Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim va mehnat bozori xizmatlari o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishning metodologik asoslari”, 08.00.05-“Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt344
Ilmiy rahbar: Muftaydinov Qiyomiddin, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, Phd.03/30.12.2019.I.60.03
Rasmiy opponentlar: Alimova Mashhura Toirxonovna iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Raxmonov Norim Razzakovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Mirzaev Abdullajon Topilovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muxandislik – texnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim xizmatlari va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlar metodologiyasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim xizmatlarini mehnat bozori bilan integratsiyalashuv mexanizmini ta’lim muassaslarining marketing bo‘limlari, ish beruvchi korxona, tashkilotlarning kadrlar bilan ishlash bo‘limlarining funksiya va vazifalarini “kompetensiyalarni baholash markazlari” tashkil qilish orqali o‘zaro muvofiqlashtirish taklifi asoslangan;
oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik muhiti va faoliyatini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarining texnologik transferlarini qo‘llab-quvvatlashda akademik «spin-off» kompaniyalarini tashkil etish taklif etilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish, intellektual mulkni sotish, texnologiyaning iste’molchilari bozorini qidirish jarayonlarining “Texnologiyalarni lisenziyalash markazlari”ni tashkil etish hisobiga samaradorligini oshirish hamda ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish taklifi asoslangan;
«tarmoq-hudud-oliy ta’lim tashkilot» siklik jarayonida innovatsion tashkilotlarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) platformasini yaratish taklifi ishlab chiqilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni baholash hisobiga ta’lim xizmatlari ko‘rsatkichining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
oliy ta’lim xizmatlarini mehnat bozori bilan integratsiyalashuv mexanizmini ta’lim muassaslarining marketing bo‘limlari, ish beruvchi korxona, tashkilotlarning kadrlar bilan ishlash bo‘limlarining funksiya va vazifalarini “kompetensiyalarni baholash markazlari” tashkil qilish orqali o‘zaro muvofiqlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 15 maydagi 287-son “O‘zbekiston Respublikasi kasbiy malakalar, bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish milliy tizimi faoliyatini tashkil etish choralari to‘g‘risida”gi qarorining 2-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 8 iyuldagi 01/00-03/10-6064-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida respublika bo‘yicha bo‘sh (vakant) ish o‘rinlariga oliy ma’lumot darajasiga ega kadrlarni samarali joylashtirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalarida tadbirkorlik muhiti va faoliyatini shakllantirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarining texnologik transferlarini qo‘llab-quvvatlashda akademik «spin-off» kompaniyalarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasining 4.4-bandining 8-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 89-04-237-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida oliy ta’lim muaassasalarida spin-off kompaniyalarni tashkil etilishiga, ilmiy-tadqiqot natijalarining texnologik transferlarini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha mablag‘larni shakllantirish hamda byudjetdan tashqari daromadlarini ko‘paytirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish o‘rtasida yaqin hamkorlikni o‘rnatish, intellektual mulkni sotish, texnologiyaning iste’molchilari bozorini qidirish jarayonlarining “Texnologiyalarni lisenziyalash markazlari”ni tashkil etish hisobiga samaradorligini oshirish hamda ta’lim xizmatlari eksportini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasini 4.1-bandning 12-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 89-04-237-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni joriy qilish natijasida oliy ta’lim xizmatlari jozibadorligini, chet el talabalarini mamlakat oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish darajasi 21,8 foizga ortishiga hamda ta’lim xizmatlari eksportida ta’lim investisiyalari hajmini oshirishga xizmat qilgan;
«tarmoq-hudud-oliy ta’lim tashkilot» siklik jarayonida innovatsion tashkilotlarni ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan S2B (science to business) platformasini yaratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165-son “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmonining 1-ilovasini 4.5-bandning 6-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 89-04-237-sonli ma’lumotnomasi). Natijada oliy ta’lim xizmatlari ko‘lami va sifatini oshirish hamda eksport salohiyatini kengaytirish, ilmiy faoliyat natijalari bilan qo‘llab-quvvatlashni oshirish imkoniyati yaratilgan;
oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni baholash hisobiga ta’lim xizmatlarining 2026 yilga qadar prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 15 iyundagi F-60–son “2022-2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi Farmoyishini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 29 iyundagi 89-04-237-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida iqtisodiyotning tarmoqlari va ta’lim muassasalari integratsiyasi hisobiga oliy ta’lim xizmatlarining maqsadli parametrlarini samarali belgilash imkoniyati yaratilgan;