Baxtiyorov Bobur Baxodir o‘g‘li
iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat kopxonalari innovatsion boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Iqt344
Ilmiy rahbar: Umarov Ilxomjon Yuldashevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.I.60.03 
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Abdujabbor, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;   Rasulov Nodirbek Madraximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Nosirov Ilxomjon Abbosovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalar innovatsion boshqaruvining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirishga oid ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat kopxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini fan sig‘imkorligi, mahsulotni yangilanish koeffisienti, R&D xarajatlari samaradorligi, intensivlik koeffisienti ko‘rsatkichlarini tizimlashtirishga ko‘ra baholash yondashuvi takomillashtirilgan;
innovatsion va yuqori texnologiyali mahsulotlar bozorini kengaytirish, startap va kichik innovatsion tashkilotlarni o‘zaro manfaatdor «pinotsitozi» (qamrab olib o‘zlashtirish) mexanizmi asosida innovatsion klasterlar tashkil etish taklifi asoslangan;
davlat xaridlari doirasida innovatsion texnologiyalar asosida tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun imtiyozlar yaratish, mahalliy ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshiruvchi mahalliy kompaniyalar ehtiyojlari uchun davlat grantlarini ajratish hisobiga innovatsion xablar tashkil qilish taklifi asoslangan;
sanoat korxonalarida ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlariga yo‘naltirilgan xarajatlar o‘zgarishi hisobiga YaIMdagi innovatsion mahsulotlar hajmining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan;
kopxonalar innovatsion boshqaruvi samaradorligini tashkiliy, marketing, texnologik mezonlari asosida sanoat innovatsion faoliyatini rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2026 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini baholashda fan sig‘imkorligi, mahsulotni yangilanish koeffisienti, R&D xarajatlari samapadorligi, intensivlik koeffisienti ko‘rsatkichlari orqali tizimlashtirish taklifi “Nihol Art Tekstil” MChJ korxonasining “2022-2026 yillarda innovatsion rivojlanish strategiyasini” ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2022 yil 18 avgustdagi 03-25-2491-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonani innovatsion boshqaruvi amaliyotida muammolar aniqlanib, ularni hal etish asosida mahsulotni yangilanish koeffisientini 5 foizga, R&D xarajatlari samaradorligi 7 foizga oshirish imkoniyati yaratilgan;
innovatsion va yuqori texnologiyali mahsulotlar bozorini kengaytirish, startap va kichik innovatsion tashkilotlarni o‘zaro manfaatdor «pinotsitozi» (qamrab olib o‘zlashtirish) mexanizmi asosida innovatsion klasterlar tashkil etish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165 sonli “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  Farmonining 1-ilovasi 4.1-bandining 3-xat boshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 32-32/4111-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish orqali ishlab chiqilayotgan ilmiy-innovatsion loyihalarni mahalliy sanoat korxonalari tomonidan amaliyotga joriy etish hajmini 10 foiz oshirishga erishilgan;
davlat xaridlari doirasida innovatsion texnologiyalar asosida tovar ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun imtiyozlar yaratish, mahalliy ilmiy tashkilotlar bilan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlarini amalga oshiruvchi mahalliy kompaniyalar ehtiyojlari uchun davlat grantlarini ajratish hisobiga innovatsion xablar tashkil qilish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi «2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-165 sonli Farmonining 1-ilovasi 4.2-bandining 10-xatboshini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 32-32/4111-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmaci tarkibiga kiruvchi “Nihol Art Tekstil” MChJ korxonasida intellektual mulk ishlanma egalari bilan birgalikda patent va tijoratlashtirish amaliyoti 10 foizga oshirilgan;
sanoat korxonalarida ilmiy-texnik va tajriba konstruktorlik ishlariga yo‘naltirilgan xarajatlar o‘zgarishi hisobiga YaIMdagi innovatsion mahsulotlar hajmining 2026 yilga qadar prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165 sonli “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  Farmonining 2-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 32-32/4111-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy qilish natijasida sanoat korxonalari tomonidan innovatsion faoliyatni kengaytirish yo‘nalishida sarflayotgan investisiya xarajatlarini maqsadga muvofiq belgilash asosida innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning samarali oshirish imkoniyati yaratilgan; 
korxonalar innovatsion boshqaruvi samapadorligini tashkiliy, marketing, texnologik mezonlarini baholash hisobiga innovatsiya faoliyatini rivojlanish ko‘rsatkichlarining 2026 yilgacha prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 6 iyuldagi PF-165 sonli “2022-2026 yillarda O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish stpategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi  Farmonining 2-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022 yil 25 iyuldagi 32-32/4111-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotga joriy etilishi natijasida korxonalarning yalpi daromadini oshirishga hamda sanoat korxonalarida fan sig‘imkorligi yuqopi bo‘lgan innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga yalpi qo‘shilgan qiymat hajmini oshirishga erishish imkoniyati yaratilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish