Hasanova Sumanbar Hamroqulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ta’lim klasteri kontekstida talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirish metodikasi”,  13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1991.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Axmedjonov Dilmurod G‘ulomovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03. 
Rasmiy opponentlar: Ergashov Muxamadrasul, texnika fanlari doktori,  professor; Fayzieva Maxbuba Raximjonovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Ta’lim klasteri kontekstida talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirish, uni nazariy jihatdan asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’lim klasteri kontekstida talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari ta’lim klasteri subektlari manfaatdorligiga yo‘nalgan differensial yondashuvlarini o‘qitishning global transformasiyasi muhitiga o‘zaro barqaror impulsda kiritish asosida takomillashtirilgan;
“Informatika va axborot texnologiyalari” fanini o‘qitish jarayonida talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirish modeli o‘zaro muloqotning tushunarlilik, mavzuga yo‘nalganlik, relevantlik kabi talablarini akademik-dizaynli topshiriqlar mazmuniga assosiativ refleksiyada tizimli takrorlash intervalida optimallashtirish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy kommunikativlikning rivojlanganligini baholash mezonlari tezkor mushohadali axborot almashishga o‘rgatuvchi ijtimoiy keyslarni pedagogik dizaynda modellashtirish va qayta aloqali faoliyatda tezkor diagnostikli munosabatda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
ta’lim klasteri kontekstida talabalarda ijtimoiy kommunikativlikni rivojlantirishning didaktik ta’minoti muloqotning amaliy yo‘nalgan semantik ta’sirli funksiyalarini fan va ishlab chiqarish integrasiyasi muhitida adaptivlashtirish asosida takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ta’lim klasteri kontekstida talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ta’lim klasteri kontekstida talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari umummaqsadlilik, manfaatdorlik, amaliy yo‘nalganlik tamoyillarini fanlarni o‘qitishning global transformasiyasi muhitiga o‘zaro barqaror impulsda kiritishga oid tavsiyalari “Flesh texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 27 martdagi 68-son buyruq bilan tasdiqlangan). Natijada ishlab chiqilgan didaktik ta’minot talabalarning axborot-texnologik tayyorgarligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
fanlar integratsiyasiga asoslangan informatikaga oid namoyishli tajribalarning, multimedia mahsulotlari intensiv o‘zlashtirish, qayta aloqa, o‘z-o‘zini tekshirish kabi ijodiy  evristik fikrlash bosqichlarining  fanlardan nazorat ishlarini tizimlashtirish jarayonida moslashuvchanligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan baholash usullariga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradio kompaniyasining “O‘zbekiston” teleradiokanalidagi “Taʼlim va taraqqiyot”, “Oʼzbekiston yoshlari” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va oʼrta maxsus taʼlimi vazirligining 2023-yil 26 apreldagi 04-36-637-son maʼlumotnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kommunikativligini media marketing vositasida monitoringli munosabatlarni optimallashtirishga erishilgan.
talabalarda ijtimoiy kommunikativlikning rivojlanganligini baholash mezonlari tezkor mushohazali axborot almashishga o‘rgatuvchi ijtimoiy keyslarni pedagogik dizaynda  modellashtirish va qayta aloqali faoliyatda tezkor diagnostikli munosabatda qo‘llashga oid takliflari “2018-2020-yillarda O‘zbekiston Milliy Universitetida bajarilgan PZ-20170929789 - raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogic va zamonaviy axborot – texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” mavzusidagi innovatsion loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 2023-yil 08-maydagi 04/11-2799-son maʼlumotnomasi). Natijada talabalarning ijtimoiy kommunikativligini rivojlantirish jarayoni sifatini oshirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish