Ro‘zaliev Sherzodjon Avazjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Geymifikatsiya texnologiyalari asosida didaktik jarayonlarni modellashtirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4545.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Sobirov Baxtiyor Boypo‘latovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Rustamova Nodira Rustamovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi geymifikatsiya texnologiyalari asosida didaktik jarayonlarni modellashtirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’limda axborot texnologiyalarini geymifikatsiya asosida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchilarning tayanch va kasbiy-sohaviy kompetensiyalarini faol axborot almashinish, modellashtirish bosqichlari axborotlarni qayta ishlash va uzatish natijadorligiga individual monitoringli yo‘naltirish, ularni tanlash mezonlaridan foydalanish komponentlarini o‘zaro adekvat moslashtirish yordamida aniqlangan;
geymlar tipologiyasini modellashtirish orqali ta’limda axborot texnologiyalarini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari talabalarni o‘yin mohiyatini tushunish va natijaga erta erishsishga tayyorlovchi tarkibli qoidalarni motivatsion-o‘quv muhitida ierarxik darajalarda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’limda axborot texnologiyalarini o‘qitishning metodik taʼminoti faol bilish faoliyatlarini intensiv jadallashtirish, mantiqiy fikrlash usullarini integrativ o‘zlashtirishga mo‘ljallangan vizual organayzerlardan individual yo‘nalganlikda foydalanish orqali takomillashtirilgan;
geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan axborot texnologiyalarini o‘qitish metodikasi mustaqil ijodiy ta’lim geymlarini kreativ kompetentlikka yo‘naltirilgan jarayonda integratsiyalashgan didaktik talablarga mosliligiga ko‘ra tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Geymifikatsiya texnologiyalari asosida didaktik jarayonlarni modellashtirish metodikasini takomillashtirish asosida:
ta’limda axborot texnologiyalarini geymifikatsiya asosida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari o‘qituvchilarning tayanch va kasbiy-sohaviy kompetensiyalarini faol axborot almashinish, modellashtirish bosqichlari axborotlarni qayta ishlash va uzatish natijadorligiga individual monitoringli yo‘naltirish, ularni tanlash mezonlaridan foydalanish komponentlarini o‘zaro adekvat moslashtirishga oid tavsiyalardan T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2016-2017 yillarda bajarilgan MUZ-2015-09081684325 raqamli “Kommunikativ kummulyativ metod asosida umumta’lim maktabi o‘quvchilariga ingliz tilini samarali o‘qitish texnologiyalari (5-6-sinflar misolida)” grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 13-martdagi 01/15-09/47-son maʼlumotnomasi). Natijada, “Ta’limda axborot texnologiyalari”ni geymifikatsiya asosida o‘qitishning didaktik bosqichlarini modellashtirish va mezonlarni aniqlashtirish imkoniyatini kengaytirishga va mezonlari asosida aniqlashtirishga xizmat qilgan;
geymlar tipologiyasini modellashtirish orqali ta’limda axborot texnologiyalarini o‘qitishning didaktik imkoniyatlari talabalarni o‘yin mohiyatini tushunish va natijaga erta erishsishga tayyorlovchi tarkibli qoidalarni motivatsion-o‘quv muhitida ierarxik darajalarda qo‘llashga oid takliflardan 20160817122231 raqam bilan qayd qilingan “Tibbiy ta’lim pedagoglari uchun “tibbiyot pedagogikasi” elektron metodik portalini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihaning topshiriqlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutening 2023-yil 9-martdagi 01-01-592-son maʼlumotnomasi). Natijada, ta’limda axborot texnologiyalarini geymifikatsiya asosida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari axborotlarni qayta ishlash va uzatish natijadorligiga yo‘naltirish asosida kengaytirish hamda o‘qitish bosqichlari tashkiliy-gnostik faoliyatli, kreativ-refleksiv komponentlari asosida takomillashtirilgan xizmat qilgan;
ta’limda axborot texnologiyalarini o‘qitishning metodik ta’minoti faol bilish faoliyatlarini intensiv jadallashtirish, mantiqiy fikrlash usullarini integrativ o‘zlashtirishga mo‘ljallangan vizual organayzerlardan individual yo‘nalganlikda foydalanishga oid takliflar T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida 2015-2017 yillarda bajarilgan PZ-2014-0910154408-“Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi loyiha topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutining 2023-yil 13-martdagi 01/15-09/47-son maʼlumotnomasi). Natijada, virtual laboratoriyalarni tashkil qilish orqai geymifikatsiya texnologiyalaridan foydalanish malakalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan metodik ta’minotni takomillashtirishga erishilgan.