Abduraxmanova Madina Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasallik nomlarining semantik va pragmatik tadqiqi (o‘zbek, rus, ingliz tillari misolida)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2916.
Ilmiy rahbar: Shaxabitdinova Shoxida Xoshimovna filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat chet tillari instituti
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat chet tillari instituti, PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaxidova Miyasar Inamjanovna filologiya fanlari doktori, professor, Xursanov Nurislom Iskandarovich filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi kasallik nomlarining semantik va pragmatik xususiyatlarini, ularning ko‘chma ma’noda qo‘llanishidagi o‘ziga xosliklarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
atama qo‘llanish doirasi institusional hududdan chiqqanda, pragmatik bo‘yoqdor sema hosil bo‘lib komponent tarkibning o‘zgarishiga olib kelishi asoslangan;
pragmatik tus institusional diskurslarda ham bayonotning verballashgan aniq va verballashmagan yashirin maqsadlari; muloqot xususiyatlari; hamkorlik tamoyiliga bo‘ysunadigan nutqiy aktning o‘zaro ta’sir qoidalari; nutq akti ishtirokchilarining ijtimoiy va shaxsiy tavsifi, umumiy bilimi, xabar mazmuniga munosabati natijasida yuzaga chiqishi ochib berilgan;
o‘zbek, ingliz, rus tillarining evfemizatsiya hamda disfemizatsiya jarayonida o‘ziga xos jihatlari – rus tilida kasallikka oid institusional nomlarning pragmatik, konnotativ tuslanishi, o‘zbek tilida umumiste’moldagi so‘zlarning xususiy diskurslarda ham faol ishlatilishi, ingliz tilida shaxs va voqealar, joy nomlari bilan bog‘liq iboralar ustuvorligi ochib berilgan;
bir xil kasallikni atovchi nomlar turli tillarda turlicha komponent tuzilishga ega bo‘la olishi o‘zbek, ingliz, rus tilidagi moxov, qiltomoq, ko‘rlik, g‘ilaylik, quturish, duduqlik, karlik, cho‘loqlik, pes kasallik nomlari misolida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek, rus, ingliz tillarida kasallik nomlarining semantik va pragmatik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tibbiy diskursdagi muloqot usullarining pragmatik jihatlari, tibbiy muloqot qatnashchilarining og‘zaki va yozma matn mazmunini tushunishi, pragmatik tus xususiy, institusional diskurslarda ham bayonotning aniq va yashirin maqsadlari, nutq muomalasi xususiyatlari, hamkorlik tamoyiliga bo‘ysunadigan o‘zaro ta’sir qoidalari, so‘zlovchining munosabati va referensiyasi, so‘zlovchining umumiy bilimi, xarakteri xabar mazmuniga munosabati tarzida yuzaga chiqishi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan OT-F1-18 raqamli “Ommaviy lisoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” (2017-2022) mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Andijon davlat universitetining 2023 yil 3 fevraldagi 39-01-313-son ma’lumotnomasi). Natijada, evfemizatsiya hamda disfemizatsiya jarayonida tibbiy diskursning o‘ziga xos jihatlari – institusional nomlarning pragmatik, konnotativ tuslanishi, o‘zbek tilida umumiste’moldagi so‘zlarning faol ishlatilishi, shaxs va voqealar, joy nomlari bilan bog‘liq iboralar ustuvorligiga doir ilmiy xulosalar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
kasallik nomlarining xalq og‘zaki nutqida ko‘chma ma’noda qo‘llanishi, bu nomlarning odamlar hayotida katta ahamiyat kasb etishi to‘g‘risida, tibbiyotda keng qo‘llanilgan nomlar, tibbiy atamalarning manba sohalari, tuzilishi, tematikasi va semantikasi haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz” radioeshittirishining ssenariysini tayyorlashda 2022 yil sentyabr-dekabr oylaridagi sonlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanali DM tomonidan 2023 yil 9 yanvardagi O‘z/RV-23-02-son ma’lumotnomasi). Natijada, radieshittirishlar kasallik nomlarini evfemik, yoki disfemik qo‘llash natijalari, uning inson ruhiyatiga ta’siri, ifodalanayotgan fikrning tanlangan til birligi natijasida ijobiy, ba’zan salbiy talqin etilishi to‘g‘risidagi ilmiy mulohazalar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
tibbiyot terminlari, xususan kasallik nomlarining o‘zbek, rus, ingliz tillarida rivojlanish tarixi, xalq og‘zaki nutqida qo‘llanadigan o‘zbek, rus, ingliz tillaridagi kasallik nomlari, ularning pragmatik xususiyatlari; kasallik nomlarining tuzilishi, tematikasi, manbalari va semantikasi haqidagi xulosalaridan Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar kafedrasi”da O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 359-sonli buyrig‘iga asosan (Ro‘yxatga olish raqami 359-538) tibbiyot institutlari magistrantlari uchun ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan “English in Medicine” (for master’s course) nomli darsligini yaratishda keng foydalanilgan (Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 yanvardagi 11/325-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiya materiallarida keltirilgan kasallik nomlaridan matn, so‘z va so‘z birikmalarining o‘zbek va rus tillaridagi tarjimalarni topishda qo‘llanilgan, shuningdek, tibbiyot xodimi va bemor o‘rtasidagi muloqotda suhbatning o‘zaro ishonchli, har ikkala tomonga tushunarli bo‘lishi lozimligi, berilayotgan ma’lumotlar anglashga qulay, psixologik salbiy ta’sir o‘tkazmaydigan bo‘lishi haqidagi mulohazalar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
tibbiy diskursda tibbiy terminlar vazifalarining xususiyatlarini aniqlash ularni paydo bo‘lish muhitida leksemaning pragmatik ma’nosini aniqlashga, denotativ ma’no shakllanish bosqichida leksik birliklarlar semantikasi xususiyatlarining qiyosiy tahlili va zamonaviy kasbiy tamg‘alangan kommunikatsiyani aniqlashga imkon berishi to‘g‘risidagi xulosalaridan Andijon davlat tibbiyot instituti “Xorijiy tillar kafedrasi”da tibbiyot institutlari talabalari uchun ta’lim jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Andijon davlat tibbiyot instituti rektorining 2022 yil 5 oktyabrdagi “598-sh”–son buyrug‘iga asosan) “Tibbiy metaforalar izohli lug‘ati”ni yaratish tadqiqot loyihasi doirasida foydalanilgan (Andijon davlat tibbiyot institutining 2023 yil 30 yanvardagi 11/326-son ma’lumotnomasi). Natijada, izohli lug‘at kasallik nomlari xalq ligvomadaniyatining e’tiborga molik qismi ekanligi, ularni o‘rganish tilshunoslikkina emas, tibbiyot uchun ham muhimligi, xususan, kasallik nomlarining evfemizatsiyasi psixolingvistik intensiyani amalga oshirishi: kasallik nomini aytmaslik, kasallikdan saqlashi haqidagi ilmiy mulohazalar bilan boyishiga asos bo‘lgan.