Zohirov Ramiz Turdimurodovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila institutini mustahkamlashning ijtimoiy-demografik, normativ va etnoma’naviy asoslari”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.DSc/Fal119.
Ilmiy maslahatchi: Norqulov Suxrob Do‘stmurodovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Musaev Fahriddin Abdusattorovich, falsafa fanlari doktori, professor; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nasiba Bo‘ronovna, falsafa fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy-amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oila institutini mustahkamlashning ijtimoiy-demografik, huquqiy-normativ va etnoma’naviy asoslarini hamda zamonaviy oilalardagi muhitning ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oila instituti shakllanishining etnogenetik va jamiyat hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy-demografik asoslari, jinslar dimorfizmi (biosotsiofiziologik omillari)ning er-xotin munosabatlariga, oilaviy barqaror muhitga erishishdagi regulyatorlik va psixologik omillarning sog‘lom avlodni tarbiyalashdagi ijobiy ta’siri aniqlangan;
oilaning ijtimoiy institut sifatidagi repreduktiv, regenerativ, tarbiyaviy, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy maqom va psixoterapevtik funksiyalari orqali vorisiylik va novatorlik uyg‘unligiga erishishning tarixiy taraqqiyotga bog‘liq fundamental, oilada boshqaruvni tashkil etishning milliy qadriyatlarga oid strukturaviy asoslari ochib berilgan;
oila institutini mustahkamlashda diaxron aloqalarning, ko‘pavlodlilik va qarindosh-urug‘chilik an’analarining namoyon bo‘lishi hamda tabiiy va ma’naviy ehtiyoj sifatida oilaga birikishning uzlyuksizligi ta’minlash, o‘z o‘zini shakllantirish, ijtimoiylashuv jarayonida shaxsiy identifikatsiya vositasi sifatidagi demografik parametrlarni shakllantirishdagi ahamiyati asoslangan;
sharqona huquqiy-normativ va ma’naviy-axloqiy imperativlarning etnogamik hayotdagi, er-xotin munosabatlaridagi oila imijdini yaratish va saqlab qolishda jamoatchilik fikrining etnogenez, mehnat taqsimoti, tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘liq satsiomadaniy o‘zgarishlarning qadriyatlar tizimiga ta’siri ochib berilgan;
oila institutidagi ijtimoiy transformatsiya jarayonlariga va gender madaniyatini shakllantirish, oilaviy muammolarni hal qilishda qonunchilik tizimi bilan bog‘liq huquqiy asoslarning takomillashib borishi hamda oila a’zolariaro mas’uliyat, adolat, shaxsiy erkinlikka erishish inson shaxsiy huquqi sifatida gumanistik jihatdan zaruriyat ekanligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oila institutini mustahkamlashning ijtimoiy-demografik, normativ va etnoma’naviy asoslari mavzusidagi ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
oila instituti shakllanishining etnogenetik va jamiyat hayotidagi o‘rniga ko‘ra ijtimoiy-demografik asoslari, jinslar dimorfizmi (biosotsiofiziologik omillari)ning er-xotin munosabatlariga, oilaviy barqaror muhitga erishishdagi regulyatorlik va psixologik omillarning sog‘lom avlodni tarbiyalashdagi ijobiy ta’siriga oid haqidagi takliflardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi III-yo‘nalishida belgilangan «Oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlashga doir chora-tadbirlar» rejasining 16-bandi «Oila mustahkamligi, er va xotinning ota-ona, bir biri oldidagi burch va vazifalari, oilaviy zo‘ravonlikning kelib chiqish sabablari, oila asoslarini mustahkamlashda diniy va milliy qadriyatlarning o‘rni masalasida «Oila-ma’naviyat qo‘rg‘oni» mavzusida OAVda davra suhbatlari va maqolalar berib borish» haqidagi targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022 yil 9-dekabr kunidagi 02-11/531-son ma’lumotnomasi). Natijalar mamlakatimizda oila institutini mustahkamlashning ijtimoiy-demografik, normativ va etnoma’naviy asoslarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
oilaning ijtimoiy institut sifatidagi repreduktiv, regenerativ, tarbiyaviy, ijtimoiy nazorat, ijtimoiy maqom va psixoterapevtik funksiyalari orqali vorisiylik va novatorlik uyg‘unligiga erishishning tarixiy taraqqiyotga bog‘liq fundamental, oilada boshqaruvni tashkil etishning milliy qadriyatlarga oid strukturaviy asoslari haqidagi takliflardan O‘zbekiston Respublikasi «Oila va xotin-qizlar» Davlat qo‘mitasi faoliyatida foydalanilgan (Respublikasi «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot institutining 2023 yil 9-yanvar kunidagi 01-09/1290-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek oilalarida er-xotin munosabatlarida o‘zaro tushunishga erishish, farzandlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ajrimlarni oldini olishda xizmat qilgan;
oila institutini mustahkamlashda diaxron aloqalarning, ko‘pavlodlilik va qarindosh-urug‘chilik an’analarining namoyon bo‘lishi hamda tabiiy va ma’naviy ehtiyoj sifatida oilaga birikishning uzlyuksizligi ta’minlash, o‘z o‘zini shakllantirish, ijtimoiylashuv jarayonida shaxsiy identifikatsiya vositasi sifatidagi demografik parametrlarni shakllantirishdagi ahamiyatiga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining «Sening tashabbusing-sening kelajaging uchun» shiori ostida yosh qizlar forumi, «Oila-mahalla-ta’lim muassasasi» hamkorlik mexanizmi loyihalari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2022 yil 24-noyabr kunidagi 4-13-23-3999-son ma’lumotnomasi). Natijalar yoshlar qalbida oilaviy an’analarga sodiqlik, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, oilada uchraydigan nizoli muammolarni oldini olish, yoshlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonliklarni bartaraf qilishda xizmat qilgan.
sharqona huquqiy-normativ va ma’naviy-axloqiy imperativlarning etnogamik hayotdagi, er-xotin munosabatlaridagi oila imijdini yaratish va saqlab qolishda jamoatchilik fikrining etnogenez, mehnat taqsimoti, tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‘liq satsiomadaniy o‘zgarishlarning qadriyatlar tizimiga ta’siriga oid g‘oyalardan «O‘zbekiston teleradiokanali» orqali namoyish qilingan «Oila olami» tok-shousi tayyorlanib, efirga uzatilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2022 yil 8 noyabr kunidagi 02-08-1877-son ma’lumotnomasi). Natijalar oila barqarorligini ta’minlash, er-xotin munosabatlarini mustahkamlashda xizmat qilgan.
oila institutidagi ijtimoiy transformatsiya jarayonlariga va gender madaniyatini shakllantirish, oilaviy muammolarni hal qilishda qonunchilik tizimi bilan bog‘liq huquqiy asoslarning takomillashib borishi hamda oila a’zolariaro mas’uliyat, adolat, shaxsiy erkinlikka erishish inson shaxsiy huquqi sifatida gumanistik jihatdan zaruriyat ekanligiga oid ilmiy-amaliy tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligining 2022 yil 27-dekabr kunidagi 02-02/1103-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar mahallalarda yashayotgan oilalarda avlodlararo munosabatlarni mustahkamlashda, ijtimoiy-demografik masalalarni rivojlantirishda xizmat qilgan.