Umarov Xasan Abdullaevichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Dasturiy vositalar asosida talabalarning dasturlash kompetentligini rivojlantirish metodikasi”  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3187. Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali.
Ilmiy rahbar: Yusupov Rabbim Mixlievich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Xamidov Jalil Abdurasilovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassislik modullarini o‘qitish jarayonida talabalarning dasturlash kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda dasturlash kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik aspektlari differensiyalashgan yondashuvning metodik, diagnostik funksiyalarini o‘quv faoliyati motivlariga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga praksiologik refleksiyada optimallashtirish asosida ochib berilgan;
talabalarda dasturlash kompetentligini rivojlantirish metodikasi loyihalash, konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tizimli integratsiyada rivojlantirishga qaratilgan raqamli mahsulotlar va xizmatlarni modellashtirish jarayonida visual  kombinatsiyali qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda dasturlash kompetentligining rivojlanganligini baholash mezonlari masalani tarkibli qismlarda qo‘yish, algoritmni prognozli tanlash va bajarish bosqichlarida algoritmik madaniyatni tizimli shakllantiruvchi blok-sxemali konstruktiv topshiriqlarni qisqa intervallikda joriy etish asosida takomillashtirilagan;
dasturlash kompetentligini rivojlantirishning didaktik ta’minoti CSChecker dasturiy vositasida talabalarning kasbiy kompetensiyalarini statistik baholashga mo‘ljallangan raqamli arxitektura ish shakllarini produktiv o‘quv muhitiga vizual-prognozda kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mutaxassislik modullarini o‘qitish jarayonida talabalarning dasturlash kompetentligini rivojlantirish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan nazariy-metodologik va amaliy takliflar asosida: 
talabalarda dasturlash kompetentligini rivojlantirishning nazariy-metodologik aspektlari differensiyalashgan yondashuvning metodik, diagnostik funksiyalarini o‘quv faoliyati motivlariga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonga praksiologik refleksiyada optimallashtirishga hamda talabalarda dasturlash kompetentligini rivojlantirish metodikasini loyihalash, konstruktorlik, yaratuvchanlik, tadqiqotchilik ko‘nikmalarini tizimli integratsiyada rivojlantirishga qaratilgan raqamli mahsulotlar va xizmatlarni modellashtirish jarayonida visual  kombinatsiyali qo‘llashga oid tavsiyalar “Kompyuter arxitekturasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-sonli buyrug‘i asosida nashrga tavsiya etilgan 232-56 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada o‘quv tajriba ishlarini bajarishda CSChecker dasturiy ta’minotini qo‘llash imkoniyatini kengaytirishga erishilgan;
talabalarda dasturlash kompetentligining rivojlanganligini baholash mezonlari masalani tarkibli qismlarda qo‘yish, algoritmni prognozli tanlash va bajarish bosqichlarida algoritmik madaniyatni tizimli shakllantiruvchi blok-sxemali konstruktiv topshiriqlarni qisqa intervallikda joriy etish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalardan Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Samarqand filialida Davlat ilmiy-texnik dasturi doirasida 2017-2020-yillarda bajarilgan BV-F4-014 raqamli “Elektromagnit moslashuvlikni hisobga olgan holda elektron qurilmalar mikro-va nano-tizimlar yupqa elementlari magnit maydonida magnito-elastik tebranishlari masalalarini echishning amaliy usullari va magnitoelastiklikning matematik asoslarini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Samarqand filiiali 2022-yilning 15-dekabrdagi 748/01-01-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarning tajriba bajarish jarayonida interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish