Ma’murov Baxtiyor Xolmatjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamlashtirish sharoitida hududlar iqtisodiyoti tarkibini takomillashtirish”, 08.00.12 – Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt1559.
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy tadqiqot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zmetov Baxtiyor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mahmudov Mirabbos Fazliddinovich, PhD, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamlashtirish sharoitida hududlar iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligiga ko‘ra raqamli iqtisodiyot rivojlanishining umumiy indeksi qiymati bo‘yicha hududlarni iqtisodiy va raqamli komponentlar faoliyat samaradorligining yuqori (0,67 - 1,0), o‘rta (0,34 - 0,66), past (0 - 0,33) sharoitlariga ko‘ra guruhlash orqali rivojlantirish imkoniyatlari asoslangan;
katta hajmli elektron ma’lumotlar (Big Data) yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va uzatish jarayonlarini raqamlashtirishga qaratilgan axborot-tahliliy platformani joriy etish orqali hududlar iqtisodiyotida samarali tarkibiy o‘zgarishlarning istiqbol ssenariylarini ishlab chiqishni takomillashtirish taklifi asoslangan;
iqtisodiyot rivojlanishining tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda raqamli transformatsiya asosida iqtisodiyot tarkibiy tuzilmasining holati va o‘zgarishini reyting baholash natijalaridan foydalanish taklifi asoslangan;
hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarga raqamli texnologiyalarni ta’sirini baholashni hisobga olgan holda 2027 yilgacha raqamli rivojlanish prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
Iv. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamlashtirish sharoitida hududlar iqtisodiyoti tarkibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlar samaradorligining qiyosiy tahlili asosida raqamli iqtisodiyot rivojlanishining umumiy indeksi qiymati bo‘yicha hududlarni iqtisodiy va raqamli komponentlar faoliyat samaradorligining yuqori (0,67 - 1,0), o‘rta (0,34 - 0,66), past (0 - 0,33) darajali sharoitlariga ko‘ra guruhlash orqali rivojlantirish imkoniyatlaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmonining 2-ilovasi - 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 151-bandida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining 2022-yil 30-iyundagi 4/1188-son ma’lumotnomasi). Natijada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari “qoniqarsiz” bo‘lgan shahar va tumanlar bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
raqamlashtirish doirasida katta hajmli ma’lumotlar (Big Data) yig‘ish, saqlash, tahlil qilish va uzatish jarayonlarini avtomatlashtirishga qaratilgan axborot-tahliliy platformani joriy etishni hududlar iqtisodiyotida samarali tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumotlarni kiritish asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-iyundagi 373-son qarori, 2-ilovasi - “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishni baholash, soha ko‘rsatkichlari hisobini yuritishni samarali tashkil etish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasining 2022-yil 30-iyundagi 4/1188-son ma’lumotnomasi). Mazkur metodika vaziyatni tahlil qilish va hududiy strategik rejalashtirish elementlari mintaqa rivojlanishining uzoq muddatli chora va mexanizmlarini ishlab chiqishda mahalliy boshqaruv organlarining funksiyalarini takomillashtirish va vazifalarini aniqlashtirish, ishlab chiqarishning yuqori texnologik turlari bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni raqamli transformatsiyasining joriy holatidan kelib chiqqan holda kelgusida raqamli rivojlanishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda raqamli iqtisodiyot rivojlanish holatini reyting baholash tizimidan foydalanish taklifi 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 13-bandida aks etgan (“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining 2023-yil 1-martdagi 2-3/68-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amalga oshirilishi natijasida hududlarda sodir bo‘layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bo‘yicha katta hajmdagi ma’lumotlarni (Big Data) to‘plash va qayta ishlash vaqti 15 foizgacha qisqartirish, turli hududiy indikatorlar (ko‘rsatkichlar) monitoringi va prognozi, vaziyatlarni baholash va samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, kiruvchi ma’lumotlarni an’anaviy rejimda qayta ishlashdan voz kechish, xatolar ehtimolini va ma’lumotlarni qayta ishlash va tahliliy materiallarni tayyorlashda inson omili ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
hududlar iqtisodiyoti tarkibidagi aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi oshishiga asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar ta’sirini hisobga olgan holda 2027-yilgacha aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bozorini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturining 70-band 2-qismida foydalanilgan (“Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasining 2023-yil 1-martdagi 2-3/68-son ma’lumotnomasi). Hududlar iqtisodiyoti tarkibidagi aloqa va axborotlashtirish xizmatlari ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha prognoz natijalariga ko‘ra 2027-yilga kelib, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmini 2,5 barobar oshirish rejalashtirilib, iqtisodiyotning real sektorini modernizatsiya qilish dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining investisiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlarini kengaytirishda foydalanish imkonini bergan.