Kunarov Ruslan Rustamovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida dividend siyosatini takomillashtirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Iqt1697
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Farhod Isamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Toshpo‘latov Davron Akromovich, iqtisodiyot fanlari doktori
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston tijorat banklarida dividend siyosatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dividend siyosatini investision jozibadorlikni ta’minlashga qaratilgan holda amalga oshirish va aksiyalar daromadliligini depozit hamda omonatlardan yuqori belgilash asosida tijorat banklaridagi davlat ulushini xususiylashtirishga tayyorlash taklif etilgan;
moliyaviy instrumentlar risklilik darajasi va bozor daromadliligidan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendni 23,0 foiz etib belgilash orqali ular investision jozibadorligini ta’minlash asoslangan;
moliya yili yakunlari asosida davlat ishtirokidagi tijorat banklari tomonidan sof foydaning kamida 50,0 foizini dividendlarga yo‘naltirish hamda davlat ulushlari bo‘yicha hisoblangan tegishli dividendlarni o‘tkazib berish orqali davlat byudjeti daromadlarini mustahkamlash asoslangan;
tijorat banklari aksiyalari uchun to‘langan dividendlar va bozor kursi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi orqali banklar ustav kapitali va qo‘shilgan kapitalini oshirish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklari dividend siyosati bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
dividend siyosatini investision jozibadorlikni ta’minlashga qaratilgan holda amalga oshirish va aksiyalar daromadliligini depozit hamda omonatlardan yuqori belgilash asosida tijorat banklaridagi davlat ulushini xususiylashtirishga tayyorlash taklifi (“O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi “2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-5992-son Farmoni ijrosini ta’minlash, O‘zsanoatqurilishbank ATBning investision jozibardorligini ta’minlash hamda mazkur bankni kelgusida xususiylashtirish belgilangan;
moliyaviy instrumentlar risklilik darajasi va bozor daromadliligidan kelib chiqqan holda tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha dividendni 23,0 foiz etib belgilash orqali ular investision jozibadorligini ta’minlash taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Kuzatuv kengashi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishiga kiritilgan hamda qaror qabul qilingan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-son ma’lumotnomasi). Natijada, tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan imtiyozli aksiyalar bo‘yicha daromadlilik moliyaviy instrumentlar risklilik darajasi va bozor daromadliligidan kelib chiqqan holda O‘zsanoatqurilishbank ATB imtiyozli aksiyalari bo‘yicha yillik daromadlilik oxirgi uch moliya yili yakuni bo‘yicha 23,0 foiz etib belgilangan;
moliya yili yakunlari asosida davlat ishtirokidagi tijorat banklari tomonidan sof foydaning kamida 50,0 foizini dividendlarga yo‘naltirish hamda davlat ulushlari bo‘yicha hisoblangan tegishli dividendlarni o‘tkazib berish orqali davlat byudjeti daromadlarini mustahkamlash taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2019 yil yakuni bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 353,15 milliard so‘mlik sof foydasi dividendlarga yo‘naltirilgan va davlat byudjetiga 334,998 milliard so‘m o‘tkazib berilgan;
tijorat banklari aksiyalari uchun to‘langan dividendlar va bozor kursi o‘rtasidagi bog‘liqlik asosida qo‘shimcha aksiyalar emissiyasi orqali banklar ustav kapitali va qo‘shilgan kapitalini oshirish taklifi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB tomonidan moliyaviy resurslar jalb qilish amaliyotida joriy etilgan (“O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zsanoatqurilishbank ATB 2456,36 milliard so‘mlik qo‘shimcha oddiy aksiyalar emissiyasini amalga oshirish va muvaffaqiyatli joylashtirish orqali bank ustav kapitali 4634,51 milliard so‘mga etkazildi.