jun tolasini kimyoviy pardozlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
jun tolasini yuvish, rangsizlantirish-oqartirish, yumshatish   jarayolari “KOMTEKS-PPOSh” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 17 mart 2023 yil №03/25-564 sonli ma’lumotnomasi). Natijada hozirgi kunda Respublikada har yili 35422 tonna hosil bo‘ladigan dag‘al junni qayta ishlash va to‘qimachilik sanoatida qo‘llash imkoniyatiga erishilgan.
jun tolali to‘qimachilik materiallarini tola va gazlama ko‘rinishda past haroratli va tabiiy bo‘yovchi modda bilan bo‘yash texnologiyasi   “KOMTEKS-PPOSh” MChJ korxonasida amaliyotga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 17 mart 2023 yil №03/25-564  sonli ma’lumotnomasi). Natijalar jag‘al junni tabiiy bo‘yovchi moddalar bilan bo‘yash jarayoni davomiyligini 40,7% ga, sovuq usulda bo‘yash jarayonida esa 59,1% ga kamaytirish  imkonini bergan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish