Ubaydullaeva Saodat Fatxullaevnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik o‘zaro bog‘liqligi tizimi shakllanishining muammo va istiqbollari», 23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Ss46. 
Ilmiy maslahatchi: Jo‘raev Sayfiddin Axmatovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/29.12.2022.Ss/Tar.21.02. 
Rasmiy opponentlar: Jumaev Rustam Ziyatovich, siyosiy fanlar doktori, professor; Farmonov Raxmon Farmonovich, tarix fanlari doktori, professor; Ravshanov Fazliddin Ravshanovich,  siyosiy fanlar doktori, prfessor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
I. Tadqiqotning maqsadi: Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik o‘zaro bog‘liq samarali tizimini rivojlantirish hamda O‘zbekiston tashqi siyosatining mintaqaviy xavfsizligi bo‘yiha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari munosabatlarida ularning manfaatlarini o‘zida ifoda etuvchi “Markaziy Osiyo ruhi” g‘oyasi siyosiy jihatdan muhimligi va bunda mintaqaviy hamkorlikning zamonaviy mexanizmi sifatida xavfsizlikni ta’minlash sohasida besh tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati ochib berilgan; 
xalqaro maydonda tahlikali jarayonlar yuz berayotgan, murakkab geosiyosiy vaziyat yuzaga kelib, davlatlar o‘rtasidagi global hamkorlik va o‘zaro ishonch chuqur tanazzulga yuz tutayotgan, “bloklarga mansublik” stereotiplari qayta tug‘ilishi xavfi mavjud bo‘lgan bugungi sharoitda Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish zarurligi asoslangan;  
Shanxay hamkorlik tashkiloti huzurida “ShHT—Afg‘oniston” muloqot guruhi negizida faoliyat ko‘rsatuvchi “Xavfsizlik kengashi” ta’sis etilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘zaro bog‘liq tizim shakllanishiga to‘sqinlik qilayotgan Afg‘oniston muammosini hal qilishga va mintaqalararo xavfsizlik tizimi mustahkamlanishiga zamin yaratishi dalillangan;  
Afg‘onistonni mintaqaviy integratsiya jarayonlariga jalb etish va uning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishida ko‘maklashish, Trans-afg‘on transport yo‘lagi, TAPI, CASA-1000, TUTAP va boshqa mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish maqsadida “Markaziy Osiyo + Afg‘oniston” formatida vazirlar uchrashuvini o‘tkazish lozimligi asoslantirilgan; 
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri ekanligi, davlatimizning mintaqadagi xavfsizlik siyosati bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan teng sherikchilik va hamkorlikning muvozanatlashgan tizimini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslari yangi tashqi siyosat doktrinasi ishlab chiqilishiga asos bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Markaziy Osiyoda mintaqaviy xavfsizlik o‘zaro bog‘iqligi tizimi shakllanishining muammo va istiqbollarini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar, nazariy va amaliy xulosalar, tavsiya va ishlanmalar asosida chiqarilgan:
xalqaro maydonda tahlikali jarayonlar yuz berayotgan, murakkab geosiyosiy vaziyat yuzaga kelib, davlatlar o‘rtasidagi global hamkorlik va o‘zaro ishonch chuqur tanazzulga yuz tutayotgan, “bloklarga mansublik” stereotiplari qayta tug‘ilishi xavfi mavjud bo‘lgan bugungi sharoitda Markaziy Osiyo mintaqaviy hamkorlik strategiyasini ishlab chiqish zarurligiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining ish rejasiga kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining 2021 yil 21 avgustdagi 1302-IV-son qarori bilan tasdiqlangan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bayon etilgan g‘oya va tashabbuslarni ilgari surish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2022 yil 30 sentyabrdagi 04/6-10-75-son ma’lumotnomasi). Natija sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo‘llashga xizmat qilgan.
Shanxay hamkorlik tashkiloti huzurida “ShHT—Afg‘oniston” muloqot guruhi negizida faoliyat ko‘rsatuvchi “Xavfsizlik kengashi” ta’sis etilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda o‘zaro bog‘liq tizim shakllanishiga to‘sqinlik qilayotgan Afg‘oniston muammosini hal qilishga va mintaqalararo xavfsizlik tizimi mustahkamlanishiga zamin yaratishi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining axborot-tahliliy hujjatlarini tayyorlashda foydalanilgan. Afg‘onistonning mintaqa davlatlari bilan o‘zaro munosabatlariga ta'sir etuvchi omillarga oid materiallardan Vazirlikning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi faoliyatida, xususan, 2022 yil 26–27 iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzuidagi xalqaro konferensiya Rezolyusiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Tashqi ishlar vazirligining 2022 yil 24 avgustdagi 18/31207-son ma’lumotnomasi). Natija mazkur yo‘nalishdagi chora-tadbirlarning samaradorligi oshishiga va sohaga oid axborot-tahliliy materiallar yanada boyishiga muhim asos bo‘lib xizmat qilgan.
O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tizimining asosiy bo‘g‘inlaridan biri ekanligi, davlatimizning mintaqadagi xavfsizlik siyosati bo‘yicha dunyoning yetakchi davlatlari, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan teng sherikchilik va hamkorlikning muvozanatlashgan tizimini shakllantirishga qaratilgan tashabbuslari yangi tashqi siyosat doktrinasini ishlab chiqishga asos bo‘lishi borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan do‘stona xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga doir uchrashuvlar, tadbirlar, ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar tashkil etilishida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2022 yil 8 sentyabrdagi 14-07-1569-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlardagi ilmiy ma’ruzalar ko‘p tomonlama mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishga xizmat qilgan.
Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari munosabatlarida ularning manfaatlarini o‘zida ifoda etuvchi “Markaziy Osiyo ruhi” g‘oyasi siyosiy jihatdan muhimligi va bunda mintaqaviy hamkorlikning zamonaviy mexanizmi sifatida xavfsizlikni ta’minlash sohasida besh tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning muhimligiga oid xulosalardan Markaziy Osiyo xalqaro institutining amaliy-tahliliy ishlanmalarini tayyorlashda, shuningdek, ilmiy seminarlar, simpoziumlar, davra suhbatlari va boshqa xalqaro tadbirlarida foydalanilgan (Markaziy Osiyo xalqaro institutining 2023 yil 20 yanvardagi 02/29-son ma’lumotnomasi). Natija mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash borasidagi o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan faoliyatni muvofiqlashtirish hamda “O‘zbekiston–Singapur: o‘zaro manfaatli hamkorlik istiqbollari” mavzusidagi davra suhbati materiallarini tayyorlash uchun manba sifatida xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish