Arziqulov Zayniddin Qo‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (Optika bo‘limi misolida)”,13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (fizika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3131.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlar doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashov Maxamatrasul, texnika fanlari doktori, professor; Xujanov Erkin Berdievich, pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumiy fizikaning optika bo‘limini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fizika fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning tashkiliy-metodik aspektlari ta’lim vositalari integrasiyasiga asoslangan variativ yondashuvlarni fizik ma’lumotlarni idrok etishga yo‘naltirilgan muhitda differensial bosqichlarda qo‘llash asosida aniqlashtirilgan;
fizika fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish modeli yorug‘lik sinishishini tasvirlashga oid akademik topshiriqlar bilan optik asboblarning asosiy elementlariga doir mavzularning differensial optimallashuvini barqaror ta’minlash asosida takomillashtirilgan;
elektron ta’lim resurslaridan foydalanish asosida fizika o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi fizik masalalarni tushunish va qisqa intervalda bajarilishini ta’minlovchi ish turlarini talabalarning axborotli faoliyat traektoriyasiga raqamli tahlil muhitida moslashuvchan takroriy intervalda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
fizika fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning didaktik ta’minoti fizik eksperimentlarni loyihalashga yo‘naltirilgan kasbiy axborotlar bilan ishlashning topish, tahlil, qayta ishlash bosqichlarini Crocodile Physics va PhET dasturiy vositalardan foydalanish jarayoniga ochiqlik, moslashuvchanlik tamoyillarida kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fizika fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanishning tashkiliy-metodik aspektlari ta’lim vositalari integrasiyasiga asoslangan variativ yondashuvlarni fizik ma’lumotlarni idrok etishga yo‘naltirilgan muhitda differensial bosqichlarda qo‘llashga oid taklif va tavsiyalardan PPI/APM/2019/1/00004 - raqamli «3D Digital Silk road» mavzudagi Polsha Respublikasining Akademik almashinuvlar agentligi (NAWA) fondi tomonidan moliyalashtirilgan xalqaro ilmiy loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Chirchiq davlat pedagogika universitetining 2022 yil 5-noyabrdagi 04/2956-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda fizika fanining Optika bo‘limiga oid tushunchalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
fizika fanini o‘qitishda elektron ta’lim resurslaridan foydalanish modeli yorug‘lik sinishishini tasvirlashga oid akademik topshiriqlar bilan optik asboblarning asosiy elementlariga doir mavzularning differensial optimallashuvini barqaror ta’minlashga qaratilgan tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetining 60530900-Fizika, 60531100-Astronomiya, 60531200-Tibbiyot fizikasi ta’lim yo‘nalishilari uchun “Umumiy fizikadan praktikum (Optika)” nomli o‘quv qo‘llanmasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 19 iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan 233-0100-raqamli guvohnomasi). Natijada, optikaga oid mavzularni tushuntirishning metodik ta’minoti boyitilgan va talabalarning dasturiy vositalarni o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga ko‘maklashilgan;
elektron ta’lim resurslaridan foydalanish asosida fizika o‘qitish samaradorligini oshirish metodikasi fizik masalalarni tushunish va qisqa intervalda bajarilishini ta’minlovchi ish turlarini talabalarning axborotli faoliyat traektoriyasiga raqamli tahlil muhitida moslashuvchan takroriy intervalda qo‘llashga oid tavsiyalaridan “Fizikadan amaliy mashg‘ulotlar” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 13 maydagi 166-077 raqamli guvohnomasi). Natijada, pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining dasturiy pedagogik vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.