Abdirimova Intizor Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar loyihalash faoliyatining tashkiliy-pedagogik asoslari (Pedagogik ta’lim klasteri asosida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2447.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Xodjamqulov Umid Negmatovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.04.2021.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Quvondiq Ayitbaevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Himmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktab o‘quvchilari loyihalash faoliyatining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarning loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘quvchilarning rivojlanish vektorini to‘g‘ri yo‘naltiruvchi metodik va texnologik ta'minotni ularning individual ta’lim traektoriyasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarning loyihalash faoliyatini tashkil qilish modeli ta’lim oluvchilar kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, umumlashtirish kabi bosqichlarini ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga metodik jihatdan muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
algoritmik fikr yuritishning refleksivlik, operatsion va motivatsion omillari hamda mantiqiy, kreativ va nostandart tafakkurga oid komponentlari o‘quvchilarning loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining tayyorlov, kognitiv va yakuniy bosqichlari o‘rtasida izchillik va tizimlilikni pedagogik jarayon qonuniyatlariga muvofiq ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirishning klaster modeliga asoslangan texnologiyalari mashg‘ulotlarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va motivatsion-diagnostik, operatsion-faoliyatli, natijaviy-refleksiv kabi tashkiliy komponentlari bilan ichki integratsiyasini tashkiliy-pedagogik asoslarga ko‘ra ta'minlash orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktab o‘quvchilari loyihalash faoliyatining tashkiliy-pedagogik asoslarini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
o‘quvchilarning loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonining tayyorlov, kognitiv va yakuniy bosqichlari o‘rtasida izchillik va tizimlilikni pedagogik jarayon qonuniyatlariga muvofiq ta’minlash asosida aniqlashtirilgan algoritmik fikr yuritishning refleksivlik, operatsion va motivatsion omillari hamda mantiqiy, kreativ va nostandart tafakkurga oid komponentlari, o‘quvchilarning rivojlanish vektorini to‘g‘ri yo‘naltiruvchi metodik va texnologik ta'minotni zamonaviy pedagogik yondashuvlar orqali takomillashtirish hamda ularning individual ta’lim traektoriyasini belgilash asosida ochib berilgan o‘quvchilarning loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini shakllantirishning pedagogik xususiyatlari borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalar Xorazm viloyati Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli Shovot tumanidagi 48-, Toshkent viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasiga qarashli Chirchiq shahridagi 4-, Jizzax shahridagi 14-sonli umumtaʼlim maktablari oʻquv jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazining 2023-yil 9-fevraldagi 01/11-01/1-69-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari o‘quvchilarining loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilgan;
ta’lim oluvchilar kognitiv faoliyatining tanishuv-bilish, tushunish-qo‘llash, umumlashtirish kabi bosqichlarini ijtimoiy sheriklikni yo‘lga qo‘yishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga metodik jihatdan muvofiqlashtirish asosida ishlab chiqilgan o‘quvchilarning loyihalash faoliyatini tashkil qilish modeli, loyihalash faoliyatida klaster modelini qo‘llash, klaster modeli asosida o‘quvchilar loyihalash faoliyatini takomillashtirish usullari bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Adabiyotshunoslikka kirish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan №302-0884 raqamli nashr guvohnomasi). Natijada, klaster modelini adabiy ta’lim amaliyotiga tatbiq etish mexanizmlari takomillashtirilgan;
mashg‘ulotlarni aniq maqsadga yo‘naltirilgan va motivatsion-diagnostik, operatsion-faoliyatli, natijaviy-refleksiv kabi tashkiliy komponentlari bilan ichki integratsiyasini tashkiliy-pedagogik asoslarga ko‘ra ta'minlash orqali ishlab chiqilgan o‘quvchilarda loyihalash faoliyati ko‘nikmalarini rivojlantirishning klaster modeliga asoslangan texnologiyalari bo‘yicha tavsiyalardan “O‘zbekiston” teleradiokompaniyasi “Madaniy-ma’rifiy, badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar va biz”, “O‘zbekiston yoshlari” radioeshittirishlar ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2022-yil 20-dekabrdagi 04-36-2098-son ma’lumotnomasi). Natijada, pedagogik ta’lim hududiy klasterlari vositasida milliy ta’lim reytingini oshirishning ilmiy va metodik ta’minotini ishlab chiqishga xizmat qilgan.