Raxmonova Gulchexra Salaydinovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3027.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: G‘affarova Gulchehra G‘ulamjanovna, falsafa fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Artiqova Muhayoxon Botiralievna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
fikr yuritishning operatsion va motivatsion ko‘nikmalari hamda tarkibiy komponentlari emotsional barqaror, mazmunli, yo‘naltiruvchi nostandart xulq-atvorga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash hamda o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning tayyorlov, kognitiv va yakuniy fazalariga metodik jihatdan ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari shaxsiy refleksiya, fikrlashdagi moslashuvchanlik, aqliy va emotsional yondashuvlarning uyg‘anligini integratsiyalash orqali subektiv, obektiv va pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda nostandart tafakkurni rivojlantirishning refleksiv mexanizmlari korreksion-rivojlantiruvchi mazmunga ega mustaqil ishlarni aniq maqsadga metodik asosga ko‘ra yo‘naltirish bilan o‘zaro integrsiyasini qaror toptirish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning pedagogik modeli refleksiv va operatsion yondashuvning o‘zaro aloqadorlik, yaxlitlik, subektivlik tamoyillarini zamonaviy pedagogik yondashuv vositasida ta’lim mazmuniga nostandart va an’anaviy fikrlash tarzini singdirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
emotsional barqaror, mazmunli, yo‘naltiruvchi nostandart xulq-atvorga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash hamda o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning tayyorlov, kognitiv va yakuniy fazalariga metodik jihatdan ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan fikr yuritishning operatsion va motivatsion ko‘nikmalari hamda komponentlari bo‘yicha amaliy taklif va xulosalardan OT-F1-95 “Fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarni tahlil etishdagi imkoniyat va istiqbollari” mavzusidagi fundamental loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 17-avgustdagi 89-03-2833-son ma’lumotnomasi). Natijada, fundamental grant loyihasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash asosida yoshlarda kreativ va nostandart tafakkurni rivojlantirish bilan mavzularni mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
shaxsiy refleksiya, fikrlashdagi moslashuvchanlik, aqliy va emotsional yondashuvlarning uyg‘anligini integratsiyalash orqali subektiv, obektiv va pedagogik omillar ta’sir darajasining barqarorligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari bo‘yicha nazariy xulosalar 5-sinf o‘quvchilari uchun “Tarbiya” fani Konsepsiyasi mazmuniga singdirilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 13-fevraldagi 01/11-01/1-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni nostandart tafakkurga o‘rgatish orqali ularning ijodkorlik qobiliyatini namoyon qilish mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
korreksion-rivojlantiruvchi mazmunga ega mustaqil ishlarni aniq maqsadga metodik asosga ko‘ra yo‘naltirish bilan o‘zaro integrsiyasini qaror toptirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda nostandart tafakkurni rivojlantirishning refleksiv mexanizmlari bo‘icha ishlab hiqilgan amaliy taklif va tavsiyalardan “Uzlyuksiz ma’naviy tarbiya Konsepsiyasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2023-yil 13-fevraldagi 01/11-01/1-77-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda sog‘lom dunyoqarash va e’tiqodni rivojlantirishning pedagogik tizimini takomillashtirishga xizmat qilgan.
refleksiv va operatsion yondashuvning o‘zaro aloqadorlik, yaxlitlik, subektivlik tamoyillarini zamonaviy pedagogik yondashuv vositasida ta’lim mazmuniga nostandart va an’anaviy fikrlash tarzini singdirish asosida takomillashtirilgan o‘quvchilarda nostandart tafakkur tarzini rivojlantirishning pedagogik modeli bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2022-yil 15-avgustdagi 02-40-1007-son ma’lumotnomasi). Natijada, hududiy ta’lim klasteri modelini amalga oshirish mexanizmlari va hamkorlik tamoyillari borasidagi nazariy xulosalar ta’lim muassasalarining ilmiy va metodik ta’minotini kuchaytirishga xizmat qilgan.