Shaturaev Jahongir Narmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish (Indoneziya oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida)”, 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ( pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4669.
Ilmiy rahbar: Xakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, PhD.03/31.05.2022.Ped.16.04.
Rasmiy opponentlar: Riskulova Kamola Djummaevna pedagogika fanlari doktori, professor; Yusupova Muhabbat Anatolievna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini Indoneziya tajribasi asosida modernizatsiya qilish bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimida ilg‘or va “aqlli” texnologiyalarni tatbiq etishning “dolzarb nuqtalari”ni belgilab olish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumiy sifat menejmenti (TQM)ni O‘zbekistondagi oliy ta'lim paradigmasiga kiritish orqali strategik maqsadlar, tadbirlar va institusional loyihalarni aniq belgilash, qat'iy kuzatish va ularni baholash orqali ta'lim sohasida strategik samaradorlikka erishsish asoslangan oshirilgan;
ta'lim samaradorligi ko'rsatkichlari bo'yicha xorijiy tajribalarning adaptiv assimilyasiya modeli qarorlar monitoringi va jarayon samaradorligini baholash ko‘rsatgichlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
oliy ta'lim muassasalaridagi menejment manfaatdor tomonlarning ish faoliyatini yaxshilash va ta'lim muassasasini boshqarish kontekstida strategik innovatsiyalarning institusional samaradorlikka ta'siri taminlangan;
shaxsiy maqsadlarni belgilash, kuzatish va samaradorlikni baholashni o‘z ichiga oluvchi individual samaradorlikni boshqarish tizimi (IPMS) bilan birgalikda sifat kafolati (QA) metodologiyalarini joriy etilish orqali oliy ta’lim boshqaruv tizimida samaradorlik oshishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish (Indoneziya oliy ta’lim muassasalari tajribasi asosida) ilmiy tadqiqot ishlari asosida:
umumiy sifat menejmenti (TQM)ni O‘zbekistondagi oliy ta'lim paradigmasiga kiritish orqali strategik maqsadlar, tadbirlar va institusional loyihalarni aniq belgilash, qat'iy kuzatish va ularni baholash orqali ta'lim sohasida strategik samaradorlikka erishsish bo‘yicha takliflar hamda ta'lim samaradorligi ko'rsatkichlari bo'yicha xorijiy tajribalarning adaptiv assimilyasiya modeli Jahon Savdo Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ready4 Trade Central Asia” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 14-iyundagi 01/2-137 – son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim sifatini modernizatsiyalashga pedagogik yondashuvlar salohiyatini tizimli ravishda baholash imkoni ta’minlangan;
universitetlar ta’lim menejmenti tizimiga zamonaviy matrisaviy boshqarish tizimi kabi strategik innovatsiyalarni joriy qilish orqali ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobat pozisiyasini mustahkamlash bo‘yicha takliflari Jahon Savdo Tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Ready4 Trade Central Asia” nomli xalqaro loyihasi doirasida foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazining 2023-yil 14-iyundagi 01/2-137 – son ma’lumotnomasi). Natijada, xalqaro tajribalardan foydalangan holda boshqaruv tizimini samarali modernizatsiya qilish ta’minlangan;
oliy ta’limni boshqarish jarayoni dinamikligi va uzlyuksiz integratsiyalashuvini ta’minlovchi Ta’lim menejmenti sifat kafolati (QA) va integratsiyalashgan samaradorlikni boshqarish tizimidan (IPMS) foydalanish bo‘yicha takliflari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish markazi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va Innovatsiyalar vazirligi qoshidagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tatbiq etish markazining 2023-yil 17-martdagi 02/01-01-41-son ma’lumotnoma). Natijada, Oliy ta’lim muassasalari faoliyati keng spektrlari hisoblangan akademik, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatlari pirovard maqsadlari uyg‘unligini ta’minlovchi samarali kompleks boshqaruv tizimi arxitekturasini shakllantirishga erishilgan.