Xolmatova Sabohat Ilhomovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon


I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-intellektual darajasini rivojlantirishda kitobxonlik madaniyatining pedagogik imkoniyatlari”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2. PhD/Ped3481.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Bosh ilmiy-metodik markaz.
Ilmiy rahbar: Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01. 
Rasmiy opponentlar: Safo Matchonov, pedagogika fanlari  doktori, professor; Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-intellektual darajasini rivojlantirishda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlarini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mexanizmi o‘quvchilarning ma’naviy-intellektual darajasini rivojlantirishning refleksiv, kognitiv, kreativ-faoliyatli va  internal tarzda namoyon bo‘lishining kritik, maqbul va ijobiy tavsifini hamda PIRLS xalqaro baholash dasturi bosqichlariga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini metodik jihatdan aniqlash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, adabiy-nutqiy va badiiy kompetensiyalarini shakllantirishning metodik ta’minoti boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini  shakllantirishda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini milliy o‘quv dasturi mazmuniga o‘quv fanlari kesimida singdirish asosida  takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning funksional modeli o‘quvchilarning ma’naviy-intellektual darajasini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmunini maqsaddan natijaga metodik yo‘naltirish va izchillik tamoyiliga muvofiq qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
axborot texnologiyalari muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning axborot-dasturiy ta’minoti o‘quvchilarda elektron kitob o‘qish ko‘nikmasi va ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishtirishga yo‘naltirilgan metodlar majmuini adabiy ta’lim paradigmalari orqali texnologik jihatdan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-intellektual darajasi rivojlantirishda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘quvchilarning ma’naviy-intellektual darajasini rivojlantirishning refleksiv, kognitiv, kreativ-faoliyatli va  internal tarzda namoyon bo‘lishining kritik, maqbul va ijobiy tavsifini hamda PIRLS xalqaro baholash dasturi bosqichlariga tayyorlashning didaktik imkoniyatlarini metodik jihatdan aniqlash asosida takomillashturilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish mexanizmlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar respublika umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash tadqiqotlariga tayyorlash jarayonida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2022 yil 12 sentyabrdagi 01/11-01/13-1459-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-intellektual darajasi va o‘qish savodxonligini rivojlantirishga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini  shakllantirishda vitagen ta’lim integratsiyasini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini milliy o‘quv dasturi mazmuniga o‘quv fanlari kesimida singdirish asosida  takomillashtirilgan o‘quvchilarning kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, adabiy-nutqiy va badiiy kompetensiyalarini shakllantirishning metodik ta’minoti umumta’lim maktablari ta’lim amaliyotiga joriy etilgan (Respublika ta’lim markazining   2022 yil 12 sentyabrdagi  01/11-01/13-1459-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarning ma’naviy-intellektual darajasini rivojlantirishning pedagogik komponentlarini kitobxonlik madaniyatini shakllantirish jarayonining mazmunini maqsaddan natijaga metodik yo‘naltirish va izchillik tamoyiliga muvofiq qo‘llash asosida takomillashtirilgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning funksional modeli bo‘yicha taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filiali tomonidan bajarilgan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy – axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi amaliy loyihada doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq filialining 2022 yil 18 maydagi  123/1-son dalolatnomasi). Natijada,boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ma’naviy-intellektual darajasi rivojlantirishda kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning didaktik ta’minoti takomillashtirilgan va mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qilgan; 
o‘quvchilarda elektron kitob o‘qish ko‘nikmasi va ularda mutolaa madaniyatini shakllantirishtirishga yo‘naltirilgan metodlar majmuini adabiy ta’lim paradigmalari orqali texnologik jihatdan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan axborot texnologiyalari muhitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kitobxonlik madaniyatini shakllantirishning didaktik va dasturiy ta’minoti respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga ommalashtirilgan (Xalq ta’limi vazirligining  2022 yil 16 iyundagi 02-02/3-1433-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf  o‘quvchilarida mediasavodxonlikni shakllantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarda kitobxonlik madaniyatini  shakllantirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish