Xudayberganova Nazokat Raximovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar: “Fransuzcha - o‘zbekcha lingvistik terminlarning lisoniy xususiyatlari va o‘quv lug‘ati tuzish tamoyillari”, 10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fil 1179.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Abdi Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.55.02.
Rasmiy opponentlar: Djafarova Dildora Ilxomovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Cho‘ponov Otanazar Otanazarovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Fransuzcha - o‘zbekcha lingvistik terminlarning tarkibiy -mazmuniy asoslarini ochib berish, lingvistik terminlar o‘quv lug‘atini tuzish tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Lingvistik terminologiyaning tilda muloqot qiluvchilar uchun zarur bo‘lgan kommunikativ hususiyatlari va so‘zlar yasalishida muhim sanalgan derivativ xarakteri asoslangan;
tahlilga tortilgan tilshunoslik terminlari asosida terminografiyaning aniqlik, mantiqan izchillik, tizimlilik, adabiy til me’yorlari talablariga mos ekanligi dalillangan;
terminlarning birma’nolilik va ko‘pma’noliligi, neytral va emotsionalligi, kontekstga bog‘liq va bog‘liq emasligida namoyon bo‘ladigan ichki qarama - qarshiliklarga sabab bo‘lishi aniqlangan;
fransuzcha - o‘zbekcha lingvistik terminlar o‘quv lug‘ati tuzishning fonetik va grafik hususiyatlarni ko‘rsatib berish, so‘zning grammatik jihatlarini hisobga olish, leksik birliklarning ekvivalentligini aks ettirish, amenizm, ya’ni chet tilidan kirib kelgan o‘zlashma so‘zlarning leksikografik maqomini belgilash, shuningdek tematik, chastotalilik kabi tamoyillar ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan;
fransuzcha - o‘zbekcha lingvistik terminlar o‘quv lug‘atida ko‘pma’noli so‘zlarning semantik hususiyatlari ochib berilgan va fransuz tilidagi lingvistik terminlarning ma’nolari o‘zbek tiliga qay tarzda berilishi aniqlangan hamda bu lug‘at til o‘rganuvchilar uchun muhim manba ekanligi dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Fransuz va o‘zbek tillarida lingvisik terminlarning lisoniy xususiyatlari o‘rganilib ulardan lug‘at tuzish tamoyillarining tadqiqi yuzasidan erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Fransuz va o‘zbek tilshunoslik terminlarining tadqiqi jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida: fransuz va o‘zbek tilshunoslik terminlarining amalda bajarib kelayotgan vazifalari, ularning yuzaga kelish asoslari, dinamik xarakteri, nutq jarayonida va lug‘atlarda qo‘llanishi, ularda yangi ma’nolar paydo bo‘lishi haqida qilingan xulosalardan ERASMUS+ dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2-CBHE-JP-ECCUM: “Establishment of computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” mavzusidagi grant loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Urganch davlat universitetining 2022 yil 10 martdagi 06-55/22-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida terminosistemadan foydalanishga oid yangicha qarashlar yuzaga kelgan, ham fransuz, ham o‘zbek lingvistik terminosistemasini nisbatan zamonaviy nazariyalar bilan boyitib, soha terminlarining leksik - semantik, struktur - semantik hamda pragmatik xususiyatlarini genetik-etimologik nuqtai nazardan talqin qilish imkoniyatini bergan;
lingvistik terminlar o‘quv lug‘atlarining muhimligi, lingvistik terminologiyaning tilda muloqot qiluvchilar uchun zarur bo‘lgan kommunikativ hususiyatlari va so‘zlar yasalishida muhim sanalgan derivativ xarakteri va o‘quv lug‘ati tuzish tamoyillariga doir xulosalardan 2022 yil 4 mart kuni Xorazm viloyat teleradiokomponiyasi Xorazm 24 teleradiokanali ijodkorlari tomonidan efirga uzatilgan “Yoshlar vaqti” dasturida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi 2022 yil 11 martdagi 05/6/67- son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqotda aks ettirilgan lingvistik terminlarning xorij olimlari tomonidan o‘rganilishi, lingvistik terminlardan o‘quv lug‘ati tuzish muammolariga doir tadqiqotlarning bugungi kunda ilmiy ahamiyati, o‘zbek va fransuz leksikologiyasi hamda tarjimashunosligida lingvistik terminlar o‘quv lug‘atlarining zarurati to‘g‘risidagi ilmiy - tarixiy ma’lumotlarga ega bo‘lindi.
Fransuz va o‘zbek tillari lingvistik terminlarining terminologik maydondagi tizimlilik, ularning tarkibiy guruhlaridagi vazifalari, yasalish usullari kabi lingvistik hususiyatlari hamda ularning tilshunoslikdagi terminologik ahamiyatini belgilashga oid xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy -tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” (2017-2020) mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy -tadqiqot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 372/1-son ma’lumotnomasi). Natijada muloqot jarayonida terminosistemani zamonaviy nazariyalar bilan boyitib, soha terminlarining leksik - semantik, struktur - semantik hamda pragmatik xususiyatlarini genetik - etimologik nuqtai nazardan talqin qilish, lingvistik terminlar o‘quv lug‘ati tuzish tamoyillari borasidagi ilmiy xulosalar loyiha mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
Tilshunoslik sohasiga oid terminlarning o‘quv lug‘ati modelida lingvistik terminlarning joylashish tartibi va o‘quv lug‘ati yaratishda terminlarni talqin qilishda ishlab chiqilgan mezon va tomoyillardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy - tadqiqot institutida amalga oshirilgan FA-F8-004 “Qoraqalpoq adabiy tili tarixi va hozirgi qoraqalpoq tilida qo‘shma gaplarning struktur - semantik turlari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan. Fransuz va o‘zbek tillaridagi tilshunoslikka oid terminlarning muqobillari, tildagi muqobilni qo‘llash usullari, ko‘p komponentli terminlarning berilishida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy -tadqiqot institutining 2022 yil 28 sentyabrdagi 371/1-son ma’lumotnomasi). Natijada lingvistik terminlarning lisoniy hususiyatlari, ularning terminografiya talablari nuqtai nazaridan tavsifi, lingvistik terminlar o‘quv lug‘ati tuzish tamoyillari haqidagi ilmiy xulosalar ilmiy - tadqiqot ishlari mazmunini takomillashtirishda amaliy yordam berdi.